O`Zbekiston Respublikasi Oliy Va O`Rta Maxsus Ta`Lim Vazirligi Mirzo Ulug`Bek Nomidagi O`Zbekiston Milliy Universiteti


SKREMBLERNING TURINI ANIQLASH ALGORITMI



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə4/7
tarix26.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#148687
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish

SKREMBLERNING TURINI ANIQLASH ALGORITMI
Annotatsiya. Chiqish signaliga asoslangan uzatuvchi tomonga tadbiq qilinadigan ckrembler turini aniqlash masalasi ko‘rilgan. Bunday turdagi masalalar radiomonitoring tizimi va qabul qilishning kognitiv tizimini yaratish, raqamli signalni qayta ishlash uchun aktual hisoblanadi. Tizimlarni additiv, shuningdek multiplikativ sklember ko‘rinishida identifikatsiyalashga imkon beruvchi texnik yechimlar ma’lum. Lekin skrembler turini avtomatik aniqlaydigan algoritmlar keltirilgan maqolalar mavjud emas. Ushbu maqolada bu muommo qisman to‘ldirilgan. Yuqoridagi masalani yechishga imkon beruvchi algoritm va uni modellashtirish natijalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: skrembler, identifikatsiya, radiomonitoring.
Hozirda raqamli radioaloqa tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Ushbu tizimlarga hos bo‘lgan radio signallarni aniqlash, qayta ishlash va shakllantirish uchun algoritmlar ishlab chiqish zarurati muhim sanaladi. Ushbu yo‘nalishlardan biri skremblerdir. Skremblerning ikki xil ko‘rinishi mavjud: additiv va multiplikativ. Ushbu maqolada skrembler turini aniqlash, signallarni tahlil qilish algoritmlari ko‘rib chiqilgan.
Bugungi kunda skremblerning identifikatsion tuzilishi haqida ko‘plab maqolalar chop qilingan. Skrembirlash ma’nosi ma’lum bir ketma-ketlikni hosil qilishdan iborat, bunda nollar va birlarning paydo bo‘lishi statistikasi tasodifiy voqeaga yaqinlashadi, u berilgan chastotalar sohasida yig‘ilgan uzatilayotgan signalning quvvatining o‘zgarmas spektral quvvati va taktli chastotasini ishonchli ajratish talablarini qondirish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash lozimki skrembirlash signalning statistik xususiyatlarini yaxshilash uchun aloqa tizimlarining ko‘p turlarida keng ishlatiladi. Skrembirlash odatda bevosita modulyatsiyadan oldin amalga oshiriladi. Skrembler - qurilma yordamida uzatuvchi tomonida amalga oshiriladi, u qabul qiluvchi tomonda teskari operatsiya - diskrembirlash diskrembler nomli qurilma yordamida bajariladi. Diskrembler qabul qilinayotgan ketma-ketlikdan dastlabkisi ajratib oladi. Skremblerning asosiy qismi soxta tasodifli ketma-ketlik generatori bo‘lib (STK), u 2n-1 maksimal uzunlikdagi ketma-ketlikni shakllantiruvchi teskari aloqali n-kaskadli liniyaviy registr ko‘rinishida bajariladi. Skrembler va deskrembler o‘rtasida sinxronlash yo‘qolganda sinxronlashni tiklash vaqti skrembler registri yacheykalarining soniga teng bo‘ladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin