O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi



Yüklə 161,34 Kb.
səhifə8/19
tarix07.04.2022
ölçüsü161,34 Kb.
#54911
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
“Bolaning axloqiy rivojlanishi”

Ijobiy axlok sifatlari:

- kamtarlik;

- mexnatsevarlik;

- xushmuomalalik;

- raximdillik;

- oliyjanoblik;

- rostguylik.

Salbiy axlok sifatlari:

- xoinlik;

- yolg'onchilik;

- xasadgo'ylik;

- irodasizlik;

- munofiqlik kabilarga bo'linadi. Ijobiy ahloqiy sifatlar shaxsning buyuk boyligi xisoblansa, salbiy sifatlar esa uning nuqsonlari xisoblanadi. Xamma davrlarda xam ahloqiy sifatlar muayyan mafkuraning umumiy yo'nalishi bilan belgilangan.



Psixologik nuqtaiy nazardan qaralganda boladagi ahloqiy xatti-harakatlar:

- irodasi;

- o'z -o'zini anglashi; - ichki va tashqi motiv hamda motivatsiyasi;

- emotsional va individual xususiyati;

- xarakter - xususiyatlari shakllanishida favqulotda katta axamiyatga ega. Kishi tomonidan qabul qilingan ijtimoiy normalar uning ma'naviy - ahloqiy qiyofasida xarakterli belgilar va ahloqiy sifatlarni shakllantiradi. Ahloqiy sifatlarning shakllantirish funktsiyasi inson kamolotida beqiyos axamiyat kasb etib boradi.

Shuning uchun ahloq ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridan farq qilib, ahloqiy munosabatlarda xamisha va xamma joyda ahloqiy normalar yoki baholar ta'siri ko'rinib turadi. Ular ahloqiy faoliyat, xulq, xatti - xaraktlarda, atrofdagi ijtimoiy borliqqa nisbatan ahloqiy ta'sir ko'rsatishda yuzaga chiqadi. Ahloqiy munosabatlarda kishilarning faoliyati va xatti - xarakatlari, ular munosabatlarining ahloqiy-amaliy ifodasi sifatida asosiy o'rin tutadi va ahloqning vazifasi xukmron mafkura uchun xizmat qilishdan iboratdir.

Shuningdek ahloq nisbiy mustaqillikka ega bo'lib, jamiyat taraqqiyotiga u yoki bu tarzda ta'sir ko'rsatadi. Bu degani jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy omillar kanchalik muxim rol o'ynasa, ahloqiy omillar xam shunchalik progressiv rol o'ynaydi.

Odatda ahloqning umumiy funktsiyalari: tartibga solish (boshqaruv) stimuli, baholash, bilish va tarbiyalashdir. Amalda esa ularning barchasi bir - biri bilan chirmashib bir - birini to'ldiradi, bir - biriga o'tib turadi, biri boshqasi orqali amalga oshadi.

Ahloqning boshqaruv funktsiyasi boshqa funktsiyalarini o'ziga bo'ysundiradi va uyushtiradi. Ahloq fakatgina yo'l - yo'rik, ko'rsatma beribgina kolmay, balki u shaxsni ma'lum xatti - xarakatga yo'llaydi, ayrim hollarda buyruq beradi.

Ahloqning boshqaruv funktsiyasi, eng avvalo, ahloqiy talablarni va ahloqiy ko'rsatmalarni ishlab chiqishda muxim rolt o'ynaydi. Bir ijtimoiy sistema o'rnida ikkinchi bir ijtimoiy sistema qaror topsa, yangi ijtimoiy sistema manfaatlari uchun xizmat qiladigan ahloqiy talablar va ahloqiy kursatmalar shak shubxasiz ishlab chikiladi.

Ahloqning baholov funktsiyasi, birinchi navbatda, anna shu ishlab chikilgan ahloqiy talab va ko'rsatmalarga kishilarning rioya qilishlarini nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Bu funktsiya ijtimoiy maqsadlari to'g'riligini tasdiklaydi yoki rad etadi. Baholash bo'lmasa, ahloqning o'zi ham bo'lishi mumkin emas.

Ahloq mavjud yoki shakllanayotgan ijtimoiy munosabatlarni qonunlar tarzida emas, balki jamiyatning talablari va shaxs manfaatlari aks etgan muayyan maqsadlar, goyalar, orzu - umidlar, xohishlar tarzida aks ettiradi.



Axloq nima?

Axloq - bu niyat, fikr, xatti-harakatlar va xulq-atvorda yaxshi va yomon o'rtasidagi farqni ko'rish qobiliyati. Ushbu tushunchani bolalarga o'rgatish ota-onaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Axloqiy rivojlanish bola go'daklikdan katta yoshgacha o'rganadigan axloq tushunchalari bilan shug'ullanadi.Bolalardagi axloqiy rivojlanishning turli bosqichlari haqida bilish uchun o'qishni davom eting.




Yüklə 161,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin