Bu davrda anatomiya sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi. Ingliz olimi U. Garvey (1578—1657) oʻzining qon aylanish sistemasi toʻgʻrisidagi taʼlimotini yaratadi. Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga katta zarba berilgan boʻlsada, uning batamom barham topishiga olib kelmadi. Koʻpchilik olimlar tuxum hujayraga ega boʻlmagan tuban organizmlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi mumkin degan fikrga ega edi. 16-asrda mikroskopning kashf etilishi B.ning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʻldi. Angliyalik R. Guk tomonidan hujayraning kashf etilishi (1665), gollandiyalik A. Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermatozoidlar (1673), ingliz T. Millington (1676) va nemis R.Kamerarmus (1694) tomonidan oʻsimliklarda jinsiy tafovutlarning, italyan Malpigi (1675—79) va ingliz N. Gryu (1671—82) tomonidan oʻsimlik toʻqimalari, shuningdek baliklar tuxum hujayrasi (N. Steno, 1667) va kapillyar qon tomirlarining kashf etilishi mikroskop ixtiro qilinishi bilan bogʻliq.