O`Zbekiston Respublikasi Oliy Va O`Rta Maxsus Ta`Lim Vazirligi
Mirzo Ulug`Bek Nomidagi O`Zbekiston Milliy Universiteti
Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar Fakulteti Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishi Axborotlarni himoyalash usullari fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Nuriddinov I.I. Tekshirdi: __________________ Toshkent 2023 REJA:
KIRISH
STEGANOGRAFIYA
SKREMBLERLAR
XULOSA
ADABIYOTLAR
Kirish Ma’lumotlarni yashirish (“information hiding” yoki “data hiding”) qadimdan foydalanilib kelingan va dolzarb bo‘lgan soha sanalgan. Ma’lumotlarni yashirish deganda kontent (rasmlar, qo‘shiqlar, videolar va b.) ichida kerakli ma’lumotlarni yashirish tushuniladi. Bu yerda, yashirish tushunchasi, ma’lumotni sezilmaydigan ko‘rinishda keltirish yoki ma’lumot maxfiyligining mavjudligini saqlash uchun foydalaniladi. Qadimda turli ma’lumotlarni yashirish usullaridan foydalanilgan holda, ma’lum doiradagi odamlar orasida ma’lumotlar almashinilgan.
Axborot xavfsizligini ta’minlsh qadimdan muhim masala hisoblanib kelingan [1], shu o‘rinda kriptografiya va steganografiya usullari ishlab chiqilgan. Hozirgi kungacha bu soha ko‘p olimlarning diqqatini jalb qilib kelmoqda. Ma’lumonlarni yashirish sohasi steganografiya nomi bilan yuritiladi.
Bu so‘z yunoncha Steganos (maxfiy, sir) va Graphy (yozuv) so‘zlaridan kelib chiqqan va «sirli yozuv» degan ma’noni bildiradi. Steganografiya usullari, ehtimol, yozuv paydo bo‘lishidan oldin paydo bo‘lgan (dastlab shartli belgi va belgilashlar qo‘llanilgan) [2,3]. Steganografiyaning kriptografiyadan boshqa yana o‘zgacha masalasi ham bor, ya’ni uning maqsadi - maxfiy xabarni o‘zining mavjudligini ham yashirish. Bu ikkala usul birlashtirilishi ham mumkin va natijada axborotni himoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi (masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun). Steganografiya usullarida yashiriladigan ma’lumotlar bevosita diqqatni jalb qilmaydigan obyektda joylashtiriladi va u konteyner deb nomlanadi.
Kompyuter texnologiyalarining keskin rivojlanishi ushbu sohaga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bularga aydio fayllar, raqamli rasmlar, matnlar va bajariladigan dasturlar misol bo‘la oladi. Steganografiya orqali yashirilgan ma’lumotlarni maxsus algoritmlar orqali xabarlarni qabul qiluvchi aniqlash imkoniga ega bo‘ladi [4]. Agar ma’lumotlar shifrlangan bo‘lsa, unda qandaydir xabar borligi ayon bo‘ladi va yovuz niyatli shaxslar tomonidan hujum uyushtirilishi mumkin [5].
Steganografiyaning klassik usullari asosan quyidagicha tasniflangan:
• Konteyner faylining formatlar oralig‘ida ma’lumotlarni yashirish. Bunda ma’lumotlar faylkonteynerning o‘qilmaydigan joylarida yoziladi, masalan, faylning oxirida, ya’ni EOF maxsus belgisidan keyin qo‘yiladi.
• Niqoblash orqali yashirish – bunda konteynerning fayl sifatidagi bo‘sh bo‘lgan xizmat vazifacini bajarishga mo‘ljallangan hududlarda joylashtiriladi. Masalan, faylning kelgusidagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bo‘sh joylari misol bo‘la oladi.
Shu bilan birga fayllarning formatining maxsus xossalaridan foydalanish mumkin, masalan:
• binar bajariladigan fayllarda maxsus ajratilgan va ammo ishlatilmaydigan maydonlar; • fayldagi matnni maxsus formatlash, masalan, so‘zlar orasini siljitish;
• faylni identifikasiyalovchi sarlavhani o‘chirish.
Matnli steganografiyada belgilarning xossalaridan foydalanib ma’lumotlarni yashirish nazarda tutiladi. Matnli formatdagi fayl katta hajm talab etmagan va unda ishlash uslubi sodda bo‘lganligi sababli ushbu yo‘nalish keng imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Masalan, kichik hajmdagi matnli faylda katta hajmdagi ma’lumotlarni yashirish.
Ushbu maqolada matnli steganografiyaga mansub usullar tasnifi tushunarli va soddalashgan shaklda ishlab chiqilgan va bunda ba’zi-bir usullarga to‘xtalib o‘tilgan.