242
nafaqalar, nogiron va yolg‗iz keksalarga moddiy yordam ko‗rsatishni
nazorat
qiladi, aholiga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish uchun mas'ul bo‗ladi. Xalq ta'limi
vazirligi bolalar bog‗chalari va yaslilar, ota-ona qaramog‗isiz qolgan, nogiron va
rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun internatlar ta'lim
tizimini nazorat
qiladi. Sog‗liqni saqlash vazirligi onalar va bolalar sog‗ligi uchun javobgar bo‗lib,
homilador ayollarni majburiy ro‗yxatga olish va maslahat berishni o‗tkazadii,
yangi tug‗ilgan chaqaloqlar patronaji, bolalar maslahatxonalari tizimi orqali kasal
bolalarni emlash va davolashni amalga oshiradi, muntazam tibbiy ko‗riklar orqali
bolalar bog‗chasi va maktablardagi bolalarning sog‗ligini nazorat qiladi. Ichki
ishlar boshqarmalari hokimiyat bilan birgalikda huquqbuzarliklar profilaktikasi va
nazoratini amalga oshirib, shu jumladan bolalar va o‗smirlar huquqbuzarligini
oldini oladi. Mahalla qo‗mitalari davlat byudjetidan olingan mablag‗larni kam
ta'minlanganlarga taqsimlaydi. Bu maqsadlar
uchun shuningdek byudjetdan
tashqari fondlar va xayriya tashkilotlarini jalb qiladi.
3
. Er-xotin munosabatlari bir necha darajaga ajratilib, bir qator ziddiyatlar
paydo bo‗lishi mumkin.
Psixofiziologik –jinsiy hayot buzilishida namoyon bo‗ladigan nomuvofiqlik.
Bu
tez-tez uchraydigan muammo, ammo ajrashishga sabab bo‗ladigan eng
muhim sabablardan emas.
Psixologik – oilada nosog‗lom muhitning yaratilishi, bolalarga salbiy ta'sir
qiluvchi doimiy nizolar, kelishmovchiliklarda namoyon bo‗ladi.
Ijtimoiy ahamiyatli –yuu daraja barqarorligining buzilishi belgilari- oiaviy-
maishiy yuklamalarning noto‗g‗ri, noteng taqsimlanishi.
Ijtimoiy madaniy (axloqiy) – er-xotinning
bir birini tushunmasligi
oqibatidagi nizolar, hurmat qilmaslik, o‗zaro qiziqishning yo‗qligi, muloqotdan
qoniqmaslik, hayotiy maqsad, ideallari mos kelmasligi.
U yoki bu darajadagi ziddiyatga olib keluvchi sabablar turlicha bo‗lishi
mumkin. Ammo ularni vaqt bo‗yicha paydo bo‗lishini ikkita yirik guruhga ajratish
mumkin. Bu sababalar
bevosita nikoh vaqtida, birgalikda yashash va umumiy
ro‗zg‗or asosida paydo bo‗ladi va oila qurguncha ular ob'ektiv mavjud bo‗ladi.
243
Oila qurgunga qalar mavjud bo‗ladigan ob'ektiv sabablar guruhi xatar
omillari deb nomlanib, ular nikohgacha tanishuv vaqtida ma'lum bo‗lib, kelgusida
ajrashish xavfini keltirib chiqaradi.
Xatar
omillari inson shaxsi, uning tarbiyasi va nikoh sharoitlari bilan
bog‗liqdir. Xatar omillariga quyidagilar kiradi:
•
Er-xotin o‗rtasidagi ta'limdagi va yoshdagi katta tafovut (ayniqsa agar
ayol ancha katta bo‗lsa).
•
Er-xotindan birining ichkilikka moyilligi;
•
Nikohga, umuman oilaga
yengil qarash;
•
Nikohga juda kech yoshda kirishish;
•
Tez farzand ko‗rish ehtimoli;
•
Juda kam muddat tanishganlik;
•
Nikoh tuzishga ota-onalarning qarshiligi;
•
O‗zaro roziliksiz, majburiy nikoh.
Bu omillar birgalikdagi hayotning dastlabki yillarida ko‗rinib, barcha
ajrimlarning uchdan bir qismi birgalikda bir yildan uch yilgacha yashagan oilalarda
kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: