Tasdiqlayman xiva pedagogika kolleji direktori J. K. Salayev Xiva pedagogika kollejida



Yüklə 156,21 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü156,21 Kb.
#161427
  1   2   3
Behbudiy tavalludi tadbir senariy


TASDIQLAYMAN
Xiva pedagogika kolleji direktori
______________ J.K.Salayev

Xiva pedagogika kollejida
Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludi”ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbir ishlanmasi

2023-yil Xiva shahri
Bayramona bezatilgan sahna. Sahnada mahmudxo’ja Behbudiyning suratlari va uning asarlari plakatlari devorga ilingan.
Boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar bugungi “Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludi” ga bag’ishlangan tadbirimizga xush kelibsiz. Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni kollejimiz direktori Salayev Jasurbek Komilovichga beramiz. Marhamat.
(Nutq so‘zlaydilar va tadbirni ochib beradilar)


Boshlovchi: Rahmat ustoz. Jadidlik harakatini chuqur oʻrganish, oʻsha davrda ijod qilgan va faoliyat yuritgan ziyolilar, taraqqiyparvarlarning ezgu maqsadlarini keng targʻib qilish davlatimizning doimiy diqqat eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu borada alohida toʻxtalib: “Umuman, biz jadidlik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur oʻrganishimiz kerak. Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” degan fikrlarni ilgari surgan . Samarqand viloyatida ham jadidlik harakati keng yoyilib, ularning bir qator yetuk namoyandalari yetishib chiqqan. Bu namoyondalardan eng koʻzga koʻringan vakili Mahmudxoʻja Behbudiydir. Mahmudxoʻja Behbudiy mashhur dramaturg va publitsist, jamoat arbobi boʻlishidan tashqari, oʻz davrining yirik olimi, noshir va matbuotchisi sifatida chuqur iz qoldirgan. Endi navbatni “Mahmudxo’ja Behbudiyning hayoti va ijodi” yoritilgan videorolikga beramiz. Marhamat.


(Videorolik qo’yiladi)


Boshlovchi: Endigi navbatni Musiqa kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlarga beramiz. Marhamat.
Boshlovchi: Sizlar bizning g‘ururimiz, orimiz,
Sizlar borki, yo‘qolmas viqorimiz.
Oila tayanchi, yurtning ishonchi,
Bo‘ling doim bizning iftixorimiz.

Endigi navbatni o‘qituvchilarimiz tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishiga beramiz.





Yüklə 156,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin