Virus ko‗p to‗plangan (kartoshka, sho‗ra) o‗simliklardan KXV to‗plash va
virusli material yig‗ib olish imkoni yo‗q. Sistemali kasallik alomatlarini keltirib
chiqaradigan bangidevona va mingdevona kabi o‗simliklardan esa ko‗p miqdorda
va qayta-qayta virusli material yig‗ib olsa bo‗ladi. Bundan tashqari, ayrim
o‗simliklarda taninsimon moddalar mavjud bo‗lib, ular virus tozalashda virus
4 2
zarrachalarini parchalab yuboradi [19]. Ayrim o‗simliklarda (masalan,
kartoshkada) qiyin tozalanadigan moddalar bo‗lib, bu ham tozalash jarayonini bir
qadar qiyinlashtiradi. Bangidevona, mingdevona va tamaki kabi o‗simliklardan
virus tozalash oson va yuqoridagi qiyinchiliklardan xoli bo‗ladi.
3.3. Kartoshka X-virusini ba‟zi xususiyatlarini o`rganish
Viruslarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‗rganish viruslarni bir-biridan
ajratish, identifikatsiya qilish va qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda muhim
ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarga ularning turli sharoitlarda saqlanishi, oxirgi
suyulish darajasi (OSD), harorat ta‘sirida faolligini yo‗qotish darajasi(HTFY)
kabilar kiradi.Viruslar hujayrada har xil miqdorda to‗planadi. Ba‘zi virus bilan
kasallangan o‗simliklarning 1kg dan 1-3 gr toza virus ajratib olinsa, ba‘zilaridan
3-5 mg ajratib olish mumkin, bu birinchi navbatda virusning hujayrada
to‗planishiga bog‗liqdir [13].
Bir qator mualliflarning aniqlashlaricha KXV ning (OSD) 10
-5
-10
-6
, virus
65-76
о
С haroratgacha saqlanishi mumkin [13]. Shuning uchun ushbu ishda
O`zbekistonda tarqalgan KXV ning bu xususiyatlari tekshirib ko`rildi.
KXVning OSD tekshirish uchun dastlab kartoshkaning X-virusi bilan
kasallangan bangidevona (
Datura stramonium L
.) o‗simligidan virusli namuna
olinib material va ish uslubi bobida keltirilgandek suyultirildi va har bir
probirkadagi namuna bilan alohida-alohida G. globosa o‗simligi kasallantirildi
hamda kasallik alomatlari paydo bo‗lguncha kuzatib borildi (8-rasm).
Rasmdan ko‗rinib turibdiki, nazorat, ya‘ni suyultirilmagan o‗simlik shirasi
bilan kasalantirilgan barglarning barchasida kasallik alomatlari paydo bo‗ldi,
nekrozlar soni esa 70 ta ni tashkil qilgan bo‗lsa, 10
-1
dan 10
-3
gacha suyultirilgan
namunalar bilan kasallantirilgan barcha barglarda ham kasallik alomatlari paydo
bo‗lgan, ammo nekrozlar soni kamayib (60-13) borgan. Eng oxirgi kasallik alomati
esa 10
-5
marta suyultirilgan namuna bilan kasallantirilgan bargda paydo bo‗ldi