О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi


Bo‘linmada va harbiy xizmatchilar orasida vahima va uni oldini olish yo‘llari



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə17/19
tarix07.11.2022
ölçüsü100,09 Kb.
#67752
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
MEHMONALIYEV AHADJON BITIRUV ISHI (1)

2.4 Bo‘linmada va harbiy xizmatchilar orasida vahima va uni oldini olish yo‘llari.
Harbiy jamoada salbiy ruhiy holatlar namoyon bo‘lishining eng yomon shakllaridan biri vahima hisoblanadi. Vahima shunchaki ruhiy holat bo‘lmasdan, balki kishilarning ongsiz va nazoratdan chiqib ketgan, bir vaqtda amalga oshiradigan hatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi. Vahimaga tushgan kishilar nafaqat o‘zlariga nisbatan nazoratni yo‘qotadilar, shuningdek, komandirlar nazoratidan ham chiqib ketadilar hamda ma’lum bir muddat davomida irodaviy qobiliyatlarini yo‘qotadilar. Shuning uchun ham vahima jangovar holatlarda eng xavfli hodisa hisoblanadi.
Urushlar tarixi shundan dalolat beradiki, qo‘shin ichida paydo bo‘lgan vahima jangning mag‘lubiyat bilan yakun topishiga olib keladi. Rossiya-Fransiya urushi Napoleon qo‘shini ichida tarqalgan vahima tufayli fransuzlarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Yoki, ulug‘ sarkarda Bobur Mirzo qo‘shinining Panapatra (Hindiston)da ko‘p sonli hindlar qo‘shini ustidan g‘alaba qozonishini ta’minlagan narsa ham raqib qo‘shini ichida tarqalgan vahima bo‘lgan.
Vahima o‘zining ta’sir doirasiga ko‘ra ma’lum bir chegaraga ega emas. U kichik bir bo‘linmani, harbiy qismni yoki butun boshli qo‘shinni egallashi mumkin. Shu nuqtai nazardan Ikkinchi jahon urushining muhim sahifalaridan biri bo‘lgan Dyunkerkdagi jang muhim ahamiyatga ega. Bu erda Britaniya armiyasi shunchalik vahimaga tushgan ediki, jangovar qobiliyati va harbiy kuchini butunlay yo‘qotdi. Shuning uchun ham Gitler raqib qo‘shinini jismonan yo‘q qilmaslik, aksincha, ularga chekinish uchun imkon berish haqida buyruq beradi. Gitlerning fikricha: «... toki ingliz askar va ofitserlari butun Angliya bo‘ylab nemislar oldidagi qo‘rquv va tushkunlik kayfiyatini tarqatsinlar, bu esa ularni chuqur inqirozga olib keladi hamda so‘zsiz taslim bo‘lishlarini ta’minlaydi».
Hatto butun Fransiya 1940 yilda vahima iskanjasida qolgan edi.
Ikkinchi jahon urushining eng muhim jabhasi bo‘lgan Sovet-German frontidagi sovet qo‘shinlari orasida ham vahima o‘qtin-o‘qtin paydo bo‘lib, ko‘plab talofatlar bo‘lishiga olib kelgan. Shunday vaziyatlardan biri 1942 yilning yozida don daryosi bo‘yidagi janglarda kuzatiladi. Bu haqda Marshal V.I.Chuykov shunday deb yozadi: «Aftidan, nemislarning front chizig‘ini yorib o‘tish uchun zo‘r berib qilgan hujumlarini daf qilganday edik, lekin, kutilmaganda qo‘shinlarimiz ichida vahima boshlandi. U oldingi jabhada emas, balki, Don daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan front orti qismlari medsanbat, artpark va avtomobilchilar bo‘linmalarida boshlandi. Kimdir ikki-uch chaqirim narida nemis tanklarini ko‘rganligini aytadi. Shu birgina, ehtimol yolg‘on xabarning o‘ziyoq ushbu qismlarda tartibsizlik boshlanib, hammaning daryodan o‘tish uchun taraddudlanishiga olib keldi. Bu vahima menga noma’lum bo‘lgan yo‘llar orqali oldingi jabhadagi qismlarga ham etib bordi, dushman aviatsiyasi daryodan o‘tish joyida juda ko‘p odamlar va mashinalar to‘planib qolganligini payqab qolib, bombardimon qila boshladi».
Amerikalik general Ridjuey Koreya yarim orolida 1950 yilning dekabrida o‘z qo‘l ostidagi qo‘shin ichida yuz bergan vahima holati haqida shunday deb yozadi: «Seuldan bor yo‘g‘i bir necha chaqirim shimol tomonda qochayotgan armiyaga duch keldim. Men shu paytgacha bunday hodisani ko‘rmagan edim va xudoga iltijo qilamanki, bundan keyin ham shunday tomoshani ko‘rish menga nasib qilmasin. Tikka turgan askarlar bilan to‘lgan yuk mashinalari butun yo‘l bo‘ylab elib borar, askarlar esa og‘ir artilleriya, pulemet va minometlarni tashlab qochishardi. Faqat ba’zi birlaridagina vintovkalar qolgan edi. Ularning hammasi faqat bir narsa – iloji boricha tezroq qochish, daxshatli dushmandan uzoqlashish haqida o‘ylashardi. Men mashinadan chiqib, yo‘lning o‘rtasida turgancha imo-ishoralar bilan mashinalarni to‘xtatishga urindim. Bu yo‘l bilan biron bir natijaga erishish dushvor edi. Faqat birgina yo‘l qoldi: qo‘shinga istagan joyigacha qochishiga imkon berish va shundan so‘nggina ularni bir joyga jamlash haqida buyruq berdim».
Keltirilgan misol-dalillardan ma’lum bo‘ladiki, vahima har qanday armiya uchun uni ichdan emiruvchi dahshatli psixologik hodisa ekan. U armiyaning kuch-qudratini yakson qilib, har qanaqangi samarali boshqaruv tizimini ham emirib tashlaydi. Shuning uchun ham turli tarixiy davrlarda sodir bo‘lgan mahoraba urushlarda qo‘mondonlar o‘z qo‘shinlari safida vahima tarqalishining oldini olish, aksincha, dushman bo‘linmalari ichida uni yoyish uchun harakat qilishgan.
Bunday tajribalar Soxibkiron Amir Temur faoliyatida ham tez-tez bo‘lib turgan, u dushmanni chalg‘itish va qo‘shinlarining ruhini ko‘tarish maqsadida turli xil usul va vositalardan foydalangan. Ozarbayjondagi janglardan birida Sohibniron lashkarboshilaridan biri Mengli Bugo jangchilar orasida ko‘tarilgan vahimaning oldini olish maqsadida o‘ziga xos xiyla o‘ylab topadi. Amir Temur o‘z «Tuzuklari»da bu haqda «Ozarbayjon urushida Qora Yusuf bilan to‘qnashganimda, lashkarim og‘ir ahvolga tushib qoladi. Shunda u (Mengli Bugo) maydonda o‘lgan Qora Yusufning lashkar boshliqlaridan birining boshini nayza uchiga sanchib, baland ko‘tardi va lashkariga uni Qora Yusufning boshi deb, uni o‘ldiga chiqardi. Bundan lashkarim dadillanib, jangga tashlandi va Qora Yusuf lashkarining o‘rtasiga xujum qilib, Qora Yusufni qochirdi. Bu urushda Qora Yusuf ustidan qozonilgan g‘alabani Mengli Bugo nomiga yozdirdim va uning martabasini oshirdim» deb, yozadi.
Vahima jamoa psixologiyasiga xos hodisa bo‘lganligi uchun ma’lum bir shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda har qanday armiyada xam paydo bo‘lishi mumkin.
Qurolli Kuchlarda vahimani bartaraf etish muammosi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Harbiy faoliyatga texnik jixatdan yuksak darajada takomillashgan harbiy texnika, qurollar, ayniqsa ommaviy qirg‘in qurollarining kirib kelishi bilan jang sharoitida shaxsiy tarkibga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar miqdori va ta’sir kuchi ancha oshdi. Bu narsa harbiy nazariyotchilar va psixologlarning o‘z diqqatlarini vahima hodisasi hamda uning oldini olish muammolariga yana ham ko‘proq qaratishlariga sabab bo‘ldi. Amerikalik psixolog J.Berk yozganidek «...harbiy tarix sahifalari yomon tayyorgarlik ko‘rgan va shuningdek, ilg‘or bo‘linmalardagi vahimalar tafsiloti bilan to‘lib toshgan. Ammo hali xech qachon uning tarqalish imkoniyatlari yadroviy urushlardagidek bo‘lgan emas».
Ommaviy psixologik hodisa sifatida vaximaning tabiatini va unga qarshi kurashish yo‘llarini harbiy psixologiya fani o‘rganadi. Ushbu maqsadda bir qator mamlakatlar qurolli kuchlari tizimida maxsus laboratoriya va tadqiqot markazlari tuzilgan.
Psixologiya nuqtai nazaridan vaxima nima?
Vahima – bu haqiqiy yoki yolg‘on xavf-xatar oldida alohida insonning yoki kishilar guruhining kuchli esankirashi, qo‘rqishi va o‘zini yo‘qotib qo‘yishidan iborat holat bo‘lib, bunda boshlangan ishni davom ettirish imkoniyati qolmaydi va shuning bilan birgalikda kishilar hech bir ma’nisiz, rejasiz hamda tasodifiy harakatlarni amalga oshiradilar.
Qo‘rquv va vahimani individual-psixologik xodisa sifatida xam, shuningdek, ommaviy hodisa sifatida ham talqin qilish mumkin. Lekin, nima bo‘lganda ham ularni inson va jamoalar tabiatidan ajratib bo‘lmaydi. Ammo, alohida odamdagi vahima birlamchi bo‘lib, guruh doirasidagi vahima uchun asos bo‘ladi.
Qo‘qnuv nima? Uning oldini olish va yo‘qotish imkoniyatlari mavjudmi?
Qo‘rquvni ko‘p million yillarga cho‘zilgan insoniyat bosib o‘tgan biologik taraqqiyot yo‘lining mahsuli deb, qarash mumkin. Chunki aynan vahima hissi insonlarni xavf-xatardan saqlagan, ular uchun himoyalanish va yashab qolish vositasi bo‘lgan.
Qo‘rnuv mohiyat e’tibori bilan insonning xavf-xatarni anglashi natijasida kuchli ruhiy zo‘riqishga uchrash holati. Hayot uchun xavfli bo‘lgan jangovar vaziyatlarda harbiy xizmatchilarda vahima xissi paydo bo‘ladi. U psixologik reaksiya sifatida insondagi fiziologik va ruhiy jarayonlarga juda kuchli ta’sir o‘tkazadi, natijada harbiy xizmatchi o‘zini boshqacha tuta boshlaydi. Vahima insonning ichki organlari faoliyatiga xam ta’sir etadi yurak qon tomirlar ishi va nafas olish maromi o‘zgaradi. Qon tarkibida qand miqdori birdan oshib ketishi oqibatida organizmning umumiy zaiflashishi kuzatiladi. Shuning uchun ham qo‘rquvni boshidan kechirgan kishilarga ko‘proq qand va shirinliklar berish tavsiya etiladi. Lekin buni qo‘rquvni bartaraf etish usuli deb tushunmaslik kerak.
Qo‘rquv hissi nerv xujayralari va bosh miya qobig‘idagi asosiy nerv jarayonlari – qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining maromda kechishiga ham ta’sir etadi. Nerv xujayralarining qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javoblari nomuvofiq bo‘ladi. Bunday xolatda asab tizimining kuchsiz qo‘zg‘atuvchilarga reaksiyasi kutilmaganda juda ham kuchli bo‘lishi mumkin. Aksincha, kuchli qo‘zgatuvchilar o‘z ta’sirlarini yo‘qotadilar.
Shuningdek, qurquv aqliy jarayonlar, hissiyot va irodaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Odam diqqatini jamlab ololmay qoladi oddiy narsalarni ham unutadi, eng oddiy vaziyatlarni ham to‘g‘ri baholay olmaydi, uning xarakatlari ong nazoratidan chiqib ketadi va o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Qo‘rquv turli daraja va shakllarda sodir bo‘ladi. Xavf-xatar mavjud bo‘lganda har qanday inson his qiladigan bezovtalik hissi qurquvga xos bo‘lgan emotsional reaksiyalar jumlasiga kiradi.
Desantchilar qismlarida yangi kelgan harbiy xizmatchilar parashyutdan sakrash bo‘yicha erda o‘tkaziladigan dastlabki tayyorgarliklar vaqtida bezovtalik hissini tuyadilar. Agar taktida tegishli choralar ko‘rilmasa, bezovtalik hadiksirashga aylanadi. Bu xodisa birinchi marta samalyotdan sakrash vaqtida bo‘lishi mumkin. Kimda iroda yaxshi rivojlangan bo‘lsa, o‘zidagi hadiksirash hissini vaqtida bartaraf etishi mumkin. Bordi-yu, buning uddasidan chiqilmasa, u qo‘rquvga aylanishi mumkin. Bunday paytda hadiksirash komandirning aralashuvi va ta’siri ostida yo‘qotiladi. Cho‘chiyotgan kishiga uni qiynayotgan bunday hissiyotdan qutulishi va harakat qilish uchun, odatda, birinchi turtki zarur bo‘ladi, bunday turtk komandir tomonidan beriladi. Bu baland tovushda va qat’iy qilib berilgan buyruq, harakatni boshlash uchun ishora yoqi shaxsiy namuna bo‘lishi mumkin. Agar harbiy xizmatchidagi hadiksirash o‘z vaqtida yo‘qotilsa, uning ish qobiliyati to‘liq tiklanadi.
O‘z vaqtida nazorat qilinib, oldi olinmagan hadiksirash qo‘rquv yoki dahshatga tushish darajasigacha etishi mumkin. Bu holat inson ruhiyatini uzoq vaqtgacha falaj qilib, uni ish qobiliyatini butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Qo‘rquv va dahshatga tushgan askarlar boshqalarga yomon ta’sir ko‘rsatmasliklari uchun shaxsiy tarkibdan ajratib qo‘yilishlari kerak. Birgina odamdagi qo‘rquv hissiyoti qisqa vaqt ichida yana ham kattaroq bo‘linmalarga o‘tishi mumkin.
Vahima iskanjasida qolgan jamoa, odatda, o‘zining jamoaga xos sifatlarini yo‘qotadi. U o‘zaro uyushmagan kishilar guruhiga aylanadi. Bunday guruhlarni, ba’zan olomon, deb ham ataydilar.
Shuni aytib o‘tish kerakki, har qanday vahima o‘zining manbalariga ega bo‘ladi. Qism va bo‘linmalardagi vahima, odatda bitta yoki bir nechta manbalardan boshlanadi. Alohida askar yoki kichik guruh shunday manba bo‘lishi mumkin. Vahima hamma vaqt ham bir manbadan boshlanmasa-da, ammo vahima ichida qolgan bo‘linmada doim uning markazi bo‘ladi. Muayyan bir kishi shunday markaz bo‘ladi. U favqulodda bir vaziyatda vahimaga tushgan kishilar etakchisiga aylanadi va yana kutilmaganda o‘zining bu o‘rnidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Vahimaga berilgan kishilar etakchiga taqlid qiladilar, ularda etakchining so‘zlariga va harakatlariga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi. Olomon eng oldinda chopayotganning ortidan u to‘g‘ri qilayotganligi uchun emas, balki hammadan tez yugirayotganligi uchun ham ergashadi. Tasodifiy lider qanchalik ko‘p vahimaga berilsa, boshqalar unga shunchalik zo‘r berib ergashadilar. Shuning uchun ham bunday liderni tezda boshqalardan ajratish va uning o‘rnini to‘gri fikrlash hamda sovuqqonlik bilan harakat qilish layoqatiga ega bo‘lgan boshqa bir kishi egallashi vaziyatni o‘nglashning yagona yo‘li hisoblanadi. Toki u olomonning diqqatini o‘ziga qaratib, ular taqlid qilishlari uchun to‘g‘ri harakatlarni amalga oshira olsin.
Shuningdek, vahima jamoa a’zolarining hammasida birdaniga boshlanishi mumkin. Odatda, bunday holat dushman tomonining kuch va imkoniyatlari juda ham yuqori bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Vahima davomiyligiga ko‘ra qisqa yoki uzoq vaqtli bo‘ladi, albatta, agar harbiy jamoada buning uchun shart-sharoit bo‘lmasa, alohida askardagi qo‘rquv hissi boshqalarga yuqmaydi. shu holatda har bir harbiy xizmatchidagi ma’naviy-ahloqiy tayyorgarlik darajasi katta rol o‘ynaydi. Jamoa psixologiyasida ma’naviy-ahloqiy barqarorlikning bo‘lmasligi uni arzimas qo‘rquv oldida ham zaif qilib qo‘yadi. Agar askarda o‘zi qilayotgan ishning adolatliligiga nisbatan e’tiqod, dushmanlarga nafrat, o‘z Vataniga va xalqiga muhabbat, g‘alabaga ishonch bo‘lmasa, jangovar vaziyatlarda paydo bo‘ladigan jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni engib o‘tish uchun ichki qudrat bo‘lmaydi.
Harbiy ishni, texnikani va qurollarni yaxshi bilish, jang sharoitida ishonchli harakat qilish ko‘nikmalarini egallash, dushmanning zaif va kuchli tomonlarini bilish kabilar jangda harbiy xizmatchilar ruhiy barqarorligini ta’minlovchi, demakki, qo‘rquv va vahimaning oldini oluvchi omillar sirasiga kiradi. Komandirlarning o‘z bo‘linmalaridagi harbiy xizmatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini bilishlari ham tahlikali vaziyatlarda tashabbusni qo‘lga olishlariga va jangovar faoliyatni samarali boshqarishlariga yordam beradi.


Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin