O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

Elektron biznesdagi muammolar:
Garchi Internet orqali savdoning iqtisodiy foydalari haqida koʻp 
yozilgan boʻlsa-da, xaritalar va joylashuvga asoslangan xizmatlar kabi 
28
Юрасов А.В.
Основы электронной коммерции. Учебник для вузов. — 2-е изд., перераб. и доп.. — 
М.

Горячая линия - Телеком, 2015. — 500 с. — 500 экз. — 
ISBN 978-5-9912-0333-3
 


64 
Internetning ba’zi jihatlari iqtisodiy tengsizlik va raqamli tafovutni 
kuchaytirishga xizmat qilishi mumkinligi haqida dalillar mavjud. 

Xavfsizlik; 

Haqiqiylik; 

Maxfiylik; 

Kirishni nazorat qilish; 

Oʻtkazmalarni tasdiqlash uchun isbotning mavjudligi; 

Ma’lumotlar 
yaxlitligi 
(“Ma’lumot 
biron 
bir 
tarzda 
oʻzgartirilishi yoki buzilishi mumkinmi?”) 

Ochiqligi. 
Sanoat korxonalari tomonidan biznesni avtomatlashtirish uchun 
foydalaniladigan bir qator axborot tizimlari mavjud: 
• ERP (Eng. 
Enterprise Resource Planning
) – korxonaning 
resurslarini boshqarish boʻyicha AT; 
• CRM (Eng. 
Customer Relationship Management
) – mijozlar bilan 
munosabatlarni boshqarish boʻyicha AT; 
• BI (Eng. 
Business Intelligence
) – biznes ma’lumotlarini yigʻish, 
tahlil qilish va taqdim etish boʻyicha AT; 
• ECM (Eng. 
Enterprise Content Management
) – korxonada hujjat 
aylanishi va axborotlarni boshqarish boʻyicha AT;. 
• HRM (Eng. 
Human Resource Management
) – xodimlarni 
boshqarish boʻyicha AT; 
• SCM (Eng. Supply Chain Management) – ta’minot zanjirini 
boshqarish boʻyicha AT. 
Oʻzbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot 
tarmoqlarini 
raqamlashtirishda, 
shu 
jumladan 
elektron 
tijoratni 
rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi. 
Shunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning toʻlaqonli bozorini 
yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning 
tashqi bozorlarga chiqishiga toʻsiq boʻlayotgan qator muammo va 
kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan:
29
birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy 
tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur’atlardagi 
29
https://lex.uz/docs/-3744594 


65 
oʻzgarishlariga mos kelmaydi va oʻz navbatida aholi keng qatlami va 
tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini 
ta’minlamaydi; 
ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda 
toʻliq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini 
bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport 
qilishning eskirgan byurokratik toʻsiqlari saqlanib qolmoqda; 
uchinchidan, 
elektron 
tijoratni 
rivojlantirishga 
yoʻnaltirilgan 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni 
lozim darajada yoʻlga qoʻyilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va 
tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining toʻxtab turishiga olib kelmoqda; 
toʻrtinchidan, mahalliy toʻlov tizimlarining mashhur xorijiy 
analoglari 
bilan 
integratsiyasi 
yoʻqligi, 
mamlakat 
tadbirkorlik 
subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar 
bilan toʻliq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy 
bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir qilmoqda; 
beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, 
jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-
kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona 
iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat budjetiga soliq tushumlarining 
kamayishiga olib kelmoqda; 
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi 
tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini 
kengaytirishni ragʻbatlantirmaydi, bu esa Internet tarmogʻi orqali 
mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, 
shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni 
jalb qilishni cheklamoqda. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin