Kartoshkaning mop-top virusi (KMTV) Bu viruni birinchi bo‗lib
1966-yilda Shotlandiya va Peruda, Calvert va Harrisonlar tomonidan aniqlangan.
So‘nggi yillarda qator davlatlarda (Shimoliy Irlandiya, Angliya, Shveysariya,
Niderlandiya va h.k.) ―mop-top‖ nomli virusli kasallikni tarqalishi tobora ko‘payib
bormoqda. O‘simlik vegetatsiyasining qisqarishi poyalarni kalta bo`lib qolishiga,
hosildorlikka, natijada esa o`simlikni nobud bo`lishiga olib kelmoqda. KMTV
o`simlikda mozaika, barg to‗qimasini zararlanishi, barglarida aylana nekrozlar,
kartoshka sariq dog‗lari,barg yaprog‗ining qisqarishi va barg buralishi, kasallangan
o‗simliklarda poyasining pastligi va g‗ujlanib o‗sishi kabi alomatlarni keltirib
chiqaradi[13]. Bu virus kartoshka tuganagida nekrotik xalqali dog‘lar, ko‘zchalarni
o‘yiqlanishi, keyinchalik esa tuganaklarni kuchli darajada yoriq-yoriq bo‘lib
qolishi va ularni ichki to‘qimalarini nekrotizatsiyasi kabi alomatlarni keltirib
chiqaradi. Kasallikka chalingan o‘smliklar sharbatini olib elektron mikroskop
yordamida kuzatilganda tayoqchasimon zarralar aniqlangan, ular bitta yoki
tartibsiz ravishda to‘p-to`p bo‘lib joylashgani kuzatilgan. KMTV ning o‗lchami
100-150 yoki 250-300 nm, eni 18-20 nm kattalikda bo‗ladi. Virusning HTFY 75-
80
o
C, OSD 10
-2
-10
-4
, in vinto sharoitida 1 kunda yuqumliligini yo‗qotadi, ammo
juda oz miqdori yashovchanligini 10 haftagacha saqlab qoladi. Bu virus bir
o‗simlikdan ikkinchi bir o‗simlikka tuganak orqali yuqadi (tarqaladi) [17].
KMTV tabiiy holda kartoshka qora kuya zamburug‗lari tomonidan yuqadi
(spongospora subterranea). Kartoshka o‗simligi rivojlanishiga qaramasdan KMTV
yuqishi tuproqda mavjud bo‗lgan turg‗un viruslarga ham bog‗liq. Bu viruslar bir
daladan boshqa bir dalaga tuganak tomonidan spongospora subterranea
zamburug‗i sporasi bilan birgalikda ko‗chib o‗tishi aniqlangan.
1 4
Tuproqning kasallik tarqatishi tahlili. Tuproq namligini va tuproqdagi
mavjud nematodalardan tozalash uchun tuproq 20
0
C da 2 hafta davomida
quritiladi va nicotina debneyi ekiladi. N. debeyida 5-6 haftadan so‗ng poyadan
barg yuzasini markaziga qarab tarqalgan yorqin nekrozlar hosil bo‗ladi. KMTV
kartoshka o‗simligi barglarida paydo bo‗lganidan so‗ng Ch. amaranticolor
o‗simligiga mexanik usulda yuqtirilganida, o‗simlikda yoyilgan kichkina
aylanasimon xloritik dog‗lar paydo bo‗ladi va sekin asta bosqichma-bosqich
aylanasimon xloritik dog‗lar kattalashadi va kasallikning asl ko‗rinishi namoyon
bo‗ladi. Xloritik dog‗lar bargning katta qismini egallaydi. Lekin bu sistemali
xloritik dog‗larni hosil qilmaydi. Ch. quinoada ham xloritik dog‗lar paydo bo‗aldi.
N.tabaccum (oq Burley) N.clevandii va D.stramonium o‗simliklari bargidagi
nekrozlar issiqxonada qishda ham paydo bo‗ladi. KMTV tobacco ga
yuqtirilganda ch.amaranticolor o‗simligiga qaraganda 2 hafta oldinroq simptomlar
paydo bo‗ladi [13]. Ba‘zi bir kartoshka navlarida (―Arran pilot”, “Konsul”,
“Alfa”, “Ulster premier” va boshqalarda) kabilarni tuganaklarini 50 % yoki
undan ortig‘i shikastlanishi aniqlangan . Mamlakatimizda ko‘p yetishtirilayotgan
“Pskom”, “Umid”, “Zuxro” kabi navlarda ham KMTV uchrashi aniqlandi. Virus
tuganak qismini iste‘molga yaroqsiz qilib kartoshkani savdo sifatiga salbiy ta‘sir
ko`rsatadi. Bunda umumiy hosildorlik 25% gacha, kasallanishning juda kuchli
darajasida esa xatto 50% gacha tushib ketishi aniqlangan[17].
Dostları ilə paylaş: |