6-rasm. Chenopodium album L (oq sho`ra) o`simligida KXV hosil qilgan
sariq nekrotik dog`lar
(chapda KXV bilan kasallangan, o`ngda sog`lom o`simlik)
Bir qator mualliflar [1,13] ta‘kidlaganidek, virus to‗plovchi o‗simlik
sistemali kasallik alomatlarini hosil qilsa, ulardan ko‗proq virusli material yig‗ib
olishga imkon beradi. Bangidevona va mingdevona (7-rasm) kabi o‗simliklarda
KXV xuddi shunday, ya‘ni sistemali kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi va
o‗simlikning butun vegetatsiya davomida saqlanib turadi.
Bundan tashqari, bu o‗simliklarning qulayligi shundaki, virus bilan
kasallantirilgan do‗rmon bargi yig‗ib olinsa bir necha kundan so‗ng yana yangi
barg chiqaradi va bu barglarda kasallik alomatlari doimo saqlanib turadi.
Kartoshka va sho‗raning Ch. quinoa va Ch. amaranticolor kabi turlari bargi
4 0
yig‗ishtirib olinsa, o‗simlik qurib qoladi. Bangidevona esa KXV ni ishlab
chiqaruvchi haqiqiy biologik fabrikaga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |