O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 282,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.03.2022
ölçüsü282,42 Kb.
#53752
  1   2   3   4
BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

 

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI  

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI  

 

 

IQTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM  

(II-MUTAXASSISLIK) 

 

 

 

 “IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA)” 

ta’lim yo’nalishi  2-kurs  (o’zbek) talabasi 

 

OLTIBOYEV O’TKIR MIRZAAHMADOVICHНИНГ 

 

Raqamli iqtisodiyot fanidan  



 

REFERAT  

 

RO’YXATGA OLINDI  №__________ 

 

 

 

 

Manzil: _________________________ 

Тelefon: _______________________ 

Electron manzil:_______________ 

 

 



 

Тошкент-2021 


BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI 

Oʻzbekiston oʻz oldiga kuchli demokratik, ilgʻor rivojlangan davlatlar safidan 

mustahkam oʻrin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati 

qatoriga  kirish  —  bosh  vazifa.  Bu  boradagi  islohotlar  esa  xalqimizga  munosib 

sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti. Eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, 

keyingi yillarda Oʻzbekistonning shaxdam odimlari xalqaro hamjamiyat tomonidan 

eʼtirof etilmoqda. Xususan, nufuzli “The Economist” jurnali dunyoning ikki yuzga 

yaqin  davlatlari  orasidan  Oʻzbekistonni  “Yil  mamlakati”,  deb  topgani  fikrimiz 

tasdigʻidir.  Yaʼni  ushbu  nashr  Oʻzbekistonni  2019-yili  dunyoda  eng  koʻp  yaxshi 

tarafga  oʻzgargan  mamlakat,  deb  topdi.  Eʼtiborlisi,  yangilik  Oʻzbekistongacha 

Markaziy Osiyoning biror bir davlati bunday eʼtirofga loyiq koʻrilmagani bilan ham 

oʻziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi.  Vaholanki,  respublikamiz  yaqin-yaqingacha, 

aksariyat  tahlilchilar  tomonidan  jahonning  “eng  yopiq”  davlatlaridan  biri  sifatida 

qiyos  berib  kelinardi.  Ochigʻini  aytganda,  mamlakatimiz  haqidagi  bunday  nekbin 

mujda  xalqaro  miqyosda  katta  aks  sado  berdi.  Bu,  albatta,  yurtimizda  qisqa  vaqt 

davomida  oqilona  yoʻlga  qoʻyilgan  ichki  va  tashqi  siyosatning  amaliy  ifodasidir, 

desak, ayni haqiqat. 

Mintaqada  eng  koʻp  aholiga  ega  mamlakat  iqtisodiyotini  liberallashtirish, 

chetdan koʻproq sarmoya jalb etish saʼy-harakatlari uzluksiz olib borilyapti. Bu kabi 

oʻzgarish  va  yangilanishlar,  asrlarki,  iqtisodiyoti  qishloq  xoʻjaligiga  asoslangan 

Oʻzbekistonda  kambagʻallik  va  ishsizlikka  qarshi  kurashish  asnosida  roʻy 

berayotgani  bilan  ham  dolzarbdir.  Oʻn  yillar  davomida  tirikchiligi  tashqi  mehnat 

migratsiyasi  orqasidan  oʻtayotgan  millionlab  fuqarolarini  ishli  qilish  — 

mamlakatning oʻzida yangi bandlik manbalarini yaratishga qogʻozda emas, amalda 

eʼtibor qaratilmoqda. 

Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yilning “Ilm, maʼrifat 

va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilinishi hamda shu boʻyicha 

“Yoʻl  xaritasi”  ishlab  chiqilgani  ham  yuqoridagi  ustuvor  yoʻnalishlar  roʻyobida 




salmoqli  rol  oʻynamoqda.  Chunonchi,  kelasi  besh  yil  ichida  raqamli  iqtisodiyotga 

oʻtish vazifasi qatʼiy maqsad sifatida belgilab qoʻyilgani nafaqat xalqaro ekspertlar 

hamjamiyati tomonidan qizgʻin kutib olindi, balki bugungi pandemiya davrida ham 

nihoyatda  ratsional  qaror  boʻlganini  koʻrsatmoqda.  Shunday  ekan,  yaqin  yillarda 

biznes  yuritish  muhiti  boʻyicha  dunyoning  eng  old  ellik  davlati  safiga  kirsak, 

ajabmas. 

Kambagʻallikni kamaytirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi, hali-

hanuz eng ogʻriqli nuqtalardan biri boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus 

idora  tashkil  etilishi  ham  bu  borada  alohida  ahamiyatga  ega.  Chunki  aynan 

korrupsiya  Oʻzbekiston  iqtisodiyotini  taraqqiy  toptirish,  mamlakatga  yirik 

miqdordagi chet el sarmoyalarini jalb qilish va ularni harakatga solish yoʻlidagi eng 

asosiy  toʻsiqlardan  biri  sifatida  koʻriladi.  U  tufayli  chorak  asrdan  ortiqroq  vaqt 

davomida yurtimizdagi biznes yuritish muhiti izdan chiqib ketgandi. Shu bois oʻtgan 

qisqa davrda mavjud vaziyatni oʻzgartirish harakatlari tom maʼnoda kuchaytirildi. 

Koʻpchilikka  yaxshi  maʼlum,  tilga  olinayotgan  illatlarga  qarshi  kurashda,  unga 

barham berishda raqamlashtirish zaruriyati yana-da oshadi. Bu, oʻz navbatida, juda 

koʻp resurslarni talab qiladi. Shunday  ekan, hozirdan raqamli iqtisodiyotga oʻtish 

muhim vazifaga aylandi. 




Yüklə 282,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin