164
Microsoft oʻzining Azure bulutli xizmatlarini IoT uchun
moslashtirmoqda.
Odatda, yosh istiqbolli bozorlarda boʻlgani kabi, “standartlar urushi”
boshlanishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa allaqachon koʻp
harakatlar qilinmoqda. Xususan, ikkita eng
katta ommabop texnologiya
muammolari - AllSeen Alliance va Qualcom ning Alljoyn – ochiq aloqa
jamgʻarmasini (Open Interconnect Consortium (OIC)) tashkil etish uchun
yangi ochiq interconnect konsortsiumi (Open Connectivity Foundation
(OCF)) doirasida birlashdilar.
Amazon, Cisco, Huawei, Intel, Nec, Qualcom, Samsung va boshqa
koʻplab kompaniyalarni oʻz ichiga olgan taniqli 230 kompaniyalarda
OneM2M standarti korporativ darajada muvofiqlik vazifasini bajara olishi
kerak
55
.
Internet buyumlarning xavfsizligi
Mutaxassislarning fikriga koʻra, “hozirda xavfsiz IoT ekotizimi
yoʻq”. Internetga ulangan koʻplab qurilmalar simsiz trafikni shifrlamasligi,
yetarlicha murakkablikdagi parollarni taqdim etmasligi va boshqa koʻplab
omillar tufayli xakkerlik qilish, masalan, boshqa odamlarning idish yuvish
mashinalari va
kir yuvish mashinalarini yoqib, oʻchirib qoʻyishlari
mumkin. Oʻzlarining shaxsiy uylari yoki hatto uy hayotini, masalan robot
changyutgichiga oʻrnatilgan videokamera orqali tomosha qilish mumkin.
Xavfsizlikni
oshirishda
internetga ulanish uchun moʻljallangan
qurilmalarni majburiy sertifikatlashtirish, ularga maxsus birlashtirilgan
chiplarni oʻrnatish va boshqa choralar taklif etiladi.
56
Moskvadagi boʻlib oʻtgan Hi-Tech Building koʻrgazmada smartfon
boshqaradigan uy taqdim etilgan edi. Bu uy yorug`lik va pardalar
boshqarish sistemasi, klimat
boshqaruv, suv va havo sifatini nazorat
qiladigan sistema, IP-videokuzatish, multirum, uy kinoteatri bilan
jihozlangan. Agarda uyda xoʻjayinlar boʻlmasa domofonga qilingan
qoʻngʻirok avtomatik tarzda mobil telefoniga joʻnatiladi.
Agarda bu
kutilgan inson boʻlsa, undan ishonch maqsadida MMS orqali rasmini
olishlari mumkin.
55
http://ru.pcmag.com/feature/30079/biznes-v-internete-veshchei-standartizatsiia
56
http://www.tadviser.ru/ Statya:Informatsionnaya_bezopasnost_interneta_veshey_(Internet of Things)
165
Xonadon Android yoki IOS operatsion tizimlarda mobil ilova orqali
boshqariladi. Unda kir yuvish mashinani, kofevarka yoki konditsionerni
masofadan ishga tushirish mumkin. Agarda smartfonni maishiy texnikani
oldiga olib borilsa unda ushbu texnikaning energoishlash yoki nosozliklar
haqida ma`lumotlarni bilish mumkin boʻladi. Xonadonlarda boʻlgan barcha
tizimlar bilan devordagi panellar va maxsus pultlar orqali boshqarsa
boʻladi.
IP-videokuzatish sistemalar ayfon ekranda xonadonning ichkarida va
tashqarisida sodir boʻlayotgan narsalar haqida uzluksiz koʻrish
imkoniyatini beradi. Loyihaning asoslaridan
biri bu maxsus datchiklar,
xoʻjayinning Facebook va Twitter sotsial aloqalariga uning xonadonida
nima sodir boʻlganligi haqida habar joʻnatishidir. Agarda uning uyiga
begona odam kirgan boʻlsa, uning smartfoniga maxsus signal joʻnatiladi.
Shuningdek “aqlli” xonadon Apple TV tizimi bilan ham jihozlangan
boʻlib, u iTunes kutubxonasidan filmlarni va musiqalarni televizor
ekraniga joʻnatadi. Multirum tizimi – Shotlandiyaning Linn kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan va ushbu kompaniya Buyuk Britaniyaning
saroylariga moslamalarni ishlab chiqaradi. Ushbu tizim xonadonda boʻlgan
hamma audio va videolarni boshqaradi.
U orqali har bir xonadonda
dinamiklarni oʻrnatib sevgan musiqani yuqori sifatda eshitib mazza qilsa
boʻladi.
Istiqbolda nafaqat uylar, balki shaharlar va hatto (ba’zi) shtatlar ham
«aqlli» boʻlib qoladilar. Ammo texnologiya va jamiyat rivojlanishining
ushbu bosqichida “internet of things” global miqyosda emas, balki
tovarlar, energiya, transport va
boshqalar ishlab chiqaradigan, yangi
texnologiyalar hisobiga samaradorlik va raqobatbardok ortadigan
kompaniyalar doirasida faol ravishda amalga oshiriladi. Ushbu tajribani
keng yoyishning murakkabligi, turli xil yetkazib beruvchilarni yaxlit
tizimga keltirish va ularning muvofiqlashtirilgan
ishini tashkil etishdadir,
bu esa katta simfonik orkestrning uygʻun tovushiga erishishdan koʻra
qiyinroq ishdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi
Oliy Majlisga Murojaatnomasi va 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha
Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
166
rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturida belgilangan
vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash
hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni
rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida “Raqamli Toshkent”
kompleks dasturi qabul qilindi
57
.
Mazkur Dasturning asosiy vazifasi shahar xizmatlarini boshqarish,
ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, yoʻl-transport sohasi ob’ektlari
va kommunal infratuzilmalarning integratsiyalashgan axborot muhitini
yaratishdan
iborat.
Poytaxtda
toʻplangan
tajribalar
keyinchalik
mamlakatning boshqa hududlariga ham tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: