8-mavzu.Mustaqillik yillarida Samarqandda ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayot. Samarqand shahri nafaqat O‘zbekistonning tarixiy shaharlari tizimida, balki iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy shahar sifatida respublika iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. 1991 yil O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, Respublika shaharlarida iqtisodiy infrastrukturani rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilib, islohotlar jarayonida xususiy sektor, sanoat ishlab chiqarishi, savdo, tashqi aloqalar, investitsiya faoliyatini rivojlantirish borasida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar davrida korxonalar bozor munosabatlarining muhim sub’ekti hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, bozor munosabatlariga o‘tishda ikkinchi bosqichining eng muhim ustuvor vazifasi – « ... ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ham korxonalar, tarmoqlarning, ham umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishishdan iborat» deb belgilangan edi. Pirovard natijada, sanoat korxonalarida eskirgan uskuna va texnologiyalarni yangilab, zamon talablariga javob bera oladigan yangicha shakldagi jihozlar o‘rnatish, shu bilan birgalikda yangi turdagi bozor (zamon) talabiga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Masalan, 2001-2003 yillarda Samarqand shahridagi trikotaj va chinni buyumlari ishlab chiqarishda foydalanilayotgan uskunalarning 68 %, mebel ishlab chiqarishda 85 %, tikuvchilik, to‘qimachilik va attorlik buyumlari ishlab chiqarish dastgohlarining 90 % yangilandi.
Shaharda respublikada birinchilardan bo‘lib yuk tashish avtomashinalari va avtobus kabi transport vositalari, shuningdek, tamaki mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shisha idishlari, uy-ro‘zg‘or elektr moslamalari, elektron soat, kalsit, atir sovuni, yangi turdagi gilam va paloslar, zamonaviy mebellar kabi maishiy xo‘jalik mollari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni ko‘chaytirish maqsadida hukumat tomonidan turli rag‘batlantirish omillari joriy etildi. Xususan, chet elda ishlab chiqarilgan zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari xarid qilmoqchi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Yangi va kamxarj texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilinganda soliq imtiyozlari berildi. Uzoq muddatli, imtiyozli bank kreditlari berish yo‘lga qo‘yildi.
Mahalliylashtirish dasturi asosida shaharda sovutkich, muzlatkich va konditsionerlar, o‘quv laboratoriya jihozlari, uch g‘ildirakli mototsikl, bolalar plastmassa o‘yinchoqlari, ikki kamforkali gaz plitalar, meva-sabzavotlarni quritish shkaflari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Mahalliylashgan mahsulotlar ishlab chiqarish mustaqillikning dastlabki yillarida deyarli bo‘lmagan bo‘lsa, uning hajmi 2005 yilda 27 759,04 mln. so‘mga yetdi, 2013 yilda esa 344 925,2 mln. so‘mni tashkil etdi.
Samarqand shahrida mahalliylashtirishning dastlabki besh yilida jami 78 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 425 968,11 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Natijada shahar iqtisodiyotida yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan bir qatorda, iqtisodiyotda xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni qisqarishiga va tashqi savdoda ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishga erishildi.
Ayniqsa, 2001 yil sentyabr oyida Samarqand viloyatiga oldin Jizzax viloyatini boshqargan Sh.Mirziyoevning hokim bo‘lib kelishi shahar taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Samarqand qadimiy tarix va madaniyatga, yurtimiz iqtisodiyoti, madaniy-ma’rifiy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lgan. Sh.Mirziyoev o‘ziga berilgan ishonchni qisqa vaqt ichida mehnati, xalqqa mehr-muhabbati, odamlar qalbiga yo‘l topib, ularni o‘z ortidan ergashtira olgani bilan oqlay oldi.
Samarqandga hokim bo‘lgach, Sh.Mirziyoev navbati bilan har bir tuman, shaharga borib, u yerdagi shart-sharoitni o‘rgandi. Rahbarlarning hisobotlarini eshitish bilan kifoyalanmay, oddiy odamlar orasiga kirishga, ularning dardu tashvishlarini eshitishga harakat qilgan. Viloyat hokimi qaysi tumanga borsa, avvalo, qishloqlarni, olis hududlarni aylanib, aholi turmush tarzi bilan tanishardi, maktab va tibbiyot muassasasini borib ko‘rardi. Hokim bu joylarga borishi avvaldan rejalashtirilmas, mahalliy rahbarlar ogohlantirilmasdi. Qaerga, qachon borishni Sh.Mirziyoevning o‘zlari tanlardi. Tabiiyki rahbar kelishiga hech qanday tayyorgarlik ko‘rilmagan joylarda mavjud holat ro‘y-rost namoyon bo‘lardi.
Bunga bir misol. Samarqand shahrining Kimyogarlar qo‘rg‘onida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarga mo‘ljallangan 61-maxsus maktab-internatga moddiy yordam ko‘rsatilishi, issiqlik tarmog‘ining ta’mirlab berilganligi yoki «Obod mahalla» yili munosabati bilan xayriya tariqasida shahardagi «Ma’rifat», «Xo‘ja Yusuf» mahallalariga bayram dasturxoni yozilib, mahallaning qayta ta’mirlanishi shaxsan viloyat hokimi tashabbusi bilan amalga oshirilgan edi. Bunday misollar ko‘p.
Sh.Mirziyoev viloyat hokimi sifatida hech bir joyga shunchaki borib kelmagan. Biror bir hududga borgani, odamlar bilan uchrashganidan so‘ng, albatta, aholi hayotida nimadir o‘zgarish bo‘lar, yo‘lmi, ko‘prikmi, maktab yoki sport inshooti qurilishi boshlanganligini alohida e’tirof etish lozim. Shuningdek, 2002 yil Sh.Mirziyoev Samarqand viloyati rahbari sifatida faoliyat olib borgan davrda shaharda jinoyatchilikka qarshi jiddiy kurash olib borilgan. Jumladan, xizmat tezkorligini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatni o‘z vaqtida ochish maqsadida Ichki ishlar xodimlarini zamonaviy texnika vositalari, avtotransport, kriminalistik va maxsus aloqa vositalari bilan ta’minlashga ahamiyat berildi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xizmatlari 34 ta avtomashina, 370 ta radiostansiya kabi texnik vositalar bilan ta’minlandi. Shuningdek, 319 ta militsiya tayanch punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida militsiya tayanch punktlari atrofida sport sog‘lomlashtirish majmualari, turli to‘garaklar va kichik biznes korxonalari tashkil etildi.
Sh.Mirziyoev Samarqand viloyatining birinchi rahbarligi davrida shaharda sanoatning turli sohalari rivojlanayotgan ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylandi. Xususan, shahardagi yengil sanoat korxonalari – pillakashlik, shoyi to‘qish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal, c hinni ishlab chiqarish korxonalari, oziq-ovqat sanoatiga qarashli un-tegirmon, makaron, choy qadoqlash, sut-moy, meva-konserva, vino, pivo, spirtli va alkogolsiz ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqariladigan korxonalarda zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilib, ishlab chiqarish jarayoni kuchaytirildi. 2001-2003 yillarda Samarqand viloyatida Sh.Mirziyoev hokimligi davrida barcha sohalarda rivojlanish kuzatiladi. Masalan, 2003 yil dekabrdan boshlab Toshkent – Samarqand yo‘nalishda yo‘lovchilar tashuvchi elektr poezdining ishga tushirilishi bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.
Sanoat sohasida ham bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, ishlab chiqarish kengaydi. Masalan, viloyatda 2002 yilda 2,1 mln. m2 shoyi gazlama, 113 ming metr ip-gazlama, 14-15 ming o‘simlik yog‘i, 72 ming tonna paxta tolasi, 12-13 ming tonna tamaki mahsulotlari ishlab chiqarildi. Asosiy sanoat korxonalari Samarqand shahrida joylashgan. Bunga og‘ir sanoat korxonalaridan: traktorlar uchun gilza-porshenlar ishlab chiqaradigan «Alpomish» mashinasozlik zavodi, «Samarqand tajriba-mexanika» zavodi (burg‘ulash mashinalari), «Kinap» zavodi (kinoapparatura, avtomobillar uchun elektr asbob-uskunalari), liftsozlik, uy-ro‘zg‘or sovutkichlari, marmar, g‘isht, asfalt-beton zavodlari kiradi. Samarqandning Kimyogarlar shaharchasidagi superfosfat zavodida fosfat va ammofos o‘g‘itlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqarilgan. Samarqanddagi yengil sanoat korxonalaridan: pillachilik, shoyi to‘qish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal fabrikalari va chinni zavodi mavjud; oziq-ovqat sanoati korxonalaridan: un-tegirmon, aralash-yem, makaron, choy qadoqlash, sut-moy, konserva, vino, konyak, spirt-aroq va alkogolsiz ichimliklar hamda qandolatchilik korxonalari faoliyat ko‘rsatgan. Shu bilan birga Kattaqo‘rg‘on shahrida ham paxtachilik mashinasozligi (paxta tozalash korxonalari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladi) zavodlari, Jomboy shahrida viloyatdagi eng yirik don mahsulotlari kombinati, «Samjinteks» ip gazlama qo‘shma korxonasi, Bulung‘urda vino va g‘isht zavodlari ishlab turibdi. 2003 yilga kelib viloyatda jahon andazasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 135 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatar edi. Bu korxonalarda 7,8 mingdan ortiq ishchi va xizmatchi ishlagan. Birgina 2003 yilda 19 ta ko‘shma korxonaning ishga tushirilishi iqtisodiyotdagi rivojlanishning holatini ko‘rsatar edi. Shuningdek, 2003 yilga kelib, iqtisodiyotning o‘sishida kichik korxonalarning ham anchagina ulushi bo‘lganligi ko‘zga tashlanadi. Bu davrda Samarqand viloyatida 2822 ta kichik korxona faoliyat ko‘rsatgan (2003).
Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi qatorida qishloq xo‘jaligiga bo‘lgan munosabat ham tubdan o‘zgardi. Viloyat g‘alla, paxta, meva-sabzavot va poliz ekinlari yetishtirishda Respublikada peshqadam bo‘lgan. Viloyat qishloq xo‘jaligida 200 shirkat, 8,6 ming fermer xo‘jaligi, 10 aksiyadorlik jamiyati faoliyat ko‘rsatgan (2003).
Bugungi kunda Samarqand shahri, viloyatning shahar va qishloqlarida Sh.Mirziyoevning bevosita rahnamoligida qurilgan bino va inshootlar ko‘p. Sh.Mirziyoev ayniqsa yoshlarga alohida e’tibor qaratgan. Yoshlarni o‘z vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2001-2003 yillarda Samarqand shahrida Yoshlar markazi, Amfiteatr qurilishi, Olimpia zahiralari kompleksi ichidagi stadionning barpo etilishi, Alisher Navoiy nomidagi shahar markaziy xiyobonining qayta rekonstruksiya qilinishi, Sug‘diyona massividagi xiyobon va boshqa bir qancha bunyodkorlik ishlarini misol qilish mumkin.
2014 yilga kelib Samarqand viloyat sanoat korxonalarining umumiy soni 980 ta bo‘lib, shundan 169 tasi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 143 tasi yengil sanoat, 26 tasi sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishga, 9 tasi go‘sht mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishga, 11 tasi boshqa turdagi mahsulotlarni qayta ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat korxonalari hisoblanadi. Ularning 622 tasi sanoatning boshqa tarmoqlariga tegishlidir.
Ta’kidlash lozimki, o‘tgan asrning 90-yillarida aholining oziq-ovqat tovarlari, avvalo g‘alla, kartoshka, go‘sht, sut hamda qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarining katta qismi import hisobidan qoplangan bo‘lsa, 2017 yilga kelib, ularning 96% respublikaning o‘zida yetishtirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, oziq-ovqat sanoatining o‘sishiga olib keladigan omillardan hisoblanadi. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va natijalar iqtisodiyotdagi izchil islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, shuningdek, yangi turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish natijasida qo‘lga kiritildi. 2010-2015 yillar davomida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ya’ni, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik yangilash, investitsiyalarni keng jalb qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,5 martaga oshdi.
2015 yil holatiga ko‘ra, Samarqand shahrida jami yuridik shaxslar soni 6219 ta bo‘lib, shulardan sanoat korxonalari soni 1218 ta, qurilish korxonalari soni 555 ta, qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari soni 89 ta, transport va aloqa korxonalari soni 197 ta, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari soni 610 tani tashkil etgan. Shahar sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilganligi natijasida, tarmoqlar o‘rtasidagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham o‘zgardi: keyingi besh yilga nisbatan kimyo sanoati 5,0 martaga, o‘rmonchilik va yog‘ochni qayta ishlash 1,6 martaga, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 3,7 martaga, yengil sanoat 2,8 martaga, oziq-ovqat sanoati sohasi 1,8 martaga, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati sohasi 3,2 martaga o‘sishiga erishildi.
Bugungi kunda shahar iqtisodiyotida yirik sanoat korxonalari alohida o‘rin tutmoqda. Xususan, Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid mavjud 135 dan ortiq yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi Samarqand shahrida joylashgan. Jumladan, «Sherdor plus poligraf», «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari», «8-Mart», «Best farfor», «Samarqand ceramic», «Xovrenko» nomidagi Samarqand vino kombinati, «Karpet servis», «Samarqand kimyo», «Kinap» va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday yirik sanoat korxonalari tomonidan avtomobillar uchun elektrotexnika asbob-uskunalari, uy-ro‘zg‘or sovutkichlari, superfosfat, ammofos o‘g‘itlari, trikotaj, vino, marmar taxtalar, g‘isht, asfalt-beton, chinni va shu kabi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2015 yilda viloyat bo‘yicha jami 27 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, ularning 14 tasi Samarqand shahrida joylashgan. Shaharda yirik sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari ulushi 62,3 % ni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi esa 37,7 % ni tashkil etdi. Bu ko‘payish asosan yangi sanoat korxonalarni tashkil etish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish hisobidan amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar jarayoni Samarqand viloyatida ilk bor qo‘shma korxonalar ochilishiga asos bo‘ldi. Ularning katta qismi viloyat markazida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston-Yaponiya «Samavto», O‘zbekiston-Amerika-Angliya «UzVAT», O‘zbekiston-Chexiya «PRAGA» (mineral suv qadoqlash), O‘zbekiston-Latviya «Bravosut» qo‘shma korxonalari shular jumlasidandir. Samarqand shahrida bunday qo‘shma korxonalarning soni ko‘payib bordi. Jumladan, «Daka Tex» O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasi, «Pulsar group brewery» O‘zbekiston – Chexiya qo‘shma korxonasi, «Samarqand avtomobil zavodi» kabi qo‘shma korxonalar o‘z faoliyatini boshladi.
Samarqand shahrida qo‘shma korxonalar soni yildan-yilga ortib bordi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2012 yilda 523,9 mlrd. so‘mni, 2014 yilda 922,7 mlrd so‘mni, shu jumladan chet el investitsiyalari 2012 yilda 43,5 ming AQSh dollarni va 2014 yilda 49,0 ming AQSh dollarni tashkil qildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari esa 2014 yilda 14,6 ming AQSh dollariga yetdi. Natijada jahon bozorida o‘zining raqobatbardosh mahsulot turlarini taqdim etadigan korxonalar safi kengayib bordi.
2014 yilda Samarqand shahrida ro‘yxatga olingan chet el investitsiyasi mavjud 117 ta, 2015 yilda 125 ta (8 ta qo‘shildi) korxonalar tomonidan o‘zlashtirilib, amalga oshirilgan eksport hajmi 18 952,6 ming AQSh dollarni tashkil etdi. 2010-2015 yillar mobaynida eksportyor korxonalar tomonidan 524,3 mln. dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan hamda shu davrda hududiy eksport hajmi 4,2 barobarga o‘sdi. Jumladan, 2010 yilda 76 ta korxonalarda tovarlar va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib ularning soni 151taga yetkazildi.
Sanoat sohasida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar faoliyatini rivojlantiris