Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga koʻra, raqamli
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, shuning barobarida,
xufiyona iqtisodiyotga barham berish hamda korrupsiyani keskin kamaytirish
imkonini berar ekan. Koʻrinib turibdiki, mazkur soha yurtimizda barcha soha va
tarmoqning yuksak rivojiga jiddiy turtki boʻladi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “yashirin
iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir.
Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda
maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish,
yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida toʻliq axborot bermaslikning iloji
yoʻq, kompyuter hammasini namoyon qilib qoʻyadi.
Maʼlumotlar koʻpligi va tizimliligi yolgʻon hamda qingʻir ishlarga yoʻl
bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada, iborali aytganda, pullarni
“yuvish”, mablagʻlarni oʻgʻirlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo
yashirib koʻrsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablagʻlar oqimini
oshiradi, soliqlar oʻz vaqtida hamda toʻgʻri toʻlanadi, byudjet taqsimoti ochiq
boʻladi, ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar oʻgʻirlanmaydi, maktablar,
shifoxonalar, yoʻllarga ajratilgan pullar toʻliq yetib boradi va hokazo.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlini tanlaganligi axborot
texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasida yangi
yoʻnalishlar ochib beradi.
Raqamli texnologiyalar tomon burilishga esa butun jahon internet tarmogʻi
hamda sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi boʻlgani ayni haqiqat.
Dostları ilə paylaş: