O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR



Yüklə 95,94 Kb.
səhifə2/2
tarix16.06.2023
ölçüsü95,94 Kb.
#131268
1   2
umumfiz

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

Kafedrada "tarkibida metallarning nanozarrachalari bo'lgan kompozit materiallarning oqish chegarasi atrofidagi elektrofizik xususiyatlarining mohiyati" mavzusida 2007-2011 yillarga mo'ljallangan fundamental tadqiqotlar bo'yicha Respublika granti bajarilib, unga universitet rektori, prof. G'.I.Muxamedov ilmiy rahbarlik qildi. Hozirgi kunda kafedrada 2 ta grant:


1. 2015 - 2017 yillarga mo'ljallangan ITD K-12-004 "kompozision nanomateriallar: belgilangan fizik xususiyatli elementlarning sintezi va ishlab chiqish" mavzusidagi loyiha bajarilmoqda. (40 million so'm). Loyiha rahbari: U. Abduraxmanov
2. OT-FT-96 "tabiiy polielektrolitlar asosida nanokompozit va polikompleks kompozitlarni yaratish" mavzusida fundamental loyiha bajarilmoqda. Loyiha rahbari: Muhamedov G'.I.
3. "Ekinlar ildizlarini tomchilab sug'orishning energiya resurs tejamkor elektron sistemasini yaratish" nomli grant loyixasi bo'yicha ishlashmoqda. Rahbar: Turg'unboev F.Yu.
Kafedra professor-o'kituvchilari kimyo, matematika, biologiya, geologiya va tuprokshunoslik, falsafa fakultetlari talabalariga umumiy fizika fani bo'yicha ta'limni amalga oshiradilar. Professor-o'kituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir katorda fizika fanini o'qitish metodikasini takomillashtirishga, ilmiy metodik ishlarni rivojlantirishga, yangi laboratoriya ishlarini yaratishga va ularni o'quv jarayonida qo'llashga, dars jarayonida texnik vositalardan foydalanishga katta e'tibor berib kelmoqda.
Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha olingan natijalar biologiya, kimyo, geologiya fakulteti talabalariga hamda Materialshunoslik mutaxassisligidagi magistrantlarga ma'ruza va amaliy darslarda tadbiq qilib kelinmoqda. 2003-2005 yillarda mo'ljallangan "yong'indan habar beruvchi issiqlik sezgir bildiruvchi va uni qabul qiluvchi qurilmalarning tajriba namunalarini tayyorlash" mavzusi bo'yicha olingan grantning natijalari 2009 yili xalq xo'jaligining ma'lum tarmoqlariga tadbiq qilingan.
Kafedra jamoasi oliy o'quv yurtlarida fizika o'qitish samaradorligini oshirish muammolari yuzasidan ilmiy-uslubiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Jumladan, "Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida fizikani nazariy va eksperimental o'qitishni takomillashtirish";
Kafedra professor-o'qituvchilari fizika fakulteti va magistratura yo'nalishlarida talabalarga umumiy kurs va maxsus kurslardan ta'limni amalga oshiradi. Bo'lim o'qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir qatorda fizika fanini o'qitish uslubini takomillashtirishga, ilmiy metodik ishlarni rivojlantirishga, yangi laboratoriya ishlarini yaratishga va ularni o'quv jarayonida qo'llashga, dars jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan hamda axborot kommunikasion texnologiyalaridan foydalanishga katta e'tibor berib kelishmoqda.
Shu bilan birga Toshkent shahridagi Oliy o'quv yurtlari talabalariga akademik lisey, kasb-hunar kollejlariga hamda Oliy pedagogika instituti tinglovchilariga ko'rgazmali vositalar va fizikadan namoyish tajribalarini ko'rsatib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda 500 ma'ruza tajribasi majmui, 100 dan ortiq multimediali elektron qo'llanma, 150 dan ortiq o'quv filmi, 300 ga yaqin o'quv plakatlari, 200 dan ortiq slaydlar mavjud. Umumiy fizika kursi 3 ta ma'ruza xonalarida, o'qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanilgan holda o'qitiladi. Namoyish tajribalarini ishlab chiquvchi ilmiy tajriba xonasi, qurilmalar va boshqa didaktik materiallar "Fizika bo'yicha namoyish eksperimenti texnikasi va uslubiyati" kursida o'qituvchilarning malakasini oshirishda qo'llaniladi. Bu kurs va kafedra bazasi OO'YU o'qituvchilarining eksperimentni o'quv jarayonida tashkil qilish va O'TV qo'llashda muhim ahamiyatga egadir. Bu ishlar keyingi yillarda nashr ettirilgan beshta qo'llanmada aks etgan.


Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, umumiy fizika kafedrasida juda bilimli va jonkuyar ustozlar faoliyat yuritgan va hozir ham faoliyat yuritib kelmoqdalar. Umumiy fizika kafedrasi 2005-yil tashkil topgan vaqtdan toki hozirga qadar kafedradagi xodimlar ko’plab ilmiy ishlar olib bordilar va yuksak natijalarga erishdilar. Hozirda Farhod ustoz ham "Ekinlar ildizlarini tomchilab sug'orishning energiya resurs tejamkor elektron sistemasini yaratish" nomli grant loyixasi bo'yicha ishlashmoqda. Loyiha amalga oshadigan bo’lsa, anchagina ichimlik suvini va mablag’ni tejab qolish imkonini beradi. Bu esa mamlakat taraqqiyoti uchun qo’shilgan kattagina hissa bo’ladi. Demak fiziklar nafaqat fan taraqqiyotiga balki mamlakatimiz rivojlangan boshqa mamlakatlar qatorida turishida ham o’z hissasini qo’shar ekan. Umumiy fizika kafedrasida tahsil olish katta imkoniyatdir biz talabalar uchun. Undan unumli foydalanib qolishimiz kerak.
Yüklə 95,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin