271
Sog‘lom turmush tarzi – jamiyatda inson hayot faoliyati tizimini o‗ngli
tashkil etish bo‗yicha tadbirlar majmuasi.
Invariant (tizim nazariyasida) – barcha ichki va tashqi o‗zgarishlarda o‗z
tizimining tengligini ta'minlaydigan tuzilmaning barqaror qismi.
Interaksiya – boshqa shaxslar va o‗zini o‗zgartiruvchi ramzlar, g‗oyalar va
muhim ahamiyatli narsalarni o‗zgarishi, hamkorlar bilan o‗zaro munosabatlarga
mo‗ljallangan dinamik izchillik. (Ch.Kuli, D.Mid).
Intervensiya ijtimoiy ish nazariyasida) –
kasbiy faoliyat doirasidagi
o‗zgarishlar va ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish bilan bog‗liq ijtimoiy
muammolarni hal qilish jarayonida mutaxassislarning aralashuvi.
Ijtimoiy ish mutaxassislari – ijtimoiy ish organlari va tashkilotlarida
lavozim vazifalarini bajaruvchi, mos huquq. Vakolat va javobgarlikka ega insonlar.
Ijtimoiy ish mijozi – ijtimoiy ishga turli ijtimoiy
muammolarni hal qilish
bo‗yicha yordam so‗rab murojaat qilgan va bu yordamni oladigan individ yoki
ijtimoiy guruh.
Muomala layoqati – insonlar bilan ijtimoiy munosabatlarni samarali
o‗rnatish va rivojlantirishga imkon beruvchi shaxsiy va kasbiy sifatlar majmuasi..
Amaliy faoliyat uslubi – maqsadga erishishning qisqa yo‗li, ijtimoiy
faoliyatni o‗zgartirish usuli.
Nazariy faoliyat uslubi – bilishning ma'lum yo‗lini tashkil qilish shakli
yoki ma'lumotlarni to‗plash, qayta ishlash, tahlil qilish usuli.
Motiv – uning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‗liq
u yoki bu faoliyatga
insonning ichki qo‗zg‗alishi.
Me'yorlar – maqsadga erishish uchun foydalaniladigan harakat usuli,
vositalari, ijtimoiy qoidalar. (P.Shtompka).
Dostları ilə paylaş: