O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

3.14-rasm. Mobil aloqa hizmatlari 
 
Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iPhone va planshetlar. 
Hozirgi 
kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining 
zamonaviy turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, ular vazifalari jihatidan 
personal kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari 
yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha 
qilish, oʻyinlar oʻynash, hatto radioeshittirish va televideniedan ham 
bahramand boʻlish mumkin. 
Smartfon
 (
smartphone
) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli 
telefon” ma’nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan choʻntak shaxsiy 
kompyuteriga yaqin boʻlgan mobil telefon boʻlib, bunda choʻntak 
kompyuterining barcha vazifalari mujassamlashgan. 
iPhone – toʻrt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi boʻlib, 
oʻzida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet 
planshetlarning asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan. 
Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma boʻlib, shaxsiy 
kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi 
koʻrinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar 
faqatgina ekrandan tashkil topgan boʻlib, boshqa qoʻshimcha qurilmalar 


199 
(sichqoncha, klaviatura) virtual koʻrinishda tashkil etilgan. Planshetlar 
toʻliqligicha 
mobil 
aloqa 
muhiti 
orqali 
Internet 
xizmatlaridan 
foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan. 
3.15-rasm. Mobil aloqa vositalari 
 
Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, 
SMS va MMS.
 
Mobil aloqa vositalari yordamida axborotlarni uzatish 
Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Bluetooth
 – 
kichik qamrov doirasiga ega boʻlgan simsiz aloqa 
texnologiyasi boʻlib, tarmoq qurilmalari orasidagi oʻzaro muloqotni va 
ularning Internetga ulanishini yengillashtiradi. U, shuningdek, turli 
elektron qurilmalar va kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashishni 
osonlashtiradi. Bluetooth kichik ma’lumot oqimlarini uzatish uchun 
moʻljallangan, 
shuning 
uchun 
mahalliy 
va 
global 
tarmoq 
texnologiyalarining oʻrnini bosa olmaydi. 
SMS (Short Message Service)
 –
qisqa xabarlar xizmati boʻlib, mobil 
aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini 
uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. Qisqa xabarlar deyilishiga 
asosiy sabab texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgini uzatish 
mumkin. 


200 
MMS (Multimedia Messaging Service) – GPRS texnologiyasiga 
asoslangan multimedia xabarlarini almashish xizmati boʻlib, u rangli rasm, 
fotosurat, musiqa va hatto videoroliklarni uzatish va qabul qilish imkonini 
beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani 
biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni joʻnatish-qabul qilish uchun, 
MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham 
qoʻllashi zarur. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin