O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

 
O‘zini tekshirish uchun savollar
1. Ijtimoiy ishda professionalizm konsepsiyasi. 
2. Mijoz bilan ijtimoiy xodimning muloqot ko‗nikmalari. 
3. Ijtimoiy xodimlarning kasbiy sifatlari. 
4. AQSh va G‗arbiy yevropada ijtimoiy xodimlarni o‗qitish tizimi. 


56 
5. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ijtimoiy ish (Esse) 
5-Mavzu. Zamonaviy dunyoda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
modellari
 
1- .Aholini ijtimoiy muhofaza qilish: tushunchasi, maqsadi va vazifalari. 
Ijtimoiy himoya modellari. 
2. AQSh va G‗arbiy yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya 
qilish tizimining paydo bo‗lish xususiyatlari. 
3. Xalqaro tajribadagi ijtimoiy himoya institutlari
4. O‗zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining evolyusiyasi va 
xususiyatlari
Ijtimoiy himoya insonning hayotiy ta'minoti va faoliyatini saqlab turish, 
kafolatlangan minimal yetarli hayot sharoitini ta'minlash bo‗yicha jamiyat va uning 
turli tuzilmalari amalga oshiruvchi tadbirlar tizimidir.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minot tushunchalari o‗xshash bo‗lib, ammo 
bir narsa emas. Ijtimoiy himoya ilmiy tushuncha sifatida foydalanilganda o‗z 
ichiga tarkibiy qism sifatida ijtimoiy ta'minotni oladi, bundan tashqari mehant 
muhofazasi, sog‗lik va atrof-muhit, minimal ish haqi va insonning hayot faoliyatini 
me'yoriy sharoitlarini ta'minlovchi kafolatlarni ham qamrab oladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga 
oshirish institutlaridan biri bo‗lib, maqsadi ijtimoiy barqarorlik va jamiyatning 
barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashdan iboratdir. Bu maqsadlarga erishish 
uchun ijtimoiy xatarlardan mehnatga qobiliyatli aholini himoya qilishning samarali 
mexanizmi zarur. Ijtimoiy xatarlar quyidagilar: kasallik. Nogironlik, boquvchisini 
yo‗qotish, ishsizlik, shikastlanish, ishsizlik, migratsiya, turar joyni yo‗qotish, 
qarilik, kambag‗allik va inson hayoti davomida duch keladigan boshqa holatlar.
Bugungi kunda aholini ijtimoiy himoya qilish deganda, yordamga muhtoj 
fuqarolar to‗g‗risida davlat, jamiyat g‗amxo‗rligi tushunilib, ular yoshi, 


57 
sog‗ligining holati, ijtimoiy ahvoli, moddiy boyliklar bilan yetarlicha 
ta'minlanmaganligida namoyon bo‗ladi. Ijtimoiy yordam (ijtimoiy himoya, ijtimoiy 
ta'minot) pensiya, nafaqa, moddiy yordam berish, kasal va keksalarga xizmat 
ko‗rsatish, bolalar haqida g‗amxo‗rlik qilishda namoyon bo‗ladi. Mehnatga 
layoqatsizlarning moddiy yordamining kafolatlangan tizimi turli ijtimoiy qatlam va 
aholi guruhlarining ijtimoiy sug‗urtasi deb nomlanadi
11
.
Ijtimoiy himoya tizimi quyidagilarni kafolatlashi kerak:: 
• Insonning munosib ijtimoiy ta'minoti, uning obro‗ va e'tiborini hurmat 
qilish; 
• Ijtimoiy bo‗shliqni maksimal to‗liq qamrab olish,; 
• Barcha ijtimoiy tizim doirasida xizmatlar, to‗lov va imtiyozlarni teng va 
mos ravishda taqsimlash; 
• Ijtimoiy himoya muassasalarining ishlash samaradorligi. 
Ijtimoiy himoya ob'ekti- axolining barcha guruhlaridir. Ammo bunda muhim 
yo‗nalishlar quyidagi qatlamlarda bo‗ladi: kam daromadli oilalar, nogironlar, 
keksalar, yetim bolalar, yolg‗iz yoki ko‗p bolali oilalar, ekologik yomon holatda 
yashovchilar.
Jahon amaliyotida aholini ijtimoiy himoya qilish ikki avtiv va passiv ijtimoiy 
himoyaga bo‗linadi. Faol ijtimoiy himoya jamiyatning mehnatga qobiliyatli 
a'zolariga mo‗ljallangan va birinchi navbatda mehnat bozorida faol hamda ijtimoiy 
sug‗urtalashda qatnashuvchi odamlarning himoyasi uchun sharoitlarni yaratishni 
nazarda tutadi. Passiv ijtimoiy himoya mehnatga qobiliyatsiz va aholining ijtimoiy 
zaif qatlamiga yo‗naltirilgan bo‗lib, bunda bevosita moddiy qo‗llab-quvvatlashda 
aks etadi. 
Shu sababli ijtimoiy himoya mohiyatini tushunishda ikkita asosiy yondashuv 
mavjud: 
• Ijtimoiy himoya – bu yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga o‗tuvchi 
fuqarolar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy ta'minotidir.: 
11
Архипов А.и др... Иқтисодий луғут. 2-нашр. – М.: Проспект. 2015


58 
• Aholining ijtimoiy himoyasi –bu manzilli xususiyatga ega aholining 
ma'lum qatlamiga ko‗rsatiluvchi ijtimoiy to‗lovlar, moddiy yordam va ijtimoiy
ishdir. 
Xalqaro mehnat tashkilot (XMT) ijtimoiy himoyaga ijtimoiy sug‗urtalash va 
ijtimoiy yordamni kiritadi. XMT konvensiyalarida aholini ijtimoiy himoya 
qilishning asosiy tamoyillari shakllantirilgan bo‗lib, unda qo‗llaniladigan ijtimoiy 
himoyaning turli shakllarining minimal darajasi va aholi toifalari ko‗rsatilgan. 
Ijtimoiy himoyaning milliy tizimi XMT konvensiyalari asosida, ma'lum bir 
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish xususiyatlarini hisobga 
olgan holda shakllantiriladi. 
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va professional ijtimoiy xizmat o‗zaro 
bog‗liq va aloqadordir. Ijtimoiy xizmat professional faoliyat shakli sifatida zarur 
qonuniy va me'yoriy asos, rivojlangan infratuzilma, kadrlar tayyorlash, umuman 
olganda ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy himoyaga tegishli vositalar mavjudligini 
ko‗rsatadi. Ijtimoiy himoya tizimi mikro darajada ijtimoiy ish uchun tashkiliy-
huquqiy maydon bo‗ladi. O‗z navbatida ijtimoiy ish mablag‗lari yordamida 
ijtimoiy himoya amalga oshadi. Tayyorlangan mutaxassislarning ijtimoiy ishga 
kirishi ijtimoiy himoya bo‗yicha tadbirlar samaradorligini oshiradi. 
Bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda aholini ijtimoiy 
himoya qilishning turli xil tashkiliy-huquqiy shakllaridan foydalaniladi. Yuqorida 
ko‗rsatilganlardan bugungi kunda muhimlari o‗z ichiga turli to‗lov va xizmatlarni 
olgan ijtimoiy sug‗urtalash va ijtimoiy yordamdir. Turli mamlakatlarda bu 
ko‗rsatilgan shakllar tarixiy sharoitlarga bog‗liq bo‗lib, shuning uchun vazifaning 
bir xilligiga qaramasdan yondashuv va uslublarda farqlar mavjud.
Ijtimoiy himoya shakllari quyidagilarga bo‗linadi: 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin