O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Qor va muz qoplamlari yuzasidan bug‘lanish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə10/13
tarix26.02.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#85702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Atmosfera yog’inlari va bug’lanish

4.2. Qor va muz qoplamlari yuzasidan bug‘lanish
Qor qoplami yuzasidan bug‘lanishni hisoblash uchun P.P.Kuzmin quyidagi ifodani taklif etgan:


,
bu yerda: en- to‘yingan suv bug‘lari elastikligining o‘rtacha kunlik yoki n kundagi o‘rtacha qiymati bo‘lib, qor qoplami yuzasidagi temperaturaga bog‘liq holda aniqlanadi, qor erishi vaqtida, ya'ni musbat temperaturada uning qiymati 0 °S deb qabul qilinadi; e2-havoda 2 metr balandlikda mavjud bo‘lgan suv bug‘lari elastikligi (mutlaq namlik); v10-meteostansiyada flyuger balandligida kuzatilgan shamolning o‘rtacha tezligi.

Qor qoplami yuzasidan bug‘lanishni oylik yoki undan uzoqroq muddatlar uchun aniqlashda P.P.Kuzmin quyidagi soddalashtirilgan ifodani taklif etgan:





bu yerda: n-hisob davridagi kunlar soni; d2-2 metr balandlikda hisobga olingan namlik yetishmasligi, mb da.
Quruqlikdan yoki daryo havzasidan bo‘ladigan bug‘lanish yillik yoki oylik me'yoriy bug‘lanishlar ko‘rinishida aniqlanadi.
4.3. Yillik me’yoriy bug’lanishni aniqlash usullari
Yillik me'yoriy bug‘lanish quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
a) bug‘lanish kartasidan;
b) A.R.Konstantinov taklif etgan nomogramma yordamida;
v) M.I.Budiko nomogrammasi bo‘yicha.
Oylik me'yoriy bug‘lanishni aniqlashning esa­ quyidagi usullari mavjud:
a) P.S.Kuzin usuli;
b) B.V.Polyakov grafiklari;
Bu usullar yordamida bug‘lanishning yillik me'yoriy va oylik qiymatlarini miqdoriy baholash amaliy mashg‘ulotni bajarish jarayonida batafsil bayon etiladi.
Shamolning flyuger balandligida aniqlangan tezligidan yer sirtidan 2 m balandlikdagi tezligiga o‘tish.
Shamolning meteorologik stansiyada flyuger balandligida aniqlangan tezligidan yer sirtidan 2 metr balandlikdagi tezligiga o‘tish quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi:


,
bu yerda: Z1-shamolning tezligi aniqlanayotgan balandlik, Z1= 200 sm; Z2-shamolning tezligi aniqlangan balandlik (flyuger balandligi), Z2 =1000 sm; Z0-yuza g‘adir-budurligini ifodalaydigan kattalik, suv yuzasi uchun Z0 = 0,3 sm, yer sirti yuzasi(qor qoplamisiz) uchun Z0 = 3 sm.
Yuqorida keltirilgan ifoda yordamida shamolning flyuger balandligida aprel oyi uchun aniqlangan tezligidan yer sirtidan 2 m balandlikdagi tezligiga quyidagicha o‘tiladi:



Shamolning yer sirtidan 2 metr balandlikdagi tezligi qolgan oylar uchun ham shu tartibda aniqlanadi va natija­lardan 2.3 hamda 2.4-hisoblash jadvallarida foydalanamiz.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin