O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. 
Ijtimoiy ishning maqsadi va vazifalari. 
2. 
Ijtimoiy yordam ob'ekti va sub'ekti. 
3. 
Xayriya va g‗amxo‗rlik qilish. 
 
2-Mavzu. Muhtojlarga yordam berish va diniy e'tiqodlar 
 
1. 
Dastlabki sivilizatsiyalarda xayriya g‗oyalarining paydo bo‗lishi
2. 
Xristian xayriya amaliyoti
3. 
Islom dinida xayriya burchlari
4. 
Pravoslav xristianlik va uning xayriyaning rivojlanishidagi ahamiyati. 
5. 
Iudaizm va xayriya faoliyati 
1.Qadimgi misrliklarda muhtojlarga ko‗mak berish va beg‗araz shakldagi 
saxovat to‗g‗risida tushunchalar mavjud bo‗lgan. Qadimgi Misr bo‗yicha yozma 
manbalar bizgacha Piopinaxt so‗zlarida yetib kelgan bo‗lib unda shunday deyiladi: 
«Men qorni ochga non berdim, kiyimsizni kiyintirdim», «Ptaxotep o‗gitlarida» 
shunday deydi: «O‗z yaqinlaring bilan munosabatlarda ochko‗z bo‗lma, iltijo qilish 
buyuk kuchdir». Qadimgi Misrliklarda saxovat - o‗zaro yordam va beg‗arazlik 
to‗g‗risida tasavvurlar mavjud edi. 
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasida yaqinlarni sevish, o‗zaro hurmat va qo‗llab-
quvvatlash muhim axloqiy vazifalardan biri sanalgan. Bu qadimgi xitoyliklarning 
insonparvarlik, adolatlilik va burch tushunchalariga kirgan. Ular Konfutsiy 
tomonidan ishlab chiqilgan xitoy axloq tizimining ―besh doimiysi‖ bo‗lib, yaqinlar 
bilan munosabatlarni anglatgan: «otaga hurmat, o‗g‗ilga izzat, katta akaning 
kichigiga do‗stona munosabati, kichik ukaning akasiga hurmat bilan munosabatda 
bo‗lishi, er-xotin o‗rtasidagi kelishuv». 
Konfutsiy fikricha, adolatli tartibni saqlab turishning vositasi qonun emas, 
balki ideal axloq namunasi mustahkamlangan an'ana va axloqiy asoslarga rioya 
qilish, bir-biriga yon berish va o‗zaro voz kechishga shaxsni majbur qiluvchi 


22 
tadbirlarga amal qilishdir. Insonparvarlik va saxovat tuyg‗ulari Konfutsiy 
tomonidan ishlab chiqilgan «syao» – o‗g‗ilga xos hurmat to‗g‗risidagi asarida o‗z 
isbotini topgan. Odobli o‗g‗il butun hayoti davomida o‗z ota-onasi to‗g‗risida 
g‗amxo‗rlik qilishi, har qanday holatda ularga xizmat qilishi va ularning ko‗ngligi 
yo‗l topishi kerak. «Agar rahm-shafqat bo‗lmasa qanday qilib olijanob erkak 
bo‗lish mumkin.?!Oliyjanob erkak hattoki ovqatlanish vaqtida ham rahmdillik 
to‗g‗risida unutmaydi».
Rahmdillik an'analari, yaqinlarga insoniy munosabat qadimgi Hindiston 
axloqiy madaniyatida o‗ziga xos bo‗lgan. «Rigveda» madhiyasida shunday so‗zlar 
bo‗lgan: «Beruvchining boyligi kamaymaydi... Kimda ovqat bo‗lsa kuchsizlar 
uchun bersin, kim faqat o‗zi uchun harakat qilsa bu inson yordam beruvchi 
bo‗lmaydi. Yaxshi fazilat-bu xudoning qonunlariga itoat etish, shu jumladan 
odamlarni sevishdir. Qadimgi hind diniy kitoblarida shunday jumlalarni uchratish 
mumkin: «Barcha tirik narsalarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo‗l, himmat 
shaklida xursand bo‗l, nochorlarga rahmdil bo‗l va achin». 
Ijtimoiy o‗zaro faoliyatni tartibga soluvchi keyinchalik paydo bo‗lgan 
huquqiy hujjatlar Manu qonunlari, deb atalgan. Unda nikoh shakllari, farzandlikka 
olish mexanizmi, mulkni meros qilib qoldirish xususiyatlari tasvirlangan
Xayriya g‗oyalari, o‗zaro ko‗mak, saxovat faoliyati antik dunyo axloqiy 
madaniyatida o‗z rivojiga ega bo‗ldi. Qadimgi Gretsiyada kambag‗allarni qo‗llab-
quvvatlash burch sanalib, chunki bu muhtojlar qarindoshlik holatida bo‗lishgan va 
qabilaning mijozlari deb atalgan. Aynan qadimgi shahar polislarda xayriya va 
ta'minotni davlat tomonidan tartibga solish asoslari paydo bo‗lgan.
Chet ellik yoki tilanchilar Zevs xudosining qaramog‗ida deb hisoblangan. 
Bundan tashqari o‗z xudolari inson ko‗rinishida yerda kezib yuradi deb 
hisoblashgan. Shuning uchun kelgan mehmon xursandchilik bilan kutib olinib, qo‗l 
va oyoqlarini yuvishi uchun suv quyilgan, keyinchalik undan kimligi, qayerdanligi 
va nima uchun kelganligi so‗ralgan. Ketayotgan vaqtda unga yaxshi sovg‗alar 
berilgan. Gadoylarga ham achinish bilan munosabatda bo‗linib. Sadaqa, ba'zan 
oyoq kiyim va ust-boshlar berilgan, tantanalarga qatnashishga takliq etilgan.


23 
Nochorlarga yordam berish grek shahar polislarida muhim g‗amxo‗rliklardan biri 
sanalgan. Tez-tez mulksizlarga jihozlar va pul berilgan.
Qadimgi Gretsiyada kasallarni parvarishlash alohida ehtiborga jihat 
bo‗lgan.Shu davrda harbiy nogironlar oilasi bilan davlat hisobidan ta'minlash 
tadbirlari qabul qilingan. .
Demokratik 
tuzilmalar kambag‗allarga vasiylik asosidagi xayriya 
faoiyatining yangi, zaruriy, majburiy tizimini talab qildi. Shahar davlatlar 
murakkablashib, xayriya faoliyati va bu faoliyatning ob'ektini o‗zgartirdi.
Ijtimoiy yordamni tashkil etish muammosi qadimgi Rim davlat rahbarlari 
oldida turgan. Filantropik yo‗l bilan davlatda tartibni ta'minlashda Davlatda 
filantropik yo‗l bilan tartibni saqlashga uringan Avgust ijtimoiy lavozimdagi 
xodimlarni tashkil qilish, ularning vazifasi xalq o‗rtasida nonni taqsimlashda 
umumiy ishlarni tashkil qilish uchun javob berish edi. ; Klavdiy davrida 
yetimlarga vasiylik uchun javob beruvchi xodimlar paydo bo‗ldi. Shunday qilib, 
davlat filantropiyasi boshqarish, bo‗ysunish va nazorat qilish tizimi bilan dastlabki 
ijtimoiy tashkiliy xususiyatga ega bo‗ldi. O‗zaro yordam shakllari davlat 
ishtirokisiz paydo bo‗ldi. Masalan dafn qiluvchi o‗rtoqlar deb nomlangan 
jamiyatda, uning asosiy maqsadi o‗z a'zolarini tartibli dafn qilishdir.
Siyosiy arbob va yozuvchi Sitseron fikricha xariyaga nisbatan inson 
tabiatidagi boshqa yaxshi narsa yo‗qdir. Shunday qilib insonlar ongida fuqarolar va 
davlatga yo‗naltirilgan umumiy javobgarlik paydo bo‗ldi.
Qadimgi Rimda xayriya yordam, yetim va tashlab ketilgan bolalarga 
qarashga katta e'tibor berilgan. Bu yordam davlat darajasida amalga oshirilgan. 
Nerv va Trayan imperatorligi davrida yer ijarasi evaziga ssuda berish mavjud 
bo‗lgan. Olingan foyda bolalar, ayniqsa yetimlar tarbiyasiga yo‗naltirilgan.
Davlat xayriyasi bilan bir vaqtda munitsipal xayriya ham mavjud bo‗lgan. 
Mulkiy tengsizlikning o‗sishi, ozod hunarmand va yer eagalarining paydo bo‗lishi 
bilan faqatgina kambag‗al fuqarolar g‗azna hisobidan yashashiga olib keldi. Tit 
Liviya shundan dalolat beradiki, Rimning kambag‗al fuqarolari g‗azna hisobidan 


24 
yashashlari mumkin bo‗lgan. Rimlik harbiy nogirolarga yer maydonlari berilgan va 
ishlab chiqarilgan mahsulot ularning foydasi deb belgilangan.
Eramizgacha bo‗lgan 2-asrdan milodning 2-asrigacha bo‗lgan davrda rim 
xuquqi deb nomlangan qadimgi Rimning xuquqiy tizimi shakllandi. Bunda bir 
qator moddalar mavjud bo‗lib, bevosita va bilvosita ta'minot muammosiga tegishli 
edi: 

Farzandlikka olish-ikki shaklda –: o‗z bolasi bo‗lmaganda merosxo‗r 
olish uchun va oilaga qo‗shicha ish kuchi olish uchun farzandlikka olish. 

Vasiylik va vasiylik qilish –vasiylikka olinuvchi shaxs to‗g‗risida 
g‗amxo‗rlik qilishni aks ettirib, rim huquqi bo‗yicha ular hyech qanday mulkka va 
ularni mustaqil taqsimlash bo‗yicha imkoniyatga ega bo‗lmaganlar. 

Vasiylik va homiylik shakllari vasiylik ob'ektiga bog‗liq holda ajratilgan
:
- voyaga yetmaganlar to‗g‗risida vasiylik qilish; 
- ayollarga vasiylik qilish; 
- aqli zaiflarga vasiylik qilish; 
- isrofgarlarga vasiylik qilish. 
Shunday qilib qadimgi Gretsiya va Rimda filantropik faoliyatning 
rivojlanishi ham davlat, ham xususiy shaxslar tomonidan amalga oshirilib, har 
qanday xayrli ishlarning boshlanishini anglatgan, bunda pul va non berish, 
shuningdek bayram va tomoshalar o‗tkazish mumkin edi.
2. Xayriya faoliyatiga bag‗ishlangan ko‗pgina ishlarda xristianlik bilan 
xayriyaning paydo bo‗lishi o‗rtasidagi aloqalar o‗rganilgan.
Pastki qatlamga rahmdillik qilish va ularni qiynaydiganlarni muhokama 
qilish ma'lum darajada cherkovlarning ijtimoiy olimlari tomonidan amalga 
oshirilgan. Bu munosabatlardagi cherkov dasturi kambag‗allar foydasiga xayriya 
qilish talablaridan iborat edi. Nochorlikni yo‗qotish usullari to‗g‗risida o‗ylab 
ko‗rilmagan. Bu vaqtda kambag‗allarga boylar tomonidan ularni hayotini 
yengillashtirish zaruriyati ko‗rib chiqilgan. Shu tarzd sadaqa berishning ma'lum 
qoidalari shakllangan.: 


25 
1) ahamiyat faqatgina qo‗ldan qo‗lga o‗tadigan bevosita xayriya; 
2) saxovat sir saqlanishi kerak; 
3) tilanchilik sababi va holatisiz xayriya muhimdir; 
4) tilanchi unga yordam bergan shaxsning ismini bilishi va cherkovda uning 
uchun ibodat qilishi kerak bo‗lib, unga yordam qaytarishi majburiy emas.
Yomon ovqatlanish va tibbiy holatning achinarli ahvoldaligi, epidemiyalar 
jismoniy holatning buzilishi va aholining o‗lim darajasi yuqori bo‗lishiga sabab 
bo‗ladi. O‗rtacha hayot davri juda past va o‗ttiz yildan oshmaydi.
Moxov kasalligining tarqalishi natijasida kasallar uchun maxsus ajartilgan 
joylar, katolik cherkovi tomonidan yaratilgan joylar paydo bo‗ldi. 14-asr 
o‗rtalarida yevropaga yanada xavfli yuqumli kasalliklar kirib kelib, g‗arb dunyosi 
hayotini tahlikaga soldi. O‗lat epidemiyasi sanitar qonunchilik va shahar 
sanitariyasi paydo bo‗lishiga olib keldi.
Katolik xayriya amaliyoti mos diniy asoslarni tuzib, o‗z ichiga umumiy 
xristianlik tamoyillari, katolik postulatlarni oladi. U qutqarish konsepsiyasi bilan 
bog‗liq bo‗lib, kambag‗al, mulksizlar foydasiga turli ixtiyoriy yordamlarni 
takomillashtirishni ko‗zda tutadi. Katolik adabiyotlarda odatda ikki yo‗nalishdagi 
moddiy va axloqiy xususiyatdagi xayriya faoliyati ajratiladi.
Tana uchun xayriya ishlari deb nomlangan an'anaviy ro‗yxat quyidagilarni 
o‗z ichiga oladi: ochlarni to‗ydirish, chanqaganlarga suv berish, kiyimsizlarni 
kiyintirish, begonalarni o‗z uyiga qabul qilish, kasallarni ko‗rish. Bu ro‗yxat ruh 
uchun xayriya ishlarining yettitasi bilan to‗ldiriladi: gunohkorlarga e'tibor berish, 
marifatsizlarni o‗qitish, shubhalanganlarga maslahat berish, qiynalganlarni 
yupatish, qiyinchiliklarga chidash, chin yurakdan kechirim so‗rash, tirklar va 
o‗lganlar uchun duo qilish. Katolizmda xayriya nochorlarga rahmdillik va 
achinish, muhtojlarga moddiy va ma'naviy ko‗mak berishda namoyon bo‗ladi.
Xristianlik eng avvalo yetimlarga g‗amxo‗rlikni tavsiflaydi. Bu davrda 
yetimlar, nochorlar to‗g‗risida qayg‗urish katolik monastirlarida paydo bo‗ldi. Kim 
yordamga muhtoj bo‗lsa va uni so‗rab kelsa yordam ko‗rsatilgan. Ko‗pgina 
joylarda kambag‗al va bechoralar uchun kasalxonalar qurilgan.


26 
Protestantizm va xayriya.Protestantlikning paydo bo‗lishi bilan xayriya 
tushunchasi va xayriya faoliyati ma'lum ma'noda o‗zgardi. Xayriya va sadaqa 
berishga yondashuv katoliklardan farqlanadi.
Qutqarish to‗g‗risida katolik olimlari birinchi navbatda xudoga ishonishni 
aytib o‗tishgan. Protestantlar nochorlikning katolik g‗oyasiga qarshi chiqishgan. 
Bu ayniqsa kalvinizmda namoyon bo‗lib, olimlar fikricha har bir odam dunyo 
yaralgunga qadar qutqurilgan.
Masalan, M.Veber nochorlik va'dasi to‗g‗risida masala bo‗yicha gersog 
Kristofa Vyurteleberg fikrini keltiradi : «kim muhtojlikda bo‗lsa bu o‗z xulqidan 
kelib chiqqan, boshqa hyech narsa emas. Amma agar u muhtojlikda doimiy qolish 
to‗g‗risida aytgan bo‗lsa, doimiy kasal yoki doimo axmoqona fikrlardan 
foydalanadi»
7
.
Muhtoj insonga sadaqa berish asosiy maqsad emas, balki uning ruhini 
qutqarish, uni axloqiy yangilash, nomaqbul holatlarni bartaraf etishda ichki kuchni 
uyg‗otish bosh masaladir.
Protestantlik diniy shaklda dastlab ijtimoiy-sog‗lomlashtirish muammosi va 
xayriya va ijtimoiy xizmat qilishning psixoterapevtik vazifasini qo‗ydi. 
Protestantlik xayriya faoliyatining institutsionallashuvining boshlanishi 
bo‗lib, u o‗z yo‗nalishini yangi me'yoriy tuzilmalarga qaratib, ijtimoiy ish shakli 
vujudga keldi.
G‗arbda hozirda ham ko‗pgina xayriya tashkilotlari o‗z faoliyatini 
muhtojlarga tuzoq taklif qilish tamoyili asosida quradilar. Agar inson och bo‗lsa 
unga baliq berish juda oddiy, tuzoq berish va undan foydalanishga o‗rgatish o‗zini 
kelajakda ta'minlash imkonini beradi.
3. Islom, boshqa xalqaro dinlar kabi yuqori darajadagi axloqiy shaxsni 
shakllantirishga katta e'tibor beradi. Kuron va sunnatlarda insonning tug‗ilganidan 
vafot etgunga qadar bo‗lgan hayotini qamrab oluvchi turli axloqiy me'yorlar 
keltirilgan.
7
Вебер М. Протестант этикаси ва капитализм руҳи.//Танланган асарлар. – М., 1990. – С. 257. 


27 
Doimiy axloqiy takomillashuv har bir insonning majburiyatidir. Olloxga 
ishonish kabi bag‗rikeng va saxovatli bo‗lish har bir musulmondan shanuday 
sifatlarni talab qiladi. Bu haqda Quronda gap faqat murakkab vaziyatlarda 
qayg‗urish haqida emas, balki uni qo‗llab-quvvatlash va beg‗araz yordam berish 
haqida boradi. Payg‗ambar hikmatlarida musulmonning insoniy munosabatlardagi 
majburiti to‗g‗risida to‗xtalib o‗tilib, qiyin holatda bo‗lgan insonga yordam berish 
vazifasi qo‗yiladi.
Islom ta'limotlarida yetimlar to‗g‗risida qayg‗urilib, zakot uchun 
mo‗ljallangan mablag‗lardan ularga sarflash ko‗rsatiladi. (yordamga muhtoj 
musulmon foydasiga majburiy sadaqa yoki soliq). yetimning mulki dahlsiz bo‗ladi. 
Ularning mulkini olganlar Quron bo‗yicha do‗zax olovida kuyadilar. Bundan 
tashqari Quron bu vaqtgacha amalda bo‗lgan ortiqcha bolalarni o‗ldirishni 
ta'qiqlaydi.. «Bolalaringizni kambag‗allshishdan qo‗rqib o‗ldirmanglar.Biz siz va 
ular uchun harakat qilamai. Ularni o‗ldirish katta gunoh». 
Barcha katta yoshli mehnatga qobiliyatli musulmonlar Quronga ko‗ra zakot 
to‗lashlari shart bo‗lib, dastlab bu xayriya, keyinchalik muhtoj musulmonlar 
foydasiga soliqqa o‗zgardi. Bu boyliklardan isrof bilan foydalanishni oldini oladi. 
Zakot ma'lum minimumdan o‗tgan mulkdan to‗lanib, yerdan olingan 
mahsulotlardan 2.5%, oltin, kumush, qimmatbaho toshlar qazib olishdan 10%, 
dengiz mahsulotlaridan 20% to‗lanadi. Mazkur jamg‗armadan yordam olish 
huquqiga kambag‗allar, to‗lay olmaydigan qarzdorlar, urush
Zakot – har yillik o‗z mulkining ma'lum qismini muhtojlar foydasiga 
ixtiyoriy-majburiy berishdir. Qurbon hayiti kunida mulk yoki mablag‗ga ega har 
bir erkin musulmon qurbonlik keltirishi kerak (bir kishi uchun –bir qo‗y, 17 kishi 
uchun bir tuya yoki bitta yirik shoxli qoramol. Qurbonlik qilingan hayvonning 
barcha go‗shtlari muhtojlarga tarqatiladi.
Murakkab amaliyot shu yerda: go‗shtning uchdan bir qismi oila va 
mehmonlar uchun bayramga sarflanadi, qolganlari darhol muhtojlarga tarqatiladi. 
Teridan foydalanishda islomda shunday yozilgan: yoki uy xo‗jaligida foydalanish 
mumkin, kimgadir bepul berish mumkin, agar hyech kim olmasa sotib pulini 


28 
sadaqa qilish kerak. Agar qurbonlik qilishi shart bo‗lgan inson qandaydir sabab 
bilan uni bajarmasa u hayvon qiymatidagi pulni sadaqa qilish kerak.
Muhammad ta'limotlari muhtojlikni bartaraf etishga qaratilgan. U shunday 
deydi, agar muhtoj inson ish o‗rganishi zarur va hayotida o‗zi daromad qilib, 
muhtoj bo‗lmaydi. Sadaqa so‗rash gunoh hisoblanib, uni faqat olov bilan yuvish 
mumkin. 
Islom arkonlaridan tashqari sadaqani yuqorida ko‗rsatilganlardan tashqari 
qarz so‗raganlarga berish, aybsizlarni ozod qilish, kasal va vafot etayotgan 
shaxslarni ko‗rish, dafn marosimida yordam berish, mehmonlarga mehmondo‗stlik 
ko‗rsatish, musofirlarga yo‗lni ko‗rsatish ham zarurdir. Bularning barchasi axloqiy 
ehtiyojni takomillashtirib, xech qanday hisob-kitobsiz xayriyani rag‗batlantiradi. 
Xayriyani tarqatish uch shaklda bo‗ladi: 
a)xayriyaning yagonaviylik akti ; 
b) aybni yuvadigan harakat ko‗rsatmalarni o‗ngli buzganligi uchun jarima,; 
v) o‗z daromadlarining ma'lum qismini mulksizlarga berish. 
Sadaqani qabul qilish uni berishga imkoniyati bo‗lmagan shaxs tomonidan 
amalga oshiriladi.
4. Yordamning cherkov shakli xristianlikning dastlabki yillaridan Rusi 
davlatchiligi paydo bo‗lgunga qadar ikkita asosiy yo‗nalishda rivojlandi: 
monastirlar orqali yordam berish- yordamning monastrlik tizimi, qavm orqali 
yordam-yordamning daromad tizimi. 
Monastrlar xayriya faoliyatining markaziy o‗rnini egallaganlar. Monastrlar 
qandaydir bir yordam shakliga ixtisoslashmagan. Ular asosan to‗rtta vazifani 
bajargan: davolash; moddiy mahsulotlarni bir marta berish orqali mulksizlarga 
yordam ko‗rsatish, muhtojlarni hunarmandchilikka o‗qitish, nazorat qilish.
Boshqa yordam tizimi qavmlarda kuzatilgan. Monastr yordamidan farqi u 
yanada ochiqroq bo‗lgan. Unda butun jamoa, fuqarolar va cherkov hayoti aks 
etgan. Mazkur faoliyat faqatgina muhtojlarga yordam berish bilan cheklanib 
qolmasdan, ular turli xildagi ko‗mak moddiy yordamdan tarbiyalash va qayta 
tarbiyalashgacha bo‗lgan. Qavm shuningdek hududiy. Ma'muriy va soliq 


29 
birliklariga ega bo‗lgan. Deyarli har bir qavmda kambag‗allar uylari bo‗lgan. 
Qavmga xos xayriyaning muhim shakllariga cherkov g‗aznasidan ssuda, pul, non, 
urug‗ berishni keltirish mumkin. Qavmga xos xayriya monastirlik va fuqaroviy 
yordam tizimlari oralig‗idagi bo‗g‗in sanalgan. Monastrlardan farqli tarzda 
qavmlar ochiq tashkiliy tizimga ega edi. Xizmatchilar mustaqil tanlangan. Bundan 
tashqari jamoada oqsoqol saylanib, u iqtisodiydan ijtimoiygacha bo‗lgan 
vazifalarni bajargan..

5. Bag‗rikenglik, insonparvarlik g‗oyalari va xayriya amaliyoti qadimgi 
yahudiylarda ham mavjud bo‗lib, ularning diniy va tarixiy-madaniy yodgorligi 
bo‗lgan Vetha vasiyatlarida o‗z aksini topgan.
Qadimgi yahudiylarda yaqinlarga manaviy va moddiy yordam ko‗rsatish 
zaruriyati to‗g‗risidagi axloqiy me'yorlar mavjud bo‗lgan. Qisqacha yahudiy 
ensiklopediyasi mualliflarining tasdiqlashicha xayriya iudaizmning asosiy 
ko‗rsatmalaridan biri bo‗lgan. Vetxa vasiyatlari kambag‗allar foydasiga soliqqa 
tortishni nazarda tutuvchi bir qancha qonunlardan iborat.
Talmudda xayriya sdaka so‗zi bilan tushuntiriladi (so‗zma-so‗z tarjima 
qilinganda to‗g‗rilik yoki adolatlilik) . Kambag‗al yordam olish huquqiga, o‗ziga 
to‗q odam esa berish huquqiga ega bo‗lgan. Xayriya majburiyatidan hyech kim 
ozod qilinmagan: na eng boy, na eng qashshoq. Talmudda hattoki sadaqa olgan 
nochor ham sadaqa berishi kerak deb qayd etilgan. Bunda xayriya qoidalari batafsil 
keltirilgan : u bilan kim va qanday shaklda shug‗ullanishi kerak, kim undan 
foydalanish huquqiga ega, xayriya maqsadlaridagi yordamning qanday o‗lchovlari 
bor ko‗rsatilgan. Xayriyadan foydalanishda ayollar erkaklarga nisbatan ustunlikka 
ega. Qashshoq yaqinlarga begonalardan oldin yordam ko‗rsatilishi kerak. O‗z 
shahridagi kambag‗allarga boshqa shaharlardagidan oldini yordam berish kerak.
Iudaizm davomchilari maxsus xayriya kassasini tuzishgan. Kambag‗al 
holatlar mazkur kassada hisobga olingan. Kassa asirlarni chiqarish va nochor yosh 
oilalarni ta'minlash uchun xizmat qilgan. Shuningdek kambag‗allar uchun maxsus 
oshxonalar yaratilgan. Iudaizmda ijtimoiy yordamning quyidagi ko‗rinishlari 
8
Костина Е.Ю. Ижтимоий хизматлар тарихи. – Владивосток: Узоқ Шарқ университети наш, 2003. 


30 
tasdiqlangan: pul chiqarish xayriya kassasi orqali amalga oshirilgan; oziq-ovqat 
mahsulotlari, kiyimlar berilgan, dafn qilishda ko‗maklashilgan.
Xayriya maqsadlaridagi mablag‗lar turli manbalardan kelib tushgan: jamoa 
a'zolarining soliqlari, qurbonlik qilish, meros qoldirish, xayriya maqsadlarida 
berish, jarimalar, jamoa mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‗lovlari. 
Qadimgi yahudiylarda xayriyaning namoyon bo‗lish shakllaridan biri qarz 
majburiyatlarini bekor qilish amaliyotidir. Bu har buyuk yubiley yillarida 
takrorlangan (50 yilda bir marta). Yahudiy hukumatlari xalq o‗rtasida sadaqalarni 
to‗plash va taqsimlash uchun maxsus tadbirlarni qabul qilganlar.
Tadqiqotchilar insonning xayriya faoliyatini takomillashtiradigan asosiy 
motivlarni 
ajratadilar. 
Ijtimoiy 
faoliyatning 
axloqiy 
tomonini 
izlashga 
yo‗naltirilgan ilmiy ishlar xayriyaning diniy, vatanparvarlik va madaniy-estetik 
sabablarini ko‗rsatadi. Ular axloqlilik diniy e'tiqodda bo‗lishi mumkin deb 
hisoblaydilar. Mashhur rus faylasufi Bulgakov S.N. yozadi: «…axloqlilik dinga 
asoslanadi. 
Insondagi 
ichki 
kuch 
yaxshilik 
va 
yomonlikni 
ajratishni 
takomillashtiradi.». 
Nimaga inson o‗z vaqti, o‗z mablag‗ini qurbon qilishi, o‗z hayotini 
boshqalar xursandchiligiga sarflashi kerak.? Boshqalarga yordam berish asosida 
rahmdillik va altruzm turadi.
Altruizm – bu boshqa shaxslarga beg‗araz xizmat qilish, ular uchun shaxsiy 
manfaatlarini qurbon qilishga tayyorlik, axloqiy tamoyil, xudbinlikning aksidir. 
Altruizm –o‗ziga nisbatan boshqalarning farovonligidan manfaatdorlikdir. 
Altruizm – (fr. altruisme ot lat. alter — boshqa) — beharaz harakatni 
tavsiflaydigan axloqiy tamoyildir.
9
.
Altruzm atamasi O.Kont tomonidan kiritilgan (fr. «vivre pour autrui» – 
«boshqalar uchun yashamoq»), jamiyat ijobiy ta'siri ostida insonparvar qadriyatlar 
rivojlanadi. Bu axloqiy tamoyil o‗z farovonligiga nisbatan boshqalar farovonligi 
uchun xizmat qilishni anglatadi. Altruzm tamoyili beg‗araz yordamning universal 
9
Фалсафа: Энциклопедик луғат. – М.: Гардарики. А.А. Ивин таҳрири остида. 2004. 


31 
shaklidir. Altruist hyech narsa evaziga ixtiryoy yordam beradi va uning uchun 
hyech nima kutmaydi.
O.Kont individ va urug‗ni birlashtiruvchi hayvonlarga xos instint altruizmini 
ajratib ko‗rsatadi. Haqiqatdan ham ma'lum altrustik axloqning namoyon bo‗lishini 
hayvonlarda ham kuzatishimiz mumkin. Kalamushda o‗tkazilgan tajriba shuni 
ko‗rsatdiki, ehtiyojlarni qondirish uchun ulardan bittasi yoki navbat bilan 
birlashtirish mumkin. 
Ikkinchidan Kant barcha insonlarni birlashtiruvchi, yakunda spontan 
xususiyatga o‗zgaruvchi alturizmni ajratadi. Alturizm muammosiga biologik 
yondashuv G.Spenser asarlarida o‗z aksini topib, alturizm tabiiy evolyusiya 
jarayonida paydo bo‗luvchi adaptiv xususiyat sifatida alturizm ko‗rib chiqiladi.; 
Z.Freydning psixotahliliy konsepsiyasida altruistik xoxish qarama-qarshi 
yo‗nalgan birlamchi egoizm asabiy tovoni bo‗ladi deb hisoblangan.;
F.G.Dobrjansk genetikasida altrustik hissiyot individda genetik dasturlashtirilgan 
bo‗lib, borliq uchun kurash shakllarida aks etadi.;

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin