oʻtgan yili 416 mingta deklaratsiyadan 344 tasi yuk chegaraga kelguncha
rasmiylashtirilgan. Yuk toʻgʻrisida oldindan maʼlumot berish avtomobil transportida
98 foizni tashkil etsa, temir yoʻlda, umuman yoʻlga qoʻyilmagan. Shu bois nazoratni
chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki mamlakat ichkarisida erkin
muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish muhim.
Bugungi kunda 1 ming 836 ta turdagi tovar bir vaqtda uchta idora tomonidan
tekshirilishi, oqibatda import-eksport hujjatlarini rasmiylashtirish haftalab
choʻzilayotgani achinarlidir. Vaholanki, bojxona, veterinariya, karantin, sanitariya,
standart, ekologiya idoralari ish uslubini oʻzgartirishi, ularning asosiy vazifasi
mahsulotlar eksportini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻlishi zarur emasmi?
Mana shunday toʻsiqlar tufayli Prezidentimiz raqamli texnologiyalarni joriy
qilib, inson omilini maksimal qisqartirish orqali korrupsiya va noqonuniy tovar
aylanmasiga barham berish zarurligini taʼkidlamoqda. Import mahsulotlarining
chegaradan to yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan harakati bojxona hamda soliq
idoralari tomonidan yagona elektron tizim orqali nazorat qilinishi kerak. Shundan
kelib chiqib, mutasaddilarga ruxsatnoma va laboratoriya tekshiruvlari hujjatlarini
toʻliq raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan “risk-analiz” tizimini joriy etish boʻyicha
topshiriqlar berildi. Aytish joiz, raqamli iqtisodiyotga oʻtish tadbirlari doirasida 143
ta davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilib, 35 ta idorada talab qilinadigan hujjatlar
soni hamda xizmat koʻrsatish vaqti ikki hissa qisqardi. Byudjet xarajatlari, davlat
xaridlari, yer, bino va inshootlar oldi-sotdisi jarayonlariga oshkoralik hamda
ochiqlik tamoyillari joriy etildi. Ayni paytda qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash,
qurilish, davlat xizmatlari koʻrsatish, xullas, ijtimoiy hayotning barcha sohasida
raqamli iqtisodiyotga oʻtish sari salmoqli qadamlar tashlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: