8-Mavzu. Ijtimoiy ishning xalqaro infratuzilmasi
1.
Ijtimoiy ishda professionalizm:mohiyati, shakllanish omillari.
2.
Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi.
3.
Ijtimoiy xizmat maktablari xalqaro assotsiatsiyasi (IXMXA).
4.
AQSh ijtimoiy xodimlari professional assotsiatsiyasi .
Ijtimoiy ishda professionalizm tushunchasi ilmiy muomalaga darhol
kiritilmagan va u AQSh va G‗arbiy yevropa mamlakatlarida qo‗llanilgan. 20-
asr boshlarida ham ijtimoiy xizmat kasb hisoblanmas, ijtimoiy xodimlar
83
ikkinchi darajali lavozim sanalgan. Ammo bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmat
va ijtimoiy xodimlarning maqomi o‗zgarib borgan. Bu kasbning obro‗si
sezilarli ravishda ko‗tarilib, davlat, munisipal va xususiy sektorda aholiga
ijtimoiy xizmat ko‗rsatish ko‗pgina mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar, ijtimoiy
amaliyot va qonunchilikda o‗z aksini topdi.
Ijtimoiy xodim kasbiy faoliyatining tarkibi aholini ijtimoiy qilish
sohasidagi qonunlar,qonunosti hujjatlari, bu sohadagi mehnat taqsiXMTiga
binoan bajariladigan vazifalarni belgilaydi. Ijtimoiy xodimning kasbiy mehnati
bir-biriga bog‗liq va bir-birini to‗ldiruvchi shaxsiy, funksional va moddiy
komponentlardan iborat.
Ijtimoiy xodimning ixtisoslashuvi nuqtai nazaridan (bugungi kunda ijtimoiy
xodimlar 20 dan ortiq yo‗nalish bo‗yicha ixtisoslashgan) mehnatni boshqarishda
band bo‗lgan (ijtimoiy xizmat va ijtimoiy himoya organlari menejerlari) , ijtimoiy
xizmat ko‗rsatishning asosiy shakllari doirasidagi ijtimoiy ishda band bo‗lgan (
ijtimoiy-iqtisodiy,
ijtimoiy-tibbiy,
ijtimoiy-pedagogik,
ijtimoiy-psixologik,
ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-maishiy xizmatlar) , profilaktika va oldini olish
ishlarida band bo‗lgan xodimlarga bo‗linadi.
Keltirilganlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, ijtimoiy ishda
professionalizm- hayotiy muammolarni hal qilishda malakali faoliyatni
ta'minlaydigan, mehnat sifati va natijalarning yuqori bo‗lishiga olib keluvchi
mutaxassisning yuqori darajadagi bilim, mahorat va malakasini doimiy saqlab
turishdir.
Ijtimoiy xizmat ko‗rsatish muassasalari xodimlarini kasbiy tayyorgarligi
nuqtai nazaridan mutaxassislar va mutaxassis bo‗lmaganlarga ajratiladi. Ijtimoiy
ish mutaxassislari profil yoki noprofil oliy hamda o‗rta ma'luXMTga ega
bo‗ladilar. Mutaxassis bo‗lmaganlar shuningdek yordamchi xizmat ko‗rsatish
xodimlari uch guruhga bo‗linadi: malakali, yarim malakali va malakaga ega
bo‗lmagan xodimlar. Amaliyotda ko‗rinadiki, ular turli kasbiy malaka,
tayyorgarlik va mahoratga ega bo‗ladilar. Shuni tan olish kerakki, ijtimoiy ish
bo‗yicha mutaxassis lavozimi egallagan hamma xodimlar ham lavozim
84
majburiyatlarini bajarish uchun, ijtimoiy ish mijozlari muammolarini samarali hal
qilish uchun yetarli kasbiy mahoratga ega emas.
Kasbiy-shaxsiy sifatlar shakllanishi va ijtimoiy hizmat xodimi sifatida
rivojlanish kasbiy qiziqish shakllanishini, mos ta'lim olishni, kasbiy mahoratni
shakllantirish hamda axloqiy-ruhiy sifatlar, shuningdek o‗zini boshqarish va o‗zini
takomillashtirish ko‗nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
2.
Ijtimoiy ish xalqaro federatsiyasi
(International Federation of Social
Workers)
ijtimoiy xodimlar xalqaro doimiy kotibiyatining davomchisi bo‗lib,
unga 1928-yilda Parijda asos solingan. Ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro
hamkorlik bo‗yicha barcha harakatlar bekor bo‗lgan. Ammo 1950-yilda 7
mamlakatdagi kasbiy assotsiatsiyalardagi ijtimoiy xodimlar ixtiyoriy asosda
ijtimoiy xodimlar xalqaro assotsiatsiyasini tiklashga qaror qildilar. 1956-yil 5-10
avgust kunlari Myunhyenda bo‗lib o‗tgan ijtimoiy xodimlar xalqaro konferensiyasi
alohida voqyelik bo‗lib, natijada 1956-yil 9-avgustda mazkur 7 ta assotsiatsiya
Ijtimoiy Xodimlar Xalqaro Federatsiyasini tuzdilar (IHXF).
Tashkilotning ta'sischilari quyidagi mamlakat assotsiatsiyalari bo‗lishdi:
Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya,
Niderlandiya, Shveytsariya va AQSh.
Bugungi kunda IHXF butun dunyo bo‗ylab ijtimoiy xizmat
assotsiatsiyalarining 80 dan ortiq a'zosini qamrab olgan. U tashkil qilingandan
buyon xalqaro konferensiya muntazam ravishda ikki yilda bir marta o‗tkaziladi.
Toq yillarda konferensiya har bir mintaqada o‗tkaziladi.
«Ijtimoiy xodimning axloq kodeksi» ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi
va ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasiyaning a'zosi bo‗lgan Ijtimoiy
pedagoglar va ijtimoiy xodimlar uyushmasi umumrossiya jamoat tashkilotining
tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks o‗zida ijtimoiy soha
mutaxassislarining o‗z kasbiy majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq ijtimoiy
ishning asosiy tamoyillari va ahamiyati keltirilgan hujjatdir.
«Ijtimoiy xodimning axloq kodeksi» ning bosh maqsadi insonning axloqiy
tamoyillari va ma'naviy o‗rnini belgilash, mijozning ijtimoiy ehtiyojlarini
85
qondirishda mutaxassisi( ijtimoiy xodim) va jamiyat (turli institutlar) o‗zaro
munosabatlarini belgilashdan iboratdir.
Kodeks 6 banddan iborat kirish, IX tushunchalaridan tashkil topgan:
«Ijtimoiy xizmat- insonning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bo‗yicha (kasbiy
va nokasbiy, majburiy va ixtiyoriy) faoliyat shakllarining yig‗indisidir. Kimdir
yordam so‗rab ijtimoiy xodimga murojaat qilsa yoki kimgadir bunday yordam
taklif qilinsa u ijtimoiy xizmat mijozi sifatida belgilanadi. Mijoz shaxs. Oila,
qandaydir guruh yoki jamiyat bo‗lishi mumkin.».
Etika masalalarida xabardorlik –bu ijtimoiy xodimlar kasbiy faoliyatining
asosiy qismidir. Ularning qobiliyati va majburiyatlari ijtimoiy ishdan
foydalanadigan shaxslarga ko‗rsatiladigan xizmatning sifat jihatidir. IHXF ning
etika sohasidagi xizmatlarining maqsadi tashkilot a'zolari, shuningdek ijtimoiy
xizmat institutlari va ularning ijtimoiy ishni o‗rganuvchi talabalari , o‗rtasida
debatlar va muhokamalar o‗tkazishdir Bir qator etik dilemmalar va ijtimoiy xodim
duch keladigan muammolar faqat ma'lum mamlakatlar uchun xso bo‗lib,
boshqalari barcha uchun umumiy bo‗ladi. Umumiy tamoyillarga asoslangan IXXF
ijtimoiy ish maktabi xalqaro assotsiatsiyasi IXMXA qo‗shma deklaratsiyasining
maqsadi ijtimoiy xodimlarni butun dunyoda kengaytirish, ular duch keladigan
murakkab vazifalar va dilemmalarni hal qilish, etika masalalarida har bir holatda
qanday harakat qilishni aniqlashdir.
Bu hujjatlarning boshlang‗ich nuqtasi ijtimoiy ishni belgilash bo‗lib, IHXF
va IXMXA 2000-yil iyulda Kanadaning Monreal shahridagi ularning bosh
konferensiyasida mustaqil ravishda qabul qilinib, keyinchalik 2001-yil mayda
Kopengagenda birgalikda kelishildi. Bu ta'riflar inson huquqi va ijtimoiy
adolatlilik tamoyillarini qayd etadi. Keyingi bo‗lim (3) inson huquqi to‗g‗risidagi
turli deklaratsiyalar va konvensiyalarni yodda tutib, ijtimoiy ishda dolzarb bo‗ladi.
Keyinchalik ikki sarlavhaga ega umumiy axloqiy tamoyillar to‗g‗risida
deklaratsiya keladi: insonning huquqlari va qadri hamda ijtimoiy adolatlilik.
(bo‗lim 4). Oxirgi bo‗lim ijtimoiy ishda kasbiy etika bo‗yicha bir qator asosiy
tavsiyalarni ko‗rsatadi. Bu tavsiyalar axloq bo‗yicha dasturlarda batafsil ishlab
86
chiqilgan va IHXF va IXMXA tashkilotlari a'zolarining turli erkinliklari me'yori va
qoidalarini aks ettiradi.
3.Buyuk Britaniya ijtimoiy xodimlari Milliy assotsiatsiyasi Britan ijtimoiy
xodimlar assotsiatsiyasi (BASW) – Buyuk Britaniyada ijtimoiy xizmat va ijtimoiy
xodimlarni taqdim qiluvchi eng yirik assotsiatsyailardan biridir.
Britan Assotsiatsiyasi 30 yildan buyue mavjud. Bu yillarda u murakkab ylni
bosib o‗tib, amaliy tajriba to‗pladi. Assotsiatsiyada 8500 dan ortiq a'zo bo‗lib,
ko‗pchiligi Fngliyada yashaydi va amaliy ijtimoiy xodim sanaladi.
Britan Assotsiatsiyasi ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi.Bunday
shartnomalar ijtimoiy xususiy agentliklar manfaatlarini saqlab, Assotsiatsiya
a'zolariga jamoat ishlari bilan shug‗ullanish va assotsiatsiya faoliyatining asosiy
yo‗nalishlarini targ‗ib qilish imkonini beradi. Britan Assotsiatsiyasi o‗z ustaviga
ega. Bunda assotsiatsiya a'zolarining majburiyatlari, asosiy axloqiy tamoyillari
keltirilgan. Assotsiatsiya a'zoligi ish sohasida kengayib, ijtimoiy xodimlar ularni
bajarishlari mumkin. Litsenziyaga ega va kasbiy tayyorgarlik darajasi yuqori
ijtimoiy xodim assotsiatsiya a'zolariga tegishli barcha talablarga javob berishi
kerak..
Assotsiatsiyaning asosiy vazifasi himoya qilishdir. Bunda mijozlarning
huquqi kabi turli darajadagi ijtimoiy xodimlarning huquqlari himoya qilinadi.
Vazifa shundan iboratki, barcha tomonlar: ish iste'molchilari, ish beruvchilar,
ijrochilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashdir.
Assotsiatsiya ijtimoiy qonunchilikni ishlab chiqish, ijtimoiy xodimlar
mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy sohaga xodimlarni jalb qilish bilan
shug‗ullanadi. Assotsiatsiya a'zolari ommaviy axborot vositalari bilan muloqot
qilish va jamiyat fikrini shakllantirishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ijtimoiy xodim amaliy ishlarining o‗ziga xosligi shundan iboratki, ta'lim
olgandan so‗ng har bir ijtimoiy xodim davlat mustaqil kengashida ro‗yxatdan o‗tib,
litsenziya oladi. Amaliy faoliyatni davom ettirish uchun har yili ish beruvchi va
mustaqil kengash oldida o‗z faoliyatining yuqori axloqiy ekanligini isbotlab berish
kerak.
87
Assotsiatsii ahamiyati shundan iboratki, ish beruvchi va mustaqil kengash
oldida ijtimoiy xodimning manfaatlarini aks ettirib, muammoli masalalar paydo
bo‗lganda maslahat berib, ijtimoiy xodim tayyorgarligiga zamonaviy talablar
to‗g‗risida axborot beradi.
Assotsiatsiya boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi: ijtimoiy ish
maktablari assotsiatsiyasi, direktorlar assotsiatsiyasi, kasaba uyushma tashkilotlari.
Bu kuchlarni birlashtirish, o‗zaro faoliyatning strategik yo‗nalishlarini ishlab
chiqish va ijtimoiy xodim faoliyatida siyosiy nuqtai nazardan o‗zgartirishga
yorjam beradi.
Assotsiatsiya a'zolari quyidagi imtiyozlarga ega: bepul maslahat olish,
sug‗urtalashda, mebellar, buyumlar xarid qilishda chegirmalar, seminar va
konferensiyalarda qatnashishda imtiyozlar.
4
.
Qo‗shma Shtatlardagi ijtimoiy xodimlar milliy assotsiatsiyasi (NASW)
ijtimoiy xodimlar kasbiy tashkiloti. NASW o‗z a'zolari va umuman ijtimoiy
xodimlar uchun so‗nggi axborot va boshqa resurslarni olish, tadqiq qilishni
ta'minlaydi.
AQSh ijtimoiy xodimlar milliy assotsiatsiyasi o‗z siyosatini amalga
oshirishda asosiy tamoyil sifatida inson huquqlarini olib, ijtimoiy xizmat nazariyasi
va amaliyoti shunday tuziladi: «insonlarning fuqarolik, madaniy, siyosiy, ijtimoiy
va iqtisodiy ehtiyojlarini ta'minlashda jamiyatning javobgarligi to‗g‗risida masala
ko‗tarilganda ijtimoiy xodimlar ularni bajara olishlariga ishonchi komil bo‗lishi
kerak.» (NASW 2000:181). Ijtimoiy xodim insonlar bilan noinsoniy
munosabatlarning har qanday shakliga qarshi turishi lozim»
15
.
Dostları ilə paylaş: |