3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi.
So`nggi
yillarda
kartoshka
o‘simligini
kasallantiruvchi 40 dan ortiq viruslar keltirilgan bo‘lib, bunday viruslarga
kartoshkaning - A, S,M, Y, L, X kabi viruslarni keltrishimiz mumkin. Bu
viruslarning har biri o‘simlikda o‘ziga xos kasallik alomatlarni keltirib chiqaradi.
Masalan, X-virus ―xol-xol mozaika‖, Y-virus ―bargning burishishi, chiziqli
mozaika‖ kabi alomatlar [13]. Bu viruslar o‘simliklarni kasallantirishi bilan bir
qatorda hosildorlikni pasaytishi, tuganak tarkibidagi karaxmal miqdori, vitaminlar
miqdorini pasaytirib kartoshkaning oziqlik sifatini pasaytirib kata iqtisodiy zarar
keltiradi. Bu virualarning ichida KXV o‘zining latent holda o‘simlikda kasallik
alomatlarini namoyon qilmasdan tarqalishi hamda mexanik, tuproq zamburag‘lari
bilan oson tarqalish xususiyatlarinig mavjudligi bilan viruslar ichida o‘rganishini
talab etadigan viruslar qatoriga kiradi.
Bugungi kunda butun dunyoda bu o`simlikning virusli kasalliklariga qarshi
kurash choralarini ishlab chiqishda biotexnologik yo‘llar bilan apikal
meristemadan virussiz kartoshka olish yo‘llari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu usul
kartoshkaning birlamchi viruslardan xoli bo‘lishini ta‘minlab berishi mumkin,
ammo bu virussiz kartoshka ochiq maydonga chiqarilganda yana qayta virus bilan
zararlanishi kuzatilishi mumkin. Asosan X-virus singari latent holda tarqaladigan
viruslar juda tez tarqalib, yillar davomida alomatlarini namoyon qilmasdan zarar
keltirib yurishi mumkin. Buning oldini olish uchun muntazam nazorat olib
boriladigan immunologik diagnostika usullari zarur bo‘ladi. Bunday diagnostika
usullarini ishlab chiqishda aralash infeksiyadan tozalangan virus preparati talab
etiladi. Mamalakatimizda ushbu yo‘nalishlarda Mirzaaxmedov V. (1964),
Vaxobov A. (1968), Davronov Q. (1980), Qodirova Z. (1991), Jo‘rayeva U.
(1996), Umarova G. (2009), Fayziyev V. (2011) kabi olimlar turli fitoviruslarni
aniqlash, ajratish va biologik usulda tozalash ustida ilmiy tadqiqotlar olib
borishgan. Shuning uchun ushbu bitiruv malakviy ishda quyidagi maqsad va
vazifalar belgilab olindi.