O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Refleksiya – o‗zini anglash faoliyati, o‗z shaxsiy holatini aks jettiruvchi  ruhiy xususiyat Xatar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Refleksiya – o‗zini anglash faoliyati, o‗z shaxsiy holatini aks jettiruvchi 
ruhiy xususiyat
Xatar – muvaffaqiyat va omadsizlik ehtimoli mavjud bo‗lganda muqarrar 
tanlash holatida noaniqlikni bartaraf etish bilan bog‗liq inson faoliyati.
Ijtimoiylashuv – jamiyat madaniyatini o‗zlashtirish va qabul qilish 
jarayonida butun hayoti davomida insonni rivojlanishi va o‗zini namoyon qilishi.


273 
Ijtimoiy faoliyat – boshqa shaxs yoki tabiat bilan o‗zaro munosabatlarni 
amalga oshiruvchi shaxsiy yoki ijtimoiy jamiyatdagi maqsadli o‗zgarish va 
yangilanishlar.
Ijtimoiy hayot – ijtimoiy sohaning dinamik jihati, uning sub'ektlarini 
yaratish va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish sohasi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish – hayotning yaxshi sharoitlarini ta'minlash, 
ehtiyojlarni qondirish, shaxs va ijtimoiy guruhlarning hayot ta'minoti va faoliyat 
yuritishini saqlab turish bo‗yicha davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlari 
yig‗indisi, shuningdek fuqarolar hayotiga xavf tug‗diruvchi vaziyatlarni bartaraf 
etishga qaratilgan tadbirlar yig‗indisi.
Ijtimoiy infratuzilma – insonning ehtiyojlarini qondirish uchun sharoit 
yaratuvchi ijtimoiy faoliyatning tarmoqlari va shakllari yig‗indisi.
Ijtimoiy aloqa – jamiyatdagi axborot almashishining ikki tomonlama 
jarayoni va jamiyatdagi harakat usuli.
Ijtimoiy ko‘mak – ayotiy qiyin holatlarda vaqtinchalik ko‗rsatiluvchi 
mehnatga layoqatli, aholining faol guruhlarini ijtimoiy himoyalash shakli.
Ijtimoiy siyosat – barcha ijtimoiy guruhlar hayot darajasini oshirish 
maqsadida uni takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlarini belgilash va ijtimoiy 
sohani rivojlanishini boshqarish bo‗yicha davlat va jamiyatning faoliyati.
Ijtimoiy yordam – o‗z hayotiy qiyinchiliklarini mustaqil bartaraf etish 
imkoniyatiga ega bo‗lmagan kam daromadga ega, mehnatga layoqatsiz aholi 
guruhlarini ijtimoiy himoyalash shakli.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin