STEGANOGRAFIYA USULLARINI TASNIFLASHDAGI YANGI YONDASHUV Mavjud yondashuvlar. Matnli steganografiya usullarining xilma-xilligi va ularning keng rivojlanishi bevosita ushbu usullarni tizimli o‘rganishni talab qiladi. Ushbu sohada ilk qadamlar bajarilgan, masala [6,7]. Albatta, tasniflash ma’lum bir alomatlar bo‘yicha obyektlarni tartibga solish tushuniladi. Masalan, yashiriladigan axborotning hajmi bo‘yicha tasniflash [7] keltirilgan. Shundan kelib chiqqan holda steganografiya uchta toifaga bo‘lingan: 1) belgilar bilan kiritish, 2) bitlar bilan kiritish va 3) aralash holda kiritish. Bundan tashqari [8] maqolada tasniflash bevosita usullarning mohiyatidan kelib chiqqan holda bajarilgan va misollar bilan tasdiqlangan.
Ma’lumotlarni yashirin jo‘natishda oddiy gazetalardan foydalanish hollari tarixda uchrab turgan. Masalan, Angliyadagi gazetalardan birida harflar ostiga sezilar-sezilmas nuqtalar qo‘yilgan. Ushbu harflar birlashtirilganda esa yashirin yozuv hosil bo‘ladi. Ushbu g‘oyadan foydalanib Word muhitida ma’lumotlarni yashirish mumkinligi mualliflar tomonidan ko‘rib chilgan [8]. umumiy holda ushbu usulni “Index” deb nomlash mumkin bo‘ladi. Quyidagi misolda Hofiz Sheroziyning buyuk misralarda axborotni yashirish yo‘lini keltiramiz:
Агар кўнглимни шод этса ўшал Шероз жонони,
Қаро холига бахш этгум Самарқанду Бухорони.
Ushbu matnga “амир жахон” xabarini joylashtirish uchun Word muhitida mavjud “Предметный указатель” texnologiyasidan foydalanilsa, unda quyidagi hosil bo‘ladi.:
Ushbu belgilarni “Alt+X” tugmalari orqali ham shakllantirish mumkin. Agar ushbu rejim yopilsa, oddiy matn rejimiga o‘tiladi va yozuvdagi yashirin xabar ko‘rinmas holatga o‘tkaziladi. Shu bois ushbu usul “Index” deb nomlanildi.
Taklif etiladigan yechim. Oldingi bo‘limda ko‘rib chiqilgan tasniflash jarayoni juda kuchli vosita hisoblanib, jarayonni, hodisani va obyektlarni o‘rganishda va tahlil qilishda muhim hisoblanadi. Obyektning xossalarini o‘rganishga ulardagi umumiylikni asos qilib olish mumkin. Masalan, obyekt sifatida fayllarni oladigan bo‘lsak, ularni bevosita matnli yoki binarli fayllarga taqsimlash mumkin. Taklif etiladigan usulda tasniflash obyektlari sifatida quyidagilar qabul qilingan: Fayl tarkibi, Matn formati va Lingvistika. Ushbu yashirin ma’lumotlarni shakllantirishda mavjud usullarni ushbu xossalar bo‘yicha ajratib olamiz (1-rasm). Faylning formati bu ma’lumotlarning tarkibiy tuzilishi bo‘yicha kelishuv bo‘lib, uning identifikatori sifartida fayl kengaytmasi qabul qilingan. Ushbu identifikator orqali amaliy va tizimli dasturlar fayllarni qayta ishlashga asos bo‘lib xizmatqiladi. Ushbu format bevosita faylning o‘zida ham kiritilgan bo‘ladi. Masalan, “doc” formati bevosita Word 97-2003 ning hujjati bo‘lib, umumiy holda binar faylda saqlanadi, shu bilan birga “docx” formatli fayl ham Word dasturining hujjati hisoblanadi, ammo faylning formati XML ga asoslangan. Shu bois Word hujjati umumiy holda murakkab obyektlardan iborat bo‘ladi va tarkiblangan mohiyatiga asoslanib tashkillashtiriladi.
Xuddi shunday Excel 2007 tizimida ham XML formati qo‘llanilgan va barcha obyektlar (kitob, varaq, shablon va b.) ushbu formatda shakllantirilgan. Shu bilan birga ushbu obyektlar ZIP arxivlarda saqlanadi.
Shunday qilib, matnli steganografiyada mavjud usullarni tasniflashda fayllarning yuqoridagi sifatlari ham e’tiborga olinadi. Shu bilan birga ba’zi-bir usullar haqida qisqa ma’lumotlar berilgan.
Ushbu tasnif doirasida mavjud usullarning taqqoslash va rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beradi va yaratilgan algoritmlarni ilmiy izlanishlarda va tijorat masalalarida qo‘llash paydo bo‘ladi.
Ushbu chizmada keltirilgan matnli steganografiya usullari keltirilgan bo‘lib, ularning ba’zilarida to‘xtalib o‘tamiz.