Olib borilgan tajribalar va kuzatishlar natijasida, juda ko‗p hollarda
kartoshkaning X, S, M, A va Y-viruslarining aralash holda kelib o‘simlikdagi
А – X va S viruslar bilan kasallangan Diyora navi; Б, Д – L va Х- viruslari bilan kasallangan To`yimli
navi; В – kartoshkaning L-virusi bilan kasallangan Sante navi; Г, Е –Kartoshkaning Х, S vaY –viruslari
kurash choralarini ishlab chiqish jarayonida bir qator qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Chunki bu viruslarning xo‗jayin o‗simliklari aksariyat hollarda bir xil
3 5
bo‗ladi. Shuning uchun virusni ajratish uchun zarur bo‗lgan qulay xo‗jayin
o‗simlikni aniqlash va aralash viruslardan tozalash yo‗llarni ishlab chiqish muhim
ahamiyatga ega.
Kartoshkaning ,,Diyora‘‘ navida xol-xol mozaika va bargning buralishi va
barg plastinkasining kichrayishi kabi kasallik alomatlarini namoyon qilgan
o‗simliklar kartoshkaning X va S-viruslari bilan, ,,To‗yimli ‘‘navida esa mozaika
va bargning qayiqsimon buralishi kasallik alomati mavjud bo‗lgan o‗simliklar
kartoshkaning L, X va M-viruslari bilan, kasallik alomati bargning buralishi
bo‗lgan ,,Sante ‘‘navi faqat kartoshkaning L-virusi bilan ,,Aqrab‘‘ navi esa
kasallik alomati bargning dag‗allashishi va mozaika sifatida paydo bo‗lgan
o‗simliklar kartoshkaning X, S va Y-viruslari bilan kasallanganligi IFA
yordamidagina tekshirishlar natijasida aniqlandi [13]. Mamlakatimizda o‗rganilgan
kartoshka viruslaridan mexanik usulda va hasharotlar yordamida juda oson tarqala
oladigan va o‗simlikda bir necha yil davomida kasallik alomatini namoyon
qilmasdan saqlanib, hosildorlikka katta zarar keltiruvchi viruslardan biri bo‗lgan
Kartoshka X-virusini o‗rganish maqsad qilindi va buning uchun dastlab virusni
ajratib olish, aniqlash va biologik tozalab, bir qator xususiyatlarini o‗rganish zarur
edi. Viruslarni ajratish va biologik tozalashda mazkur virusni spetsifik nekroz
hosil qiluvchi va tizimli kasallantiruvchi o‗simliklardan o‗tkazib boshqa virusdan
tozalash ko‗zda tutiladi. Bu jarayonda virusning yuqish yo‗llarini ham hisobga
olish yaxshi samara beradi. KXV va KSB larini ajratish va biologik tozalash
sxemasi 4-rasmda keltirilgan.
KXV ni ajratishda asosiy tabiiy manba sifatida kartoshkaning ―Diyora‖
navidan va dastlabki differensiator o‗simlik sifatida Datura stramonium L.
o‗simligidan foydalanildi, chunki bu o‗simlik kartoshkani kasallantiruvchi
viruslar ichida KXV dan tashqari faqatgina kartoshkaning L-virusi bilan
kasallanadi, ammo bu virus mexanik usulda yuqmasligi, faqat payvand yoki
hasharotlar yordamida yuqishi [11] sababli bizning tajribalarimizda o‗simlikning
bu virus bilan kasallanish xavfi bo‗lmadi.