О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi


 Jangovar faoliyat xususiyatlari va askarlarga ta’sr etuvchi psixalogik omillar



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə14/19
tarix07.11.2022
ölçüsü100,09 Kb.
#67752
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
MEHMONALIYEV AHADJON BITIRUV ISHI (1)

2.2  Jangovar faoliyat xususiyatlari va askarlarga ta’sr etuvchi psixalogik omillar.

Jangovar faoliyat harbiy faoliyatning shunday turiki, u faoliyat jang, urush sharoitida amalga oshiriladi. Dushman, uning jonli kuchi va texnikasi, harbiy inshootlari jangovar faoliyatning ob’ekti hisoblanadi. Dushmanga qarshilik ko‘rsatish va uni yakson qilish uchun har xil moddiy va ma’naviy vositalardan, eng avvalo qurol-yarog‘ va jangovar texnikadan foydalaniladi.


Jangovar faoliyat asosan ikki tomonlama, rejali qurolli to‘qnashuvlar sharoitida amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham jangovar faoliyatga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jangovar faoliyat bu – qurollar va harbiy texnikalardan foydalanib, dushman ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan hatti-harakatlar tizimi. Jangovar faoliyat individual va jamoa xatti-harakatlari shaklida yoki shaxsiy tarkibga rahbarlik qilish shaklida kechadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jangovar faoliyatlari quyidagi xususiyatlarga ega:
yuksak ma’naviy-siyosiy ahamiyatga egaligi, mustaqillik g‘oyalarini himoya qilishga qaratilganligi;
qurollar va harbiy texnika kabi vositalarning amalda qo‘llanilishi;
maqsad va pirovard natijalarning o‘ziga xosligi (dushman askarlarini o‘ldirish, uning inshootlari va texnikasini vayron etish, hududlarni egallash va hokazo);
ob’ektning o‘ziga xos xarakterga egaligi (faol qarshilik ko‘rsatuvchi dushman, uning jangovar texnikasi va boshqalar);
u amalga oshadigan sharoitning ekstremal xarakteri, xavf-xatarning yuqoriligi, favqulotda holatlarning mavjudligi;
shaxs imkoniyat darajasidan oshib ketadigan zo‘riqish va vazifalarning paydo bo‘lishi;
harbiy xizmatchilarga tushadigan jismoniy, aqliy va ruhiy zo‘riqishlarning yuqoriligi.
Ma’lumki har qanday faoliyat mohiyatini maqsad va ehtiyojlar belgilaydi.
Maqsadlar yaqin va olis maqsadlarga bo‘linadi. O‘z vazifalarini aniq va vijdonan bajarish harbiy xizmatchi faoliyatining yaqin maqsadi hisoblanadi. Jangovar faoliyatning olis maqsadi esa, dushmanni yanchib, uning ustidan to‘la g‘alabaga erishishdan iborat. Jangovar harakat o‘z maqsadi bilan bir qatorda o‘ziga xos motivlarga ham ega bo‘ladi. Jangovar harakat motivlari deb, harbiy xizmatchini urush sharoitida faollikka undovchi kuchlarga aytiladi: ideallar, e’tiqod, ehtiyojlar, hissiyot, istak, intilish, qiziqish va hokazo. Harbiy xizmatchi jangovar faoliyatining motivlarida quyidagilar o‘z aksini topadi: shaxs yo‘nalishi;
urushga munosabati;
topshirilgan vazifaga, komandirga, jamoaga munosabati.
Jangovar faoliyat motivatsiyasida ijtimoiy motivlar, shubhasiz katta rol uynaydi:
- Vatan himoyasi uchun mas’ullik,
- harbiy burchga sadoqat,
- baynalminallik,
- dushmanga nafrat.
Harbiy xizmatchi jangovar faoliyatining samardorligi uning ruhiy holati va kayfiyatiga juda ham bog‘liq bo‘ladi. Harbiy xizmatchi jangovar faoliyatining samaradorligi quyidagi psixologik shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi: ijobiy ijtimoiy xulq-atvor motivlari;
- bilish jarayonlarining nisbatan yuksak rivojlanganligi;
- barqaror hissiy-irodaviy sifatlarning mavjudligi;
- jangovar mahorat;
- stenik ruhiy holat.
Harbiy jamoa jangovar faoliyatining samaradorligi esa quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
- vazifalarni bajarish uchun umumiy intilish;
- iroda uygunligi;
- tafakkur uyg‘unligi;
- ijtimoiy fikr;
- jamoa kayfiyati;
- tajriba.
Harbiy faoliyatda yangi qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni qo‘llash shunga olib keldiki, endi jangdagi g‘alaba harbiy xizmatchilarning hamkorligidagi, o‘zaro kelishilgan harakatlari bilan ta’minlanadi.
Jangda faoliyatlarning har xil darajalari bo‘lishi mumkin. Favqulodda vaziyatlarda jamoada emotsional-irodaviy barqarorlik etarli bo‘lmasa, salbiy hissiyotlar ustunlik qiladi. Natijada funksional vazifalarni bajarishda noaniqliklar va xatoliklar kelib chiqadi. Bu faoliyatning salbiy darajasi hisoblanadi. Etarlicha g‘oyaviy ko‘nikma va ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik mavjud bo‘lganda faoliyatda bunday salbiy hodisalar kuzatilmaydi. Bunday faoliyat maqsad, tafakkur, iroda, mahorat, vazifalarni bajarishga intilish istagi kabilar bilan rivojlanadi va boshqariladi. Bu faoliyatning oliy darajasi bo‘lib hisoblanadi.
Shunga mos ravishda jamoa faoliyati darajalari ham o‘zgarib turadi.
Kayfiyatning ko‘tarilishi, g‘alabaga bo‘lgan ishonch hissi, dushmanga nafrat kabilar jamoani faollashtiradi, uni hal qiluvchi harakatlarga undaydi. Aksincha, o‘zaro munosabatlarning zaiflashishi, nizolar chiqishi faoliyat darajasini pasaytiradi.
Komandirlar jamoada past darajadagi faoliyat paydo bo‘lishining oldini olishlari, aksincha, yuqori darajadagi faoliyat yaratishni ta’minlashlari lozim.
Buning uchun esa komandir jamoaning, har bir harbiy xizmatchining imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur.
Psixologiya nuqtai nazaridan jangovar faoliyatga rahbarlik qilish har bir harbiy xizmatchining, jamoaning ruhiyatiga rejali ta’sir o‘tkazishdan iborat. Rahbarlik qilish samarali faoliyat uchun ichki va tashqi optimal sharoitlarni ta’minlashdan iborat.

Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin