18. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 18.1. Vazirlikning hududiy tuman (shahar) boʻlimlarini boshqarish
jarayonlarini modernizatsiya qilish.
18.2. Vazirlik tizimidagi suzish havzalarida masofaviy hisob yuritish va
nazorat oʻrnatishga moʻljallangan apparat-dasturiy vositalarni joriy
etish.
18.3. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlari bilan
shugʻullanishga qiziqtirish maqsadida “Sport bolalar nigohida”
nomli veb-portalni yaratish.
19. Ichki ishlar vazirligi 19.1. Yoʻl harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etishni nazarda
tutuvchi mobil ilovani yaratish.
19.2. Ichki ishlar organlarida yagona himoyalangan elektron hujjat
almashinuvi tizimi va konfidensial ma’lumotlarning oshkor etilishi
holatlarini bartaraf etish boʻyicha monitoring tizimini joriy etish.
20. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 20.1. Yongʻin nazoratini amalga oshirishning “E-inspektor” apparat-
dasturiy kompleksini joriy etish.
20.2. Kichik hajmli suv kemalarini roʻyxatga olish axborot tizimini
yaratish.
21. Adliya vazirligi 21.1. “Notarius”
kompleks axborot tizimi server qurilmalarini
modernizatsiya qilish va dasturiy ta’minotini takomillashtirish.
22. Davlat soliq qoʻmitasi 22.1. Onlayn kassa mashinalari avtomatlashtirilgan nazorat tizimini
takomillashtirish.
22.2. Oʻzbekiston
Respublikasida
ayrim
turdagi
mahsulotlarni raqamli markirovkalash
va
ularni
kuzatish
imkoniyatini ta’minlash tizimini joriy etish.
23. Davlat statistika qoʻmitasi 23.1. Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida ma’lumotlar
bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy qilish.
23.2. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri platformasini
takomillashtirish.