259
ketgandan so‗ng yangi ish izlaydi, boshqalar vaqtinchalik, mavsumiy ishlarni
yo‗qotadi, ma'lum bir toifa (yoshlar) birinchi marat ish izlaydi. Bu toifadagi
shaxslarning bir qismi ishga kiradi, ba'zilari ish izlashda davom etadi. Shu vaqtda
yuqorida keltirilgan sabablarga ko‗ra yangi ishchilarning bo‗shatilishi sodir
bo‗ladi. Mehnat bozori ishchilar soni va ish o‗rinlari mos kelmasligi natijasida
qiyinchilik bilan ishlaydi.
Friksion ishsizlik albatta yuz beradigan va ixtiyoriy ishsizlik sanalib,
insonning o‗zining xoxishi bilan ishdan ketishi natijasida yuz beradi va ko‗pgina
xodimlar kam haq to‗lanadigan va mazmunsiz ishdan ko‗p haq to‗lanadigan va
sermazmun ishga o‗tadilar. Tuzilmaviy ishsizlik ba'zan tarkibiy ishsizlik deb
nomlanadi. Uning mohiyati shundan iboratki iste'mol talabi va texnologiyalar
tarkibidagi o‗zgarish bo‗lganda mehnatga umumiy talab ham o‗zgaradi. Mehnat
taklifi kelgusida insonning psixologik tarzi barqarorligi natijasida mehnat
bozorining harakatsiz qismi bo‗lib, o‗zgarayotgan mehnat talabining sifat
ko‗rsatkichlariga mos kelmaydi. Oldin band bo‗lgan ishchilarni qayta tayyorlash
va yangi xodimlarni tezkorlik bilan tayyorlash imkonining yo‗qligi sababli turli
sohalardagi mehnat taklifi va talabida muvozanat buziladi. Tarkibiy ishsizlik uzoq
va xoxishsiz davom etadi.
Dostları ilə paylaş: