Mamlakatimizda qandolatchilikka ixtisoslashgan korxonalar sonining ko`payayotgani raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga zamin yaratmoqda.
Korxonamizning maqsadi aholi dasturxonini qandolatchilik mahsulotlari bilan ta`minlashga hissa qo`shish. Bu yerda har xil konfet, zefir, marmelad, pechen`e, vafli kabi o`nlab turdagi mahsulot tayyorlaymiz.
Mamlakatimizda ishbilarmonlik faoliyati uchun yaratilayotgan qulay shart- sharoitlar biznesimiz rivojida muhim omil bo`lmoqda.
Xususan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 11-aprelda qabul qilingan "To`g`ridan- to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora- tadbirlar to`g`risida"gi farmoni bu borada bizga, ayniqsa juda qo`l keldi.
Korxonamizga to`g`ridan-to`g`ri sarmoya kiritish imkoniyatlari kengaydi. Bu esa mahsulotlar turini ko`paytirib, sifatini sezilarli darajada yaxshilashga sharoit yaratadi.
Shuni aytish joizki, dastlab ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarib, keyinchalik Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlarga ham o`z mahsulotlarimizni eksport qilish niyatidamiz.
Bizning korxonamiz har xil turdagi shirinliklar ishlab chiqaradi.
Korxonamiz uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni Toshkent shahridan olishni rejalashtirdik. Yurtimizda shirinliklarning turli xillari mavjud. Biz mahsulotimizning nomini “AL-LAZIZ SHIRINLIKLARI”deb nomladik. Bu mahsulotimiz to’rt faslda ham ketaveradi.
Bizning korxonamiz kuchli zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Bu uskunaning narxi 25 mln so’m.
II. Korxona haqida ma’lumotlar.