O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 282,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix01.12.2022
ölçüsü282,42 Kb.
#71668
  1   2   3   4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
 
 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
 
 
IQTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM
(II-MUTAXASSISLIK) 
 
 
 
 “IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA)” 
ta’lim yo’nalishi 2-kurs (o’zbek) talabasi 
OLTIBOYEV O’TKIR MIRZAAHMADOVICHНИНГ 
 
Raqamli iqtisodiyot fanidan
 
REFERAT
 
RO’YXATGA OLINDI №__________ 
 
 
 
 
Manzil: _________________________ 
Тelefon: _______________________ 
Electron manzil:_______________ 
 
Тошкент-2021 


BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI 
Oʻzbekiston oʻz oldiga kuchli demokratik, ilgʻor rivojlangan davlatlar safidan 
mustahkam oʻrin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati 
qatoriga kirish — bosh vazifa. Bu boradagi islohotlar esa xalqimizga munosib 
sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti. Eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, 
keyingi yillarda Oʻzbekistonning shaxdam odimlari xalqaro hamjamiyat tomonidan 
eʼtirof etilmoqda. Xususan, nufuzli “The Economist” jurnali dunyoning ikki yuzga 
yaqin davlatlari orasidan Oʻzbekistonni “Yil mamlakati”, deb topgani fikrimiz 
tasdigʻidir. Yaʼni ushbu nashr Oʻzbekistonni 2019-yili dunyoda eng koʻp yaxshi 
tarafga oʻzgargan mamlakat, deb topdi. Eʼtiborlisi, yangilik Oʻzbekistongacha 
Markaziy Osiyoning biror bir davlati bunday eʼtirofga loyiq koʻrilmagani bilan ham 
oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, respublikamiz yaqin-yaqingacha, 
aksariyat tahlilchilar tomonidan jahonning “eng yopiq” davlatlaridan biri sifatida 
qiyos berib kelinardi. Ochigʻini aytganda, mamlakatimiz haqidagi bunday nekbin 
mujda xalqaro miqyosda katta aks sado berdi. Bu, albatta, yurtimizda qisqa vaqt 
davomida oqilona yoʻlga qoʻyilgan ichki va tashqi siyosatning amaliy ifodasidir, 
desak, ayni haqiqat. 
Mintaqada eng koʻp aholiga ega mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish, 
chetdan koʻproq sarmoya jalb etish saʼy-harakatlari uzluksiz olib borilyapti. Bu kabi 
oʻzgarish va yangilanishlar, asrlarki, iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan 
Oʻzbekistonda kambagʻallik va ishsizlikka qarshi kurashish asnosida roʻy 
berayotgani bilan ham dolzarbdir. Oʻn yillar davomida tirikchiligi tashqi mehnat 
migratsiyasi orqasidan oʻtayotgan millionlab fuqarolarini ishli qilish — 
mamlakatning oʻzida yangi bandlik manbalarini yaratishga qogʻozda emas, amalda 
eʼtibor qaratilmoqda. 
Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yilning “Ilm, maʼrifat 
va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilinishi hamda shu boʻyicha 
“Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgani ham yuqoridagi ustuvor yoʻnalishlar roʻyobida 


salmoqli rol oʻynamoqda. Chunonchi, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodiyotga 
oʻtish vazifasi qatʼiy maqsad sifatida belgilab qoʻyilgani nafaqat xalqaro ekspertlar 
hamjamiyati tomonidan qizgʻin kutib olindi, balki bugungi pandemiya davrida ham 
nihoyatda ratsional qaror boʻlganini koʻrsatmoqda. Shunday ekan, yaqin yillarda 
biznes yuritish muhiti boʻyicha dunyoning eng old ellik davlati safiga kirsak, 
ajabmas. 
Kambagʻallikni kamaytirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi, hali-
hanuz eng ogʻriqli nuqtalardan biri boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus 
idora tashkil etilishi ham bu borada alohida ahamiyatga ega. Chunki aynan 
korrupsiya Oʻzbekiston iqtisodiyotini taraqqiy toptirish, mamlakatga yirik 
miqdordagi chet el sarmoyalarini jalb qilish va ularni harakatga solish yoʻlidagi eng 
asosiy toʻsiqlardan biri sifatida koʻriladi. U tufayli chorak asrdan ortiqroq vaqt 
davomida yurtimizdagi biznes yuritish muhiti izdan chiqib ketgandi. Shu bois oʻtgan 
qisqa davrda mavjud vaziyatni oʻzgartirish harakatlari tom maʼnoda kuchaytirildi. 
Koʻpchilikka yaxshi maʼlum, tilga olinayotgan illatlarga qarshi kurashda, unga 
barham berishda raqamlashtirish zaruriyati yana-da oshadi. Bu, oʻz navbatida, juda 
koʻp resurslarni talab qiladi. Shunday ekan, hozirdan raqamli iqtisodiyotga oʻtish 
muhim vazifaga aylandi. 

Yüklə 282,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin