229
-
soliq imtiyozlari va chegirmalari;
-
kredit imtiyozlari;
-
bojxona imtiyozlari;
-
amortizatsiya imtiyozlari.
Venchur
tashkilotlarini
qo‘llab-quvvatlash,
innovatsion
faoliyat
bilan
shug‘ullangan firmalarga
qulayliklar yaratish, yuqori texnologik yangiliklar
sohasidagi ilmiy izlanishlar va tadqiqot-tajriba ishlarini qisman (50 foizgacha)
moliyalashtirish va hokazo tadbirlar milliy iqtisodiyotda intellektual salohiyatning
oshib borishi va uning faollashuviga olib keldi. Bu esa hozirgi AQSH, Germaniya,
Yaponiya, Fransiya,
Finlandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya davlatlari iqtisodiyotini
dunyoda eng innovatsion va raqobatdosh bo‘lishiga sabab bo‘ldi, yaqin kelajakda ular
qatoriga Xitoy qo‘shilishi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida innovatsiyalarni rivojlantirishda davlat
tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonini qo‘llab-quvvatlashning
to‘g‘ridan to‘g‘ri shakllaridan keng foydalaniladi. Jahon tajribasiga ko‘ra, Germaniya
innovatsion tadqiqotlarga eng ko‘p mablag‘ sarflovchi mamlakatlardan biri
hisoblanadi. YaIMning deyarli 2,6 foizi ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun
ajratiladi. Bu esa YI bo‘yicha o‘rtacha 1,9 foiz yuqori. Federal va o‘lka hukumatlari
korxonalar bilan hamkorlikda 2015-yilda innovatsiyalar
va ular transferiga
qilinadigan xarajatlarni yana 3 foizga oshirishni ko‘zda tutmoqdalar. Bunda
Germaniya korxonalarining innovatsiyalarga qilgan xarajatlari deyarli 130 mlrd.
yevroni tashkil qiladi. Jumladan, avtomobil sanoati mazkur summaning 1/4 qismini
investitsiyalaydi. Germaniya iqtisodiyotida yangi mahsulot aylanmasining 27 foizini
tashkil qiladi. Yangi mahsulotlar umumiy avtomobil sanoati aylanmasida 52 foizni
tashkil qiladi.
Shuningdek, Germaniyadagi korxonalar tomonidan innovatsiyalarni
moliyalashtirish bo‘yicha ham yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
Jahon amaliyoti tahlili innovatsion ta’lim muassasalarining rivojlanish shakllari
ko‘p qirraliligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildirishni taqozo
etadi.
230
Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi an’analari fundamental
tadqiqotdan tajribali ishlab chiqarishgacha bo‘lgan ilmiy asoslangan mahsulotning
tatbiq etilish muddatini qisqartiradi. Bunda ta’lim muassasalari yangi bilimlar va
ilmiy asoslangan biznes avlodining markazi sifatida bosh ro‘lni o‘ynaydi.
Shunday
ekan, mintaqa ishlab chiqarishiga innovatsiyalar transferini ilmiy-texnik, texnologik,
innovatsion va moliyaviy dastaklar yordamida rag‘batlantirish mintaqadagi real
iqtisodiy soha rivojlanishida muhim ro‘l o‘ynaydi.
Umuman,
innovatsiyalar
transferini
mintaqa
ishlab
chiqarishini
modernizatsiyalashdagi ro‘lini oshirishda oliy o‘quv yurtlari bilan biznes sohasi
o‘rtasida uzviy aloqalarni rivojlantirib borish orqali amalga oshirish sezilarli samara
bermoqda.
Innovatsiyalar transferi bo‘yicha jahon tajribasiga ko‘ra, ilmiy (innovatsiya)
sohaning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi ro‘li va uni sifatli moliyalashtirish hajmi
borgan sari ortib bormoqda, AQSH, YI va Yaponiyada innovatsiyalar hisobiga YaIM
o‘sishi 70-90 foizni tashkil etdi, texnologiyalarning xalqaro transferi esa eksportning
eng daromadli qismiga aylandi.
Rivojlangan mamlakatlarda ilm-fanga assignatsiyalar global inqiroz va undan
keyingi davrlarda ham kamaymay ortib borgan. Zero, 2020-yilgacha bu mamlakatlar
ilm-faniga qilinadigan xarajatlarning YaIMdagi ulushi o‘rtacha 2,9 foizga yetishi
prognoz qilinmoqda.
MDH mamlakatlarida oxirgi besh yil davomida ilm-fanni moliyalashtirish ijobiy
dinamikani saqlasa-da, lekin uning hajmi innovatsion
iqtisodiyot sharoiti uchun
nisbatan juda kam. Zero, 2020-yilgacha MDH mamlakatlari ilm-faniga qilinadigan
xarajatlarning YaIMdagi ulushi o‘rtacha 2,1 foizga yetishi ko‘zda tutilgan..
Progressiv rivojlanayotgan mamlakatlar (Xitoy, Janubiy Koreya, Singapur,
Yangi Zelandiya, Malayziya, Janubiy Afrika va b.)da
ilm-fanni moliyalashtirish
hajmi barqaror o‘sib bormoqda va bunda ular rivojlangan davlatlarga
yaqinlashmoqda. Zero, 2020-yilgacha progressiv rivojlanayotgan mamlakatlar ilm-
faniga qilinadigan xarajatlarning YaIMdagi ulushi taxminan o‘rtacha 3,1 foizga
yetadi.
231
Zamonaviy, shu jumladan, xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy
moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalish borgan sari ko‘proq rivojlanish
olmoqda.
Bu innovatsion faoliyatda, ayniqsa, moliyaviy va bank ishtirokining turi
sanoatning ko‘p resurslar va sarmoyalar iste’mol qiluvchi sohalari ishlab chiqarish
apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga muhtoj mamlakatlar
va mintaqalar uchun dolzarbdir.
Davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga to‘g‘ridan to‘g‘ri
ta’sir ko‘rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni davlat tomonidan
vositali qo‘llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy qonunchilik,
soliq va boshqa
usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy muhitni yaratilishida namoyon bo‘lishi
mumkin.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, investitsiyaviy loyihalarni ro‘yobga chiqarishda
nafaqat shu mintaqaning o‘ziga sarmoyalarni jalb qilish, balki sohaning yangi
yo‘nalishlarini rivojlantirish natijasida aholi bandligi oshadi.
Dostları ilə paylaş: