O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

Teriz, N.
The impact of e-commerce on international trade and employment. — Procedia - Social and 
Behavioral Sciences, 2011. — 745 с. 


52 
Elektron tijorat texnologiyalari tranzaktsion xarajatlarni kamaytiradi, 
bu ham ishlab chiqaruvchilarga, ham iste’molchilarga vositachilarsiz 
ishlashga imkon beradi. Bunga eng maqbul narx takliflari va guruhli 
xaridlarni qidirishni kengaytirish orqali erishiladi. Elektron tijoratning 
shahar va mintaqaviy darajadagi muvaffaqiyati mahalliy korxonalar va 
iste’molchilar elektron savdoni qanday qabul qilishiga bogʻliq
25

Biroq, elektron tijoratda kishilarning mijozlar bilan bevosita aloqasi 
yuz bermaydi. Mijozlar, shuningdek, onlayn tranzaktsiyalar xavfsizligi 
haqida qaygʻuradilar va odatda, avvaldan ma’lum boʻlgan chakana 
sotuvchilarga sodiq qolishadi
26

Internet-doʻkonda tovarlarga buyurtma berish misolida elektron 
tijorat tamoyillarini koʻrib chiqamiz. Bunda quyidagi ketma-ketlikka amal 
qilinadi: 
Birinchi qadam – onlayn katalogni koʻrib chiquvchi xaridor 
mahsulotni tanlashga qaror qiladi. Uning kompyuteri yoki mobil qurilmasi 
brauzer orqali doʻkon joylashgan server bilan oʻzaro aloqa oʻrnatiladi. 
Ikkinchi qadam – server foydalanuvchi soʻrovini qabul qilib, uni 
buyurtmalarni qayta ishlash tizimidagi menejerga yuboradi. 
Uchinchi qadam – menejer bazada tovarlarning mavjudligi 
toʻgʻrisida soʻrov yuboradi. Agar mahsulot yoʻq boʻlsa, u holda ishlab 
chiqaruvchiga soʻrov yuboriladi, omborga etkazib berish vaqti aniqlanadi, 
shundan soʻng mijozga aniq ma’lumotlar beriladi. 
Toʻrtinchi qadam – agar tovarlar zaxirada boʻlsa, doʻkon xodimi 
arizani koʻrib chiqishni davom ettiradi. 
Beshinchi qadam – operatsiyani amalga oshirish uchun soʻrov bilan 
moliya tizimiga murojaat qilish – mijoz tomonidan toʻlovni amalga 
oshirish. 
Oltinchi qadam – moliyaviy tizim mijozning hisobvaragʻidagi 
vaziyatga (mablagʻ yetishmasligi, nosoz karta va boshqalar) bogʻliq holda 
tranzaktsiyani amalga oshirishga imkon beradi yoki bloklaydi. Agar 
operatsiya muvaffaqiyatli boʻlsa, menejer ushbu bitimni tasdiqlaydi va 
serverga xabar beradi. 
25
Evans, Richard.
E-commerce, Competitiveness and Local and Regional Governance in Greater Manchester 
and Mersey side: A Preliminary Assessment // Urban Studies. — С. 947–975. 
26
Online Retail Industry Profile: United States // Datamonitor Plc. — 2012. — С. 1–36. 


53 
Yettinchi qadam – server xaridorga toʻlov muvaffaqiyatli amalga 
oshirilganligi, buyurtmaga ishlov berish uchun qabul qilinganligi 
toʻgʻrisida xabar yuboradi. 
Sakkizinchi qadam – buyurtma mijozning manziliga joʻnatish uchun 
tovarlar saqlanadigan omborga yuboriladi. 
Toʻqqizinchi qadam – logistika boʻlimi tovarlarni xaridorga etkazib 
beradi. 
Oʻninchi qadam – ombordan buyurtma yuborilgandan soʻng, server 
mijozga elektron pochta yoki telefon orqali (SMS) tovarlar yetkazilganligi 
toʻgʻrisida xabar yuboradi. 
Internet – bankingning ham onlayn servis algoritmi taxminan bir xil, 
chunki xizmatlar moddiy tusga ega boʻlmasligi mumkin. Masalan, dastur 
funktsiyalariga toʻliq kirish, elektron kitoblar va boshqalarni sotib olish. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin