277
birdaniga toʻsib qoʻyishi yoki u orqali oʻtishiga imkon oqim beradi. Bu
haqiqiy elektron kalit boʻladi!
1954
yilga kelib, Bak suyuq geliyning past haroratlarida topilgan
elektromagnetizmning
yanada
qiziqarli
xususiyatini
–
oʻta
oʻtkazuvchanlikni aniqlaydi. Ushbu hodisa oʻziga xos boʻlsa ham, ilgari
oʻrganilgan edi. XX asrning boshlaridan beri fiziklar suyuq geliyning
qaynash nuqtasiga yaqin haroratga qadar sovutilganda turli xil metallarning
elektr qarshiligini butunlay yoʻqotishini bilishgan.
1950-yillar futurizmi ruhida Bak oʻz ixtirosini
kriotron deb atadi -
krio (ϰρύος, yunoncha «muzli sovuq, ayoz» soʻzlari) va elektronikadan
iborat soʻz birikmasi. Ammo texnologiyani taklif qilish va unga nom
berish yetarli emas edi. Bak tez orada oʻnlab prototiplarni yaratishni va
sinovdan oʻtkazishni boshladi.
Kriotronning bir nechta prototiplarini birlashtirgan holda, kriotronlar
yordamida raqamli kompyuter xotirasi va mantigʻi
uchun barcha asosiy
sxemalarni yigʻishning uddasidan chiqdi.
85
XX asrning birinchi yarmida fizikaning rivojlanishini koʻrsatgan
“Birinchi kvant inqilobi” lazerlar, tranzistorlar, yadro qurollari, keyinchalik
esa – mobil telefon aloqalari va Internetning paydo boʻlishiga olib keldi.
“Birinchi kvant inqilobi” texnologiyalari bugungi kunda deyarli hamma
joyda qoʻllaniladi: kompyuterlarda, mobil telefonlarda, planshetlarda,
raqamli kameralarda,
aloqa tizimlarida, LED yoritgichlarda, MRT
skanerlarida, tunnel mikroskoplarida va boshqa koʻplab qurilmalarda. Turli
ekspert baholariga koʻra, “Birinchi kvant inqilobi”ning sanoat sohasidagi
qiymati yiliga 3 trln.dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga,
zamonaviy
kompyuterlarning ishlash samaradorligini tavsiflovchi Mur qonuni endi
ishlamaydi. XX asrning yakuniga kelib esa jahon “Ikkinchi kvant
inqilobi”ga qadam qoʻydi. “Birinchi kvant inqilobi”dan uning asosiy farqi
shundaki, texnologiya va qurilmalar kvant hodisalarini kollektiv
boshqarishdan murakkab kvant tizimlarini individual zarrachalar, masalan,
atomlar va fotonlar darajasida boshqarish qobiliyatidir.
Alohida kvant
ob’yektlarini
shunday
yuqori
darajada
boshqarishga
asoslangan
texnologiyalar odatda “kvant texnologiyalari” deb nomlanadi. Bugungi
kunda KTlar milliy xavfsizlik masalalarida, shuningdek,
axborot
85
https://habr.com/ru/company/cloud_mts/blog/514284/
278
texnologiyalari va tibbiyot kabi strategik muhim sohalarda tobora muhim
rol oʻynay boshlayapti. Raqamli iqtisodiyotning barcha strategik
sohalarida, masalan, uzoq muddatli istiqbolda sun’iy intellektni
rivojlantirish kvant texnologiyalaridagi yutuqlarni talab qiladi.
Kvant
texnologiyalari katta ilmiy tarkibiy qismga ega boʻlishiga qaramay, bu
ularning sohada jadal rivojlanishi va joriy etilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
KT uchta asosiy subtexnologiyaga boʻlinadi.
Dostları ilə paylaş: