I-bob. ATMOSFERA YOG’INLARI
Ushbu bobning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda, dastlab Yer kurrasida yog’inlarning taqsimlanishi va uni belgilovchi omillarga tavsif beriladi. So’ng kurs ishining asosiy tadqiqot obyekti bilan chambarchas bog’liq bo’lgan masala yoritiladi.
1.1. Yer kurrasida yog‘inlarning taqsimlanishi va uni belgilovchi omillar
Yer kurrasida yog‘inlarning taqsimlanishi va uni belgilovchi omillar.
Ma'lumki, daryo havzasining o‘rtacha ko‘p yillik suv balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
Х0 = Z0 + У0 ,
bu yerda: X0-daryo havzasiga yoqqan yog‘inning o‘rtacha ko‘p yillik qatlami, mm da; Z0-daryo havzasidan bo‘ladigan o‘rtacha ko‘p yillik bug‘lanish, mm da; U0-havzada hosil bo‘lgan oqim qalinligi, mm da. YUqoridagi ifodada keltirilgan kattaliklarni hajm o‘lchov birligi(m3 yoki km3)da ham ifodalash mumkin.
Gidrologiyada asosiy e'tibor yog‘inlarning yer sirtiga tushgandan keyingi holatini o‘rganishga qaratiladi.
Bug‘lanish natijasida atmosferaga ko‘tarilgan suv bug‘lari elastikligi berilgan temperaturada maksimal qiymatga yetganda suyuq holatga o‘tadi. Suv bug‘larining to‘yinishi haroratning pasayishiga bog‘liq. Shuning uchun ham suv bug‘lari balandlikka ko‘tarilgan sari to‘yinish nuqtasiga yaqinlasha boradi. Suv bug‘larining ko‘tarilishiga va ularning shu jarayonda sovushiga quyidagilar ta'sir etadi:
1) yer sirtining kuchli isishi;
2) ko‘tarilayotgan issiq havo oqimining sovuq havo massalari bilan to‘qnashishi;
3) issiq havoning tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarilishi.
Yuqorida qayd etilgan ta'sirlar natijasida suv bug‘lari to‘yinib, yog‘inlarni hosil qiladi va ular yer sirtiga yomg‘ir, qor, do‘l ko‘rinishida yog‘adi.
1.2. Yog‘inning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi
Yog‘in miqdori joyning geografik o‘rni, atmosfera sirkulyatsiyasi, yer sirti relyefi kabi omillar bilan aniqlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida joyning absolyut balandligi va relyefi yog‘in miqdoriga har tomonlama ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, absolyut balandlikning ortishi bilan yog‘in miqdori ham ortadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Masalan, Sharqiy Pomir va Sharqiy Tyanshanda absolyut balandlik katta bo‘lsa-da, yog‘in miqdori ularning g‘arbiy qismlariga nisbatan kamdir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yog‘inlarning o‘lchangan qiymatlari ularning haqiqiysidan kam ekan. O‘lchashlardagi xatolikning manbalari quyidagilardan iborat:
1) yog‘inning yog‘in o‘lchagich devorlarini namlashga sarflangan qismi;
2) shamol ta'sirida hosil bo‘lgan turbulentlik natijasida yog‘inning yog‘in o‘lchagichga tushmasligi;
3) yog‘in o‘lchagichga tushgan yomg‘ir tomchilarining atrofga sachrashi;
4) yog‘in o‘lchagichda to‘plangan yog‘inning ma'lum miqdorda bug‘lanishi.
Qayd etilgan xatolik manbalari hisobga olinib, yog‘inlarning o‘lchash aniqligini oshirish maqsadida maxsus tuzatmalar kiritiladi. Ularning qiymatlari iqlimiy ma'lumotnomalarda keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |