5
См.
https://slovari.yandex.ru/
Малый энциклопедический словарь Брокгауза ва Ефрона кичик энциклопедик
луғати
/
Замонавий орфографияда.
-
Петербург: Ф.А. Брокгауз - И.А. Ефрон, 1907-1909.
16
ularga g‗amxo‗rlik qilish qonun bilan belgilangan. (tug‗ilgan joyi va kelish
muddati).
17-18-asrlarda uy xodimlari vositasida g‗amxo‗rlik qilish keng qo‗llanilib,
ular majburiy ishlarni bajarish uchun shasxlarga yordam berishgan. 19-asrning
ikkinchi yarmida bu tizim o‗z maqsadlariga erishmagan deb topilib, mehnat
yordami tushunchasi chiqarib tashlangan. Rossiyada xususiy g‗amxo‗rlik qilish
alohida xayriya tashkilotlari, shaxslar va muassasalar tomonidan amalga
oshirilgan.
3. O„zbekistonda ijtimoiy yordamning asosiy shakllari..
Insonni himoya
qilishning amaliyoti yordam va o‗zaro yordamning ma'lum shakllarida o‗z aksini
topgan bo‗lib, uning asosiylari quyidagilar: turli diniy tushunchalar bilan bog‗liq
ibodatlar; oila, keluvchilar, xo‗jalik doirasidagi.
Ijtimoiy yordamning dastlabki namoyon bo‗lishi tabiiyki yordamga muhtoj
shaxsga g‗amxo‗rlik qilish istagining paydo bo‗lishidir. Uning asosiy shakllari
umumiy, shuningdek xo‗jalik yordami, jins, oila, jamiyat doirasidagi o‗zaro
yordam va himoyadir. Bunday tashkilotlarda turli an'analar doirasidagi a'zolarning
o‗zaro aloqasi namoyon bo‗ladi.
Muhtojlarga moddiy yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilgan xayriya an'analari
ularga ixtiyoriy va beg‗araz pul, mulk, xizmatlar berishda aks etadi. Asosiy motiv
ham diniy. Ham ruhiy sabablarga ko‗ra xayriya faoliyatini takomillshatirish bo‗lib,
insonparvarlik g‗oyalaridan boshqa shaxslarning farovonligi ta'minlanishiga olib
keldi. Shuni qayd etish kerakki, bu tashqi majburlash emas, balki ixtiyoriy va ongli
harakat sanaladi.
Ijtimoiy tadbirlar tizimi to‗g‗risda muhokama qilish imkonini beruvchi
dastlabki yozma manbalar zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodir. Unda
davlat ijtimoiy siyosati va tuzilishi to‗g‗risida ma'lumotlar keltirilgan. Xayriya
manzilli yordam ko‗rsatish usuli sifatida oddiy fuqarolar uchun an'anaviy axloq
qoidasi bo‗lgan, ruhoniylar va diniy tashkilotlar vakillari xayriya faoliyatini
amalga oshirish, yordam, ko‗mak ko‗rsatish kabi ijtimoiy ish vazifalarini
bajarganlar. Hukumat, badavlat shaxslar, ibodatxonalar xayriya tushliklarini tashkil
17
qilishgan va muhtoj va kambag‗allarga tarqatishgan. Jamoada muhtoj oilalarga
moddiy yordam umumiy jamoa fondi hisobidan ko‗rsatilgan.
Jamiyatdagi ijtimoiy yordam mexanizmining xususiyati har bir inson himoya
ostida bo‗lishi kerakligiga asoslangandir. Bu tuzilma o‗z ichiga oila va jamiyat
tarkibiga kiruvchi a'zolarni qo‗llab-quvvatlashni oladi. O‗zyuekiston hududidagi
qadimgi jamiyatlar bunday muammolarning katta qismini tarbiya, ishga
joylashtirish bilan hal qilishgan va shaxs. Oila, guruh darajasidagi ijtimoiy yordam
ko‗rsatish jamoa diqqat markazida bo‗lgan.
Qadimda jamiyat a'zolariga yordam va ko‗mak ko‗rsatishning shakllaridan
biri hashar- beg‗araz va ixtiyoriy yordam bo‗lib, uy, ko‗prik, to‗g‗on, kanal
qurilishida ishtirok etish sanalgan. Bunday ko‗ngilli yordam odamlar o‗rtasidagi
ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlab, katta hajmdagi ishlarni bajarishda
qo‗shimcha ish kuchini talab qilgan hollarda amalga oshirilgan. Qayd etish
kerakki, bu qadimiy odat hozirgacha saqlanib qolgan.
O‗rta Osiyo tarixining islom davri ijtimoiy hayotda diniy tashkilotlar
ishtiroki bilan davom etdi va o‗ziga xos ahamiyatga ega bo‗ldi. Davlat boshqaruvi
shakli bunda yetakchi bo‗lsada, islom ibodatxonalari ahamiyati ham katta edi. Bu
davlat darajasida muhtoj fuqarolarga ijtimoiy ko‗makni amalga oshirishda islom
ta'sirini belgilab berdi.
Muhtoj insonlarga ijtimoiy yordam ko‗rsatish shakllari kengayib, jamiyat
ham yangi turdagi madaniy qadriyatlarga ehtiyoj sezdi. Ijtimoiy yordam va ko‗mak
vazifalari masjidlarda, shuningdek umumiy-diniy hamjamiyatlarda amalga
oshirildi. Ijtimoiy yordam shakllari individual va kollektiv shakllarda bo‗ladi.
Yordamning eng keng tarqalgan individual shakli har bir musulmon uchun asosiy
islom arkonlaridan sanalgan ehson (zakot) berishdir.
Zakot so‗zi sadaqa ma'nosini anglatib, ixtiyoriy tarzda kambag‗allarga
beriladigan yordamni anglatadi. Zakot aholining kambag‗al qatlami ehtiyojlari
uchun berilishi kerak. Zakotdan tashqari fitr sadaqasi ham bo‗lib, ro‗za oyida yoki
u tugaganidan so‗ng beriladi. Fitr sadaqasi o‗z mulkiga ega, qarzi mavjud
18
bo‗lmagan har bir musulmon uchun farzdir. Bunda kam ta'minlangan fuqarolarning
manzilli ijtimoiy himoyasi namoyon bo‗ladi.
Mamlakat ijtimoiy madaniy tizimida yana savob va himmat tushunchalari
ham bo‗lib, u ijtimoiy yordamning o‗ziga xos vositasidir.Uning mohiyati shundan
iboratki, u odatda sirli tarzda beg‗araz yordam berishni anglatadi. Umumiy
yordamning jamoaviy shakllariga qurbonlik qilish, tibbiy yordam, maxsus bepul
kasalxonalarni tashkil qilish kiradi.
Mazkur bosqichda jamiyat sub'ektlarini qo‗llab-quvvatlash mexanizmi
paydo bo‗lib, turli holatlar natijasida shaxslar hayot faoliyati uchun teng
imkoniyatlar bo‗lmasligi mumkin. Ammo individual yordam amaliyoti bilan
birgalikda o‗zaro yordamning shakllari ham paydo bo‗ldi. Ular faqatgina
individual himoya shakllari bilan emas, balki oila, qo‗shnilarga ko‗rsatiladigan
jamoaviy xususiyatga ham ega edi.
Ijtimoiy himoyaning jumoat institutlarining a'zolari ba'zan juda manfaatli
tomon sanalishgan. Bu shakl takomillashib xayriya faoliyati bilan shug‗ullanuvchi
tashkilotlarga aylangan. Masalan bolalar o‗z ota-onalarini keksaygan paytida
hurmat qilishlari va ta'minlashlari kerak, ota-onalar qizlarini vaqtida turmushga
berishlari kerak. A'zolar baxtsiz hodisa yoki tartibsizliklar natijasida undan moddiy
yordam olishlari mumkin.
O‗zbekistonda ijtimoiy xizmat o‗zida uzoq tarixga, madaniy-tarixiy
o‗zgarishlarga ega jarayonni aks ettiradi. Ijtimoiy xizmat filantropiya, xayriya va
shunga o‗xshash faoliyatlardan faqatgina muammolarni hal qilishda yordam berish
bilan emas, balki qiyinchiliklarni bartaraf qilish va o‗z-o‗ziga yordam berish
ko‗nikmalarini rivojlantirishi bilan ham farq qiladi. Bu aytish mumkinki, turli
hayotiy muammoli holatlarda insonning o‗z muammolarini faol yechishga
o‗rgatishdir.
Sharq taraqqiyot o‗choqlaridan biri bo‗lib, doimo o‗ziga xos, takrorlanmas
madaniyatga ega bo‗lgan. Bunday asosiy madaniyat dominatlariga ko‗pgina sharq
mamlakatlari va xalqlari uchun xos bo‗lgan an'analar va fikrlashning qonuniy
19
uslublari, kirib, sotsiologiyada an'anaviy jamiyat deb ataladi. Bunda avloddan
avlodga o‗tib keluvchi odatlar,me'yorlarga qattiq rioya qilinadi.
Turli
darajadagi
individual
va
ommaviy
bilimlarning
muhim
xususiyatlaridan biri kattalarni hurmat qilishdir. Sharqdagi mazkur xususiyat
O‗zbekistonda ham saqlangan va ma'naviy-axloqiy darajaga ega. Oilada va
jamoada katta kishi gapirganda barcha quloq solib, undan baland ovozda
gapirmaydi. Jamoaviylik doimo sharq madaniyatining barcha darajalari uchun xos
bo‗lgan: maishiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy. Qadimgi vaqtlardan tarbiya umumiy
psixologiya asosida amalga oshirilib, har bir shaxs biz tushunchasining bir bo‗lagi
sifatida ko‗rilgan.
Mustaqillik qo‗lga kiritilgandan so‗ng demokratik huquq va erkinliklar asrlar
osha yig‗ilgan axloqiy, ruhiy va ma'naviy qadriyatlar bilan rivojlanmoqd.
O‗zbekistonda mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarish organiga mahalla-qo‗shnilar
jamoasi kiradi. O‗zbek mahallalari ming yillik tarixga ega va muhtojlarga ijtimoiy
yordam berishning tayanchi sanaladi. Bu yerda oilaviy-maishiy odat va an'analar
saqlanadi va avloddan avlodga o‗tadi, bevalar va ularning farzandlariga ma'naviy
va moddiy ko‗mak beriladi, yetim bolalar tarbiyasiga katta e'tibor qaratiladi.
4.
Dostları ilə paylaş: |