O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

SUBJECTS OF ABSTRACTS 
344 
DICTIONARY OF MAIN TERMS 
348 
LIST OF RECOMMENDED LITERATURE 
355 
 
 



KIRISh 
 
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‗lga kiritgandan so‗ng, ijtimoiy 
ishni kasbiy shakllantirish va rivojlantirish uchun sharoit tug‗ildi. Ko‗pgina 
mamlakatlarda ijtimoiy ish mustaqil faoliyat sifatida o‗tgan asrning boshlarida 
paydo bo‗ldi va uning oxiriga kelib, bir qator natijalarga erishdi. Uning rivojlanishi 
amaliyotdan nazariyaga, turli mamlakatlarda saxovat, ijtimoiy yordam va qo‗llab-
quvvatlash hodisalarining paydo bo‗lishidan nazariya va amaliyotning hamda 
ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat turi sifatida paydo bo‗lishi va rivojlanishiga olib 
keldi.
Ijtimoiy ish – jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamdigan zarur kasbiy 
faoliyat bo‗lib, u hozirda davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga va aholining 
zaif guruhlari bilan bog‗liq ijtimoiy ish sifati hamda qulayligini oshirishga 
qaratilgan.
Odatda davlat yordamga muhtoj aholiga ko‗maklashishda iqtisodiy, siyosiy, 
huquqiy, madaniy va boshqa institutlar orqali, ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo‗llab-
quvvatlash orqali amalga oshiradi. Lekin, faoliyatning alohida turi mavjud bo‗lib, 
bu ijtimoiy ishdir.
Ijtimoiy ish bir vaqtning o‗zida ijtimoiy institut, kasbiy faoliyat shakli, 
ijtimoiy amaliyot, nazariy bilimlar sintezi va mustaqil o‗quv fani bo‗la oladi. 
Ijtimoiy ish nazariyasining diqqat markazida ijtimoiy ishchilar faoliyati turadi. 
Ushbu faoliyat samarali bo‗lishi uchun ijtimoiy ishchi insonlarga xos muammolar 
bilan to‗qnashganda, ularni hal qilish usullarini bilishi kerak. Ijtimoiy ishchi 
ijtimoiy ish nazariyasining asoslarini chuqur egallagan bo‗lib, uning predmeti va 
ob'ekti, tamoyillari va usullarini aniq farqlay oladi. Unga maxsus, kasbiy va 
ma'naviy-axloqiy, ya'ni ilmiy bilim hamda amaliy ko‗nikmalar, rahmdillik, 
hamdardlik, mas'uliyatlilik, bag‗rikenglik va insonparvarlik, fuqarolik va ijtimoiy 
adolat tuyg‗usi kabi sifatlar xosdir. 
Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi rivojlangan demokratik, farovon 


10 
davlatlar qatoridan o‗rin egallash, xalqning hayoti uchun maqbul sharoitlarni 
ta'minlash vazifalarini qo‗yadi
1
.
Bugungi kunda O‗zbekiston jamiyatida dolzarb va muhim ahamiyatga ega 
muammolardan biri samarali ijtimoiy himoya va aholining turli qatlamlarini 
qo‗llab-quvvatlash masalasidir. Buni muvaffaqiyatli hal etish uchun faoliyatning 
turli sohalaridagi mutaxasislar, jumladan ijtimoiy masalalarning turli nazariyalari 
hamda hal qilish usullarini egallagan professional ijtimoiy ishchilar kuchlarini 
birlashtirish zarur.
O‗quv qo‗llanmaning asosiy vazifalaridan biri jahon sivilizatsiya makonida 
ishlab chiqilgan aholi zaif qatlamlarini qo‗llab-quvvatlash va himoya qilishning 
tarixiy amaliyotiga bir butun, maqsadli, tanqidiy va muhim munosabatlarni 
shakllantirish, ko‗rib chiqish, O‗zbekistonnning tarixiy xususiyatlari va ijtimoiy-
iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy muammolarni hal qilishda 
o‗z yo‗nalishini ishlab chiqish uchun ijtimoiy masalalarni hal qilishning xorij 
nazariyasi va amaliyotini o‗rganib chiqishdir.
Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi bilan tanishish faqatgina uning paydo 
bo‗lishining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari to‗g‗risida tushunchaga ega 
bo‗lish, amaliy ijtimoiy ishning ilmiy maktablari va nazariy modellari to‗g‗risida 
bilish imkonini beribgina qolmay, talablar, oila va bolalarni ijtimoiy himoyalash 
tizmi xodimlarining bu faoliyat sohasidagi tasavvurlarini kengaytirish, ijtimoiy 
ishning mahalliy amaliyoti kelgusi rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkonini ham 
beradi. Qo‗llanma ikkita bo‗limdan iborat: «Ijtimoiy ish tarixi» va «Ijtimoiy ish 
nazariyasi».
Birinchi bo‗limda ijtimoiy ishning kasb sifatida paydo bo‗lishining siyosiy 
va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, ijtimoiy ish ilmiy maktablari va nazariy 
modellarining rivojlanishi, ijtimoiy soha xodimlarini tayyorlash xususiyatlari, turli 
mamlakatlarda aholini ijtimoiy muhofaza qilish modellari ko‗rib chiqiladi.
1
Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilishni izchil davom ettirish – rivojlanishimizning hal qiluvchi omili. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18 yilligiga bag‗ishlangan tantanalai marosimdagi ma'ruzasi. 
07.12.2010 // O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati rasmiy sayti: http:/www..press-service..uz. 12. 
12. 2010. 


11 
Ikkinchi bo‗limda ijtimoiy ish nazariyasi va usullari tahlil qilinib, aholi 
qatlamlari bilan bog‗liq ijtimoiy ish tajribasi ko‗rsatilib, oila va bolalar, yoshi katta 
va nogiron shaxslarga xizmatlar ko‗rsatuvchi muassasalalar batafsil ko‗rib o‗tilgan.
Asosiy diqqat ijtimoiy xodimlarning kasbiy layoqatliligini shakllantirish, uning 
axloqiga etik me'yorlar masalalariga qaratilgan.
Jahonda ijtimoiy ishda ulkan tajriba to‗plangan. Mahalliy tajriba ham juda 
kattadir. Ammo mamlakatdagi bugungi kundagi ijtimoiy holatning o‗zgarishi 
ijtimoiy ish konsepsiyasini asoslash va uni amaliyotga joriy qilishni talab etmoqda. 
Hayotning o‗zi ijtimoiy texnologiyalarni, ijtimoiy ishni tashkil etish va amalga 
oshirishda tushunarli va aniq usullarni ishlab chiqishni talab qilmoqda. Jahon 
tajribasi shundan dalolat beradiki, ko‗pgina mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar 
faoliyatini hisobga olmasdan ijtimoiy taraqqiyot dasturlari, davlatning ijtimoiy 
siyosatini qabul qilinmaydi. Ko‗pgina odamlar ularning o‗zlari, oila a'zolari, 
do‗stlari hal qila olmaydigan muammolar bilan to‗qnash keladilar. Buning uchun 
maxsus ijtimoiy xodimlar talab qilinadi.
Ijtimoiy 
xizmat 
psixologlar, 
shifokorlar, 
sotsiologlar, 
pedagoglar, 
huquqshunoslar, faylasuflar, shuningdek boshqa soha vakillarining kuchlarini 
birlashtirishni talab qiladi. Shunday qilib ruhshunoslar bu tadqiqotlarda inson 
shaxsi muammosi, pedagoglar- ularni tarbiyalash masalasi, sotsiologlar- ijtimoiy 
tuzilmalar muammolari, huquqshunoslar – kasbiy yordamning huquqiy bazasi
faylasuflar- uning eng umumiy muammolaridan manfaatdordirlar
2
. Boshqacha 
aytganda u kompleks muammolarni hal qilishda turli fan vakillarining 
hamkorligini nazarda tutuvchi fanlararo tadqiqot natijasi bo‗ladi.
Mazkur kitob ―Ijtimoiy ish‖ (Oila va bolalar bilan ishlash) ta'lim yo‗nalishi 
oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ―Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi‖ o‗quv 
fani bo‗yicha davlat ta'lim standartlariga muvofiq keladi. Talabalar, o‗qituvchilar 
va ijtimoiy ish xodimlarining amaliy faoliyatida foydalanishga mo‗ljallangan.
 
2
Агапов Е.П. Ижтимоий хизмат маданий ҳодиса сифатида. – Ростов-на-Дону: нашриѐт Ростов давлат 
педагогика университети, 1999. – С. 104. 


12 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin