O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix05.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#108148
  1   2   3   4   5
Abdiyev Jo\'rabek 1901




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
 
 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
 
Fizika fakulteti 
2-bosqich 1901-guruh talabasi 
Abdiyev Jo’rabekning 
Optika fanidan 
“LAZERLARNING YARATILISH TARIXI. GAZLI, QATTIQ JISIMLI VA 
SULUQLIKDAGI LAZERLAR”
 
Mavzusida bajargan 
 
 
KURS ISHI 
Bajardi: Abdiyev J 
Tekshirdi: Otajonov SH 
Toshkent-2021 



Mundarija 
I.Kirish………………………………………………………………............3 
II.Asosiy qisim………………………………………………………………4 
1. Lazerlar tarixi…………………………………………………...……4 
2. Gazli lazerlar………………………………………………………….8 
3. Qattiq jisimli va suyuqlikdagi lazerlar…………………………….10
III.Xulosalar……………………………………………………………….15
IV.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………15



Kirish 
Hozirgi vaqtda lazerlar xalq xo’jaligining barcha soxalarida keng qo’llaniladi. 
Lazerlar o’zlarining aktiv elementining qanday moddadan tuzilganligiga qarab 
to’rt guruhga bo’linadi: qattiq jimli, yarimo’tkazgichli, gazli, suyuq aktiv 
elementli lazerlar. Lazerlar ultrabinafsha nurlardan boshlab infraqizil 
nurlargacha, submillimetrli to’lqin uzunligidagi elektromagnit to’lqinlar hosil 
qiluvchi qurilmalardir. Agar atomlar o’rtasida inversion taqsimlanish yuz bersa, 
ya’ni uyg’ongan holatdagi atomlar soni asosiy holatdagi atomlar sonidan ko’p 
bo’lsa, uyg’ongan holatdagi atomlar nurlanishni kuchaytirish qobiliyatiga ega 
bo’ladi. Majburiy nurlanish paytida barcha uyg’ongan atomlar bir xil kogerent 
nurlanish hosil qiladi. Bu nurlanish chastotasi, yo’nalishi bo’yicha bir xil 
bo’ladi. Optik rezonator oralig’iga kiritilgan aktiv elementda hosil bo’lgan, 
nurlar oynalardan qaytishi hisobiga o’zaro qo’shilib kuchayadi va kuchli, 
kogerent lazer nuri oqimi hosil qiladi. Bu nur oynalar sirtiga tik yo’nalgan 
bo’ladi. Oynalarning biri ikkinchisiga nisbatan shaffofroq qilib qo’yilgani 
tufayli quchli kogerent nur oqimi shu oynadan tashqariga chiqadi. Lazerlar 
uzluksiz va impuls rejimida ishlaydi. Lazerning eng asosiy kattaliklaridan biri 
– bu xosil bo’lgan nurning tarqalish burchagidir. Lazerlarni tayyorlash 
texnologiyasi asosi qilib lazerning nurlanish quvvati, aktiv elementning agregat 
xolati, uning atomlarini uyg’otish usullari, nurlanish diapazoni chastotasi kabi 
parametrlarni tanlash qabul qilingan. Shuningdek optik asboblarni ishlab 
chiqarish usullari, elektrovakuum, gazorazryad va yarimo’tkazgichli asboblarni 
yasash texnologiyalari ham lazerlar tayyorlash texnologiyasining asosiy qismi 
hisoblanadi. Lazer texnologiyasining samaradorligi avvalo nurlanishning 
lokallashgan ta’siri va lazer nurining ta’sir zonasidagi juda yuqori energiya 
zichligiga ega bo’lishi bilan belgilanadi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin