(Birgalikda “Bayramingiz muborak bo‘lsin”) -Rahmat ustozlar tabrik she’rlar uchun. Xalqimizda «Yigit omon bo‘lsa, qo‘rg‘on salomat» degan gap bor. Shunday ekan, doimo bu oltin boshingiz toshdan bo‘lsin hamda biz ojizalarni doimo himoya qilishga hozir-u nozir bo‘ling. Yurtimizda qat’iyatli, mard, jasur, oriyatli yigitlar bor ekan — biz hech kimdan va hech qachon qo‘rqmaymiz. Jannatmakon O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila a’zolaringiz hamda sevimli yorlaringiz baxtiga doimo sog‘-salomat yuringlar.
Boshlovchi:Endigi navbatni Musiqa kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlarga beramiz. Marhamat.
Boshlovchi: Tadbirimizni yakunlash uchun so‘zni kollejimiz direktori Salayev Jasurbek Komilovichga beramiz. Marhamat.
(Nutq so‘zlaydilar) Shuning bilan bugungi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!