O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


См.  https://slovari.yandex.ru/  Малый энциклопедический словарь Брокгауза ва Ефрона кичик энциклопедик  луғати/



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

5
См. 
https://slovari.yandex.ru/
 Малый энциклопедический словарь Брокгауза ва Ефрона кичик энциклопедик 
луғатиЗамонавий орфографияда. - Петербург: Ф.А. Брокгауз - И.А. Ефрон, 1907-1909. 


16 
ularga g‗amxo‗rlik qilish qonun bilan belgilangan. (tug‗ilgan joyi va kelish 
muddati).
17-18-asrlarda uy xodimlari vositasida g‗amxo‗rlik qilish keng qo‗llanilib, 
ular majburiy ishlarni bajarish uchun shasxlarga yordam berishgan. 19-asrning 
ikkinchi yarmida bu tizim o‗z maqsadlariga erishmagan deb topilib, mehnat 
yordami tushunchasi chiqarib tashlangan. Rossiyada xususiy g‗amxo‗rlik qilish 
alohida xayriya tashkilotlari, shaxslar va muassasalar tomonidan amalga 
oshirilgan.
3. O„zbekistonda ijtimoiy yordamning asosiy shakllari..Insonni himoya 
qilishning amaliyoti yordam va o‗zaro yordamning ma'lum shakllarida o‗z aksini 
topgan bo‗lib, uning asosiylari quyidagilar: turli diniy tushunchalar bilan bog‗liq 
ibodatlar; oila, keluvchilar, xo‗jalik doirasidagi. 
Ijtimoiy yordamning dastlabki namoyon bo‗lishi tabiiyki yordamga muhtoj 
shaxsga g‗amxo‗rlik qilish istagining paydo bo‗lishidir. Uning asosiy shakllari 
umumiy, shuningdek xo‗jalik yordami, jins, oila, jamiyat doirasidagi o‗zaro 
yordam va himoyadir. Bunday tashkilotlarda turli an'analar doirasidagi a'zolarning 
o‗zaro aloqasi namoyon bo‗ladi.
Muhtojlarga moddiy yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilgan xayriya an'analari 
ularga ixtiyoriy va beg‗araz pul, mulk, xizmatlar berishda aks etadi. Asosiy motiv 
ham diniy. Ham ruhiy sabablarga ko‗ra xayriya faoliyatini takomillshatirish bo‗lib, 
insonparvarlik g‗oyalaridan boshqa shaxslarning farovonligi ta'minlanishiga olib 
keldi. Shuni qayd etish kerakki, bu tashqi majburlash emas, balki ixtiyoriy va ongli 
harakat sanaladi.
Ijtimoiy tadbirlar tizimi to‗g‗risda muhokama qilish imkonini beruvchi 
dastlabki yozma manbalar zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodir. Unda 
davlat ijtimoiy siyosati va tuzilishi to‗g‗risida ma'lumotlar keltirilgan. Xayriya 
manzilli yordam ko‗rsatish usuli sifatida oddiy fuqarolar uchun an'anaviy axloq 
qoidasi bo‗lgan, ruhoniylar va diniy tashkilotlar vakillari xayriya faoliyatini 
amalga oshirish, yordam, ko‗mak ko‗rsatish kabi ijtimoiy ish vazifalarini 
bajarganlar. Hukumat, badavlat shaxslar, ibodatxonalar xayriya tushliklarini tashkil 


17 
qilishgan va muhtoj va kambag‗allarga tarqatishgan. Jamoada muhtoj oilalarga 
moddiy yordam umumiy jamoa fondi hisobidan ko‗rsatilgan. 
Jamiyatdagi ijtimoiy yordam mexanizmining xususiyati har bir inson himoya 
ostida bo‗lishi kerakligiga asoslangandir. Bu tuzilma o‗z ichiga oila va jamiyat 
tarkibiga kiruvchi a'zolarni qo‗llab-quvvatlashni oladi. O‗zyuekiston hududidagi 
qadimgi jamiyatlar bunday muammolarning katta qismini tarbiya, ishga 
joylashtirish bilan hal qilishgan va shaxs. Oila, guruh darajasidagi ijtimoiy yordam 
ko‗rsatish jamoa diqqat markazida bo‗lgan.
Qadimda jamiyat a'zolariga yordam va ko‗mak ko‗rsatishning shakllaridan 
biri hashar- beg‗araz va ixtiyoriy yordam bo‗lib, uy, ko‗prik, to‗g‗on, kanal 
qurilishida ishtirok etish sanalgan. Bunday ko‗ngilli yordam odamlar o‗rtasidagi 
ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlab, katta hajmdagi ishlarni bajarishda 
qo‗shimcha ish kuchini talab qilgan hollarda amalga oshirilgan. Qayd etish 
kerakki, bu qadimiy odat hozirgacha saqlanib qolgan. 
O‗rta Osiyo tarixining islom davri ijtimoiy hayotda diniy tashkilotlar 
ishtiroki bilan davom etdi va o‗ziga xos ahamiyatga ega bo‗ldi. Davlat boshqaruvi 
shakli bunda yetakchi bo‗lsada, islom ibodatxonalari ahamiyati ham katta edi. Bu 
davlat darajasida muhtoj fuqarolarga ijtimoiy ko‗makni amalga oshirishda islom 
ta'sirini belgilab berdi.
Muhtoj insonlarga ijtimoiy yordam ko‗rsatish shakllari kengayib, jamiyat 
ham yangi turdagi madaniy qadriyatlarga ehtiyoj sezdi. Ijtimoiy yordam va ko‗mak 
vazifalari masjidlarda, shuningdek umumiy-diniy hamjamiyatlarda amalga 
oshirildi. Ijtimoiy yordam shakllari individual va kollektiv shakllarda bo‗ladi. 
Yordamning eng keng tarqalgan individual shakli har bir musulmon uchun asosiy 
islom arkonlaridan sanalgan ehson (zakot) berishdir.
Zakot so‗zi sadaqa ma'nosini anglatib, ixtiyoriy tarzda kambag‗allarga 
beriladigan yordamni anglatadi. Zakot aholining kambag‗al qatlami ehtiyojlari 
uchun berilishi kerak. Zakotdan tashqari fitr sadaqasi ham bo‗lib, ro‗za oyida yoki 
u tugaganidan so‗ng beriladi. Fitr sadaqasi o‗z mulkiga ega, qarzi mavjud 


18 
bo‗lmagan har bir musulmon uchun farzdir. Bunda kam ta'minlangan fuqarolarning 
manzilli ijtimoiy himoyasi namoyon bo‗ladi.
Mamlakat ijtimoiy madaniy tizimida yana savob va himmat tushunchalari 
ham bo‗lib, u ijtimoiy yordamning o‗ziga xos vositasidir.Uning mohiyati shundan 
iboratki, u odatda sirli tarzda beg‗araz yordam berishni anglatadi. Umumiy 
yordamning jamoaviy shakllariga qurbonlik qilish, tibbiy yordam, maxsus bepul 
kasalxonalarni tashkil qilish kiradi. 
Mazkur bosqichda jamiyat sub'ektlarini qo‗llab-quvvatlash mexanizmi 
paydo bo‗lib, turli holatlar natijasida shaxslar hayot faoliyati uchun teng 
imkoniyatlar bo‗lmasligi mumkin. Ammo individual yordam amaliyoti bilan 
birgalikda o‗zaro yordamning shakllari ham paydo bo‗ldi. Ular faqatgina 
individual himoya shakllari bilan emas, balki oila, qo‗shnilarga ko‗rsatiladigan 
jamoaviy xususiyatga ham ega edi.
Ijtimoiy himoyaning jumoat institutlarining a'zolari ba'zan juda manfaatli 
tomon sanalishgan. Bu shakl takomillashib xayriya faoliyati bilan shug‗ullanuvchi 
tashkilotlarga aylangan. Masalan bolalar o‗z ota-onalarini keksaygan paytida 
hurmat qilishlari va ta'minlashlari kerak, ota-onalar qizlarini vaqtida turmushga 
berishlari kerak. A'zolar baxtsiz hodisa yoki tartibsizliklar natijasida undan moddiy 
yordam olishlari mumkin.
O‗zbekistonda ijtimoiy xizmat o‗zida uzoq tarixga, madaniy-tarixiy 
o‗zgarishlarga ega jarayonni aks ettiradi. Ijtimoiy xizmat filantropiya, xayriya va 
shunga o‗xshash faoliyatlardan faqatgina muammolarni hal qilishda yordam berish 
bilan emas, balki qiyinchiliklarni bartaraf qilish va o‗z-o‗ziga yordam berish 
ko‗nikmalarini rivojlantirishi bilan ham farq qiladi. Bu aytish mumkinki, turli 
hayotiy muammoli holatlarda insonning o‗z muammolarini faol yechishga 
o‗rgatishdir.
Sharq taraqqiyot o‗choqlaridan biri bo‗lib, doimo o‗ziga xos, takrorlanmas 
madaniyatga ega bo‗lgan. Bunday asosiy madaniyat dominatlariga ko‗pgina sharq 
mamlakatlari va xalqlari uchun xos bo‗lgan an'analar va fikrlashning qonuniy 


19 
uslublari, kirib, sotsiologiyada an'anaviy jamiyat deb ataladi. Bunda avloddan 
avlodga o‗tib keluvchi odatlar,me'yorlarga qattiq rioya qilinadi. 
Turli 
darajadagi 
individual 
va 
ommaviy 
bilimlarning 
muhim 
xususiyatlaridan biri kattalarni hurmat qilishdir. Sharqdagi mazkur xususiyat 
O‗zbekistonda ham saqlangan va ma'naviy-axloqiy darajaga ega. Oilada va 
jamoada katta kishi gapirganda barcha quloq solib, undan baland ovozda 
gapirmaydi. Jamoaviylik doimo sharq madaniyatining barcha darajalari uchun xos 
bo‗lgan: maishiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy. Qadimgi vaqtlardan tarbiya umumiy 
psixologiya asosida amalga oshirilib, har bir shaxs biz tushunchasining bir bo‗lagi 
sifatida ko‗rilgan.
Mustaqillik qo‗lga kiritilgandan so‗ng demokratik huquq va erkinliklar asrlar 
osha yig‗ilgan axloqiy, ruhiy va ma'naviy qadriyatlar bilan rivojlanmoqd.
O‗zbekistonda mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarish organiga mahalla-qo‗shnilar 
jamoasi kiradi. O‗zbek mahallalari ming yillik tarixga ega va muhtojlarga ijtimoiy 
yordam berishning tayanchi sanaladi. Bu yerda oilaviy-maishiy odat va an'analar 
saqlanadi va avloddan avlodga o‗tadi, bevalar va ularning farzandlariga ma'naviy 
va moddiy ko‗mak beriladi, yetim bolalar tarbiyasiga katta e'tibor qaratiladi. 
4. O‘zbekiston va xorijda ijtimoiy ish tarixini davrlashtirish. Ijtimoiy ish 
tarixini davrlashtirishning asosiy muammolari umumiy yordam amaliyoti, 
tushunchalarning o‗zgarish dinamikasi, tarixiy makon xususiyatlari, tarixiy 
bilimning xususiyati belgilash bilan bog‗liq. Jamiyatning bir qatlamining boshqa 
qatlamga yordam va ko‗mak berishining turli modellari asosidagi jarayoni –bu 
madaniy tarixiy jamiyatdagi o‗zaro yordam jarayonini aks ettiradi. Yordam va 
o‗zaro ko‗makning har bir bosqichi sub'ekt va ob'ekt, qo‗llab-quvvatlash 
institutlari, yordam g‗oyasi o‗zgarishi bilan bog‗liq.
Tadqiqotchilar xorijda ijtimoiy ish tarixini besh davrga ajratishadi
6


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin