3.3. Bug‘lanish miqdorini aniqlash usullari
Bug‘lanish miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
1) bug‘latgichlar usuli;
2) suv balansi usuli;
3) turbulent diffuziya usuli;
4) issiqlik balansi usuli.
Bug‘lanish miqdorini aniqlashning yuqorida qayd etilgan usullarining qo‘llanish sohalari, ularda foydalaniladigan qurilmalar-suv va tuproq bug‘latgichlarini ishlatish tartibi, ularning afzalliklari yoki kamchiliklari darsliklar[3,4,7] va qo‘llanmalar[9,15]da keng yoritilgan.
IV-bob. SUV YUZASIDAN BUG‘LANISHNI ANIQLASH USULLARI
4.1. Suv yuzasidan bug‘lanishni aniqlash usullari.
Suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishni B.K.Davidov, S.N.Kritskiy, M.F.Menkel, K.I.Rossinskiy, B.D.Zaykov va boshqalar o‘rganganlar. Bu masala bilan O‘rta Osiyoda A.M.Nikitin, N.Ye.Gorelkin, V.N.Reyzvix kabi olimlar shug‘ullanganlar.
Bug‘lanishning har qanday turi kabi, suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish ham eng avvalo nam yetishmasligi-d va shamolning tezligi(u)ga bog‘liqdir. Suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishni hisoblash uchun olimlar tomonidan quyidagi ifodalar taklif etilgan:
1) B.K.Davidov ifodalari:
a) uncha katta bo‘lmagan suv omborlari yuzasidan bo‘ladigan oylik bug‘lanishni hisoblash ifodasi:
bu yerda: -o’rtacha oylik namlik yetishmasligi, -o’rtacha oylik shamol tezligi.
b) yuqoridagi ifodani soddalashtirilgan ko’rinishi:
Yuqoridagi har ikki ifodaning farqi 4-10 foizni tashkil etadi.
v) yirik suv havzalari(Kaspiy dengizi, Orol dengizi, Sevan ko‘li) yuzasidan bo‘ladigan kunlik bug‘lanishni hisoblash ifodasi:
2) S.N.Kritskiy, M.F.Menkel va K.I.Rossinskiylar taklif etgan oylik bug‘lanishni hisoblash ifodasi:
bu yerda: e0-to‘yingan suv bug‘lari elastikligi bo‘lib, suv yuzasi temperaturasi bo‘yicha aniqlanadi; e200-havoda 2 metr balandlikda mavjud bo‘lgan suv bug‘lari elastikligi bo‘lib, suv havzasiga yaqin joylashgan meteostansiya ma'lumotlari bo‘yicha aniqlanadi; v 900-meteostansiyada 9 metr balandlikda kuzatilgan shamol tezligi.
3) B.D.Zaykov ifodasi:
bu yerda: Z-oylik bug‘lanish miqdori; n-oydagi kunlar soni; e0- to‘yingan suv bug‘lari elastikligining o‘rtacha oylik qiymati, suv yuzasi temperaturasi bo‘yicha mb da aniqlanadi; e200-havoda 2 metr balandlikda mavjud bo‘lgan suv bug‘lari elastikligi(mutlaq namlik) bo‘lib, mb da o‘lchanadi; v200-meteostansiyada 2 metr balandlikda kuzatilgan shamolning o‘rtacha tezligi.
Dostları ilə paylaş: |