20
II. Filantropik davr (taxminan milodning 5-asrigacha.).
III. Jamoaviy xayriya davri (jamoaviy, cherkov) (16-asr boshigacha.).
IV. Davlat yordami davri (X1X-XX asrlar.).
V. Ijtimoiy ish davri (hozirgi kunda davom etyapti).
O‗zbekistonda ijtimoiy ish tarixini davrlashtirish o‗ziga xso xususiyatga ega
va quyidagicha bo‗ladi:
(islomgacha bo‗lgan davr VIII asrgacha)
Umumiy xayriya davri (jamoaviy, diniy) ( VIII asrgacha.). O‗rta
Osiyo
hududida yordam va o‗zaro ko‗makning qabilaviy va jamoa shakli zardushtiylik
davrida vujudga keldi. Ijtimoiy yordam qadimgi Muvorounnahrda mavjud edi.
Diniy-davlat xayriya davri (XIV-XX asr.). Diniy xayriyana ega aholiga
ijtimoiy yordam berishning davlat tizimi bilan xarakterlanadi.
Yordamning eng
keng tarqalgan shakli xayr-ehsondir. Xayriyaning davlat tizimi Timur boshqaruvi
yillarida shakllandi.
Ijtimoiy rejalashtirish davri (1917-1991). Ijtimoiy ta'minot tizimining
isloh qilinishi. Xususiy va umumiy xayriya shakllarini o‗z ichiga oladi.
Ijtimoiy
ta'minot vazirligi pensiya ta'minoti, nogironlar, yolg‗iz va ko‗p bolali oilalar, ota-
onasiz bolalarni qo‗llab-quvvatlashni amalga oshiradi. Bu davrda mamlakatda na
tekinxo‗r, na tilanchilar bo‗lmagan.
Ijtimoiy ish institutining shakllanish davri ( 1990- yy dan.). Ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalarning o‗zgarishi,
narxlarning erkinlashtirilishi, ishsizlik ijtimoiy
muammolarga olib keldi. Qisqa muddatli dasturlar paydo bo‗ldi: kam ta'minlarga
pul, ijtimoiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha. Muhtojlarga
yordam berish tizimi
shakllanyapti. Shuning uchun bu muammo bizda va xorijda qanday hal
qilinayotganini o‗rganish muhimdir.
Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishini uch bosqichga bo‗lish mumkin.
Birinchi bosqich ijtimoiy ishning kasb sifatida paydo bo‗lishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchisi 20-asrda shimoliy Amerika va yevropada
ijtimoiy ishning ijtimoiy
institut sifatida o‗zgarishidir. Uchinchi bosqich ijtimoiy ishning butun dunyoda
qo‗llanilish bilan bog‗liq.