153
Blokcheynlar dunyoning blockcheyn faylini olish mumkin boʻlgan istalgan
nuqtasida qandaydir qiymatni yuborishga imkon beradi. Ammo “egalik
qilinadigan” bloklarga kirish uchun ruxsat
berish uchun uning egasida
kriptografik tarzda yaratilgan shaxsiy kalit boʻlishi kerak.
Oʻzgaga shaxsiy kalitni berish orqali, aslida oʻsha odamga
blockcheynning tegishli qismida saqlanadigan pul miqdorini beriladi.
Bitkoinlarda bunday kalitlar toʻgʻridan-toʻgʻri
moliyaviy qiymatga
ega boʻlgan ma’lum miqdordagi valyutalar saqlanadigan manzillarga kirish
uchun ishlatiladi. Bunda pul oʻtkazmalarini roʻyxatdan oʻtkazish
funktsiyasi amalga oshiriladi, odatda bu rolni banklar bajaradilar.
Bundan tashqari, yana bir muhim funktsiya amalga oshiriladi:
ishonch munosabatlarini oʻrnatish va shaxsni tasdiqlash,
chunki hech kim
tegishli kalitlarsiz blokcheynni oʻzgartira olmaydi. Ushbu kalitlar orqali
tasdiqlanmagan oʻzgarishlar rad etiladi. Albatta, kalitlarni (moddiy
valyutadek) nazariy ravishda oʻgʻirlash mumkin, ammo kompyuter
kodining bir necha qatorini himoya qilish odatda
kata xarajatlarni talab
etmaydi.
Bu shuni anglatadiki, banklar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy
funktsiyalar – identifikatsiyani tekshirish (firibgarlikni oldini olish uchun)
va tranzaktsiyalarni keyinchalik roʻyxatdan oʻtkazish (soʻngra ular qonuniy
holga keladi) – blockcheyn orqali tezroq va aniqroq bajarilishi mumkin.
Blockcheyn texnologiyasi vositachilardan xalos boʻlish uchun
jozibali imkoniyatni taqdim etadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy
xizmatlar sektori bajaradigan uchta muhim rolni: bitimlarni roʻyxatdan
oʻtkazish, shaxsni tasdiqlash va shartnomalar tuzishni oʻz ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: