Machlup
F. The production and Distribution of Knowledge in the United States. Princeton,
1962;
Dordick
H.S.,
Wang
G. The Information Society: A Retrospective View. Newbury Park — L., 1993.
3
Porat
M.,
Rubin
M. The Information Economy: Development and Measurement. Wash., 1978;
Masuda
Y. The
information Society as Post-Industial Society. Wash., 1981;
Stonier
T. The Wealf of Information. L.,
1983;
Katz
R.L. The Information Society: An International Perspective. N.Y., 1988.
9
iqtisodchilar, oʻqituvchilar va olimlarning lugʻatida ham oʻz oʻrnini topdi.
Aksariyat hollarda, ushbu tushuncha telekommunikatsiya vositalari va
axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻlangan, bu esa fuqarolik
jamiyati platformasida yangi evolyutsion qadam boʻlib, keyingi XXI asrga
axborotlashgan jamiyatning boshlangʻich bosqichiga kirish uchun munosib
ravishda imkon bera olgan.
2006 yil 27 martda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasi A/RES/60/252 rezolyutsiyani qabul qildi, unda 17 may
“Xalqaro axborotlashgan jamiyat” kuni deb e’lon qilindi.
Jamiyat
hayoti
va
iqtisodiy
faoliyatning
turli
sohalarini
kompyuterlashtirish va axborotlashtirishning texnologik va ijtimoiy
oqibatlari chuqurligi hamda koʻlamini hisobga olgan holda, bejiz
kompyuter yoki axborot inqilobi deb nomlanmagan. Bundan tashqari,
Gʻarbiy ijtimoiy-siyosiy qarashlar ilmiy-texnik taraqqiyotning yangi
bosqichi, kompyuter va axborot inqilobidan kelib chiqqan soʻnggi
hodisalarni
tushuntirish
maqsadida
«axborotlashgan
jamiyat»
konsepsiyasining turli xil variantlarini ilgari surdi. Gʻarbda mazkur
kontseptsiyaning ahamiyati va ommalashib borayotgani ushbu mavzuga
oid nashrlarning tobora koʻpayib borayotganligi bilan isbotlanib, u hozirgi
vaqtda Gʻarbiy ijtimoiy-siyosiy tafakkurda 70-yillardagi postindustriya
jamiyati nazariyasi kabi ahamiyatli boʻlmoqda .
Bir qator siyosatshunoslar va siyosiy iqtisodchilar “Axborotlashgan
jamiyat” tushunchasini post-industrializmdan ajratib turadigan aniq
chegarani belgilash tarafdorlaridir. Ammo, axborotlashgan jamiyatning
kontseptsiyasi
postindustriya
jamiyati
nazariyasini
almashtirishga
moʻljallangan boʻlsa-da, uning tarafdorlari texnokratizm va an’anaviy
futurologiyaning eng muhim qoidalarini takrorlaydi va yanada
rivojlantiradi.
Postindustriya
jamiyati
nazariyasini
shakllantirgan
D.Bell
keyinchalik axborotlashgan jamiyat kontseptsiyasining tarafdori sifatida
harakat qilgan. Bellning oʻzi uchun axborotlashgan jamiyat kontseptsiyasi
postindustriya jamiyati nazariyasi rivojlanishining oʻziga xos yangi
bosqichiga aylandi. Bell ta’kidlaganidek, «kompyuter markaziy rol
oʻynaydigan axborot va bilimlarni tashkillashtirish va qayta ishlash
inqilobi, men post-industrial jamiyat deb atagan doirada rivojlanmoqda.»
10
Jeyms Martinning soʻzlariga koʻra, axborotlashgan jamiyat asosan
Gʻarbda vujudga kelgan «rivojlangan post-industrial jamiyat» sifatida
tushuniladi. Uning fikricha, axborotlashgan jamiyat 1960-70-yillarda
postindustriya jamiyati shakllangan mamlakatlar – Yaponiya, AQSh va
Gʻarbiy Evropada ilk bora shakllangani bejiz emas. Jeyms Martin quyidagi
mezonlar asosida axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlarini
aniqlash va shakllantirishga harakat qildi.
1.
Texnologik: asosiy omil sanoat, muassasalar, ta’lim tizimi va
kundalik turmushda keng qoʻllaniladigan axborot texnologiyalari.
2.
Ijtimoiy: axborot turmush sifatidagi oʻzgarishlarning muhim
harakatlantiruvchi kuchi boʻlib xizmat qiladi, «axborotlashgan ong»
shakllantirilib, axborotga keng yoʻl ochiladi.
3.
Iqtisodiy: axborot iqtisodiyot, resurs, xizmatlar, tovarlar,
qoʻshimcha qiymat va bandlik manbai sifatida hal qiluvchi omilga
aylanadi.
4.
Siyosiy: aholining turli sinflari va ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida
faollik va murosaga erishish bilan tavsiflanib, siyosiy jarayonlarda axborot
erkinligini ta’minlaydi.
5.
Madaniy: Axborotning madaniy qadriyatini shaxs va umuman
jamiyat rivojlanishi uchun axborot qimmatliklarni targʻib qilish orqali tan
olinadi.
Shu bilan birga, Martin aloqa «axborotlashgan jamiyatning asosiy
elementi» degan fikrni ilgari suradi. Martinning ta’kidlashicha,
axborotlashgan jamiyatni tom ma’noda emas, balki zamonaviy Gʻarb
jamiyatidagi oʻzgarishlar tendentsiyasi tomon yoʻnaltiruvchi qoʻllanma
sifatida qarash kerak. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu model yahlitligicha
kelajakka yoʻnaltirilgan, ammo rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda
axborot texnologiyalari tufayli yuzaga kelgan bir qator oʻzgarishlarni
sanash
mumkinki,
ular
axborotlashgan
jamiyat
kontseptsiyasini
tasdiqlaydi.
Ushbu oʻzgarishlar orasida, Martin quyidagilarni sanab oʻtgan:
• iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar, ayniqsa mehnat taqsimotidagi;
axborot va axborot texnologiyalarining ahamiyati oshishi;
• kompyuter savodxonligi zaruriyatining ortishi;
• kompyuterlar va axborot texnologiyalarining keng tarqalishi;
11
•
jamiyat va ta’limni kompyuterlashtirish va axborotlashtirishni
rivojlanishi;
•
kompyuter
mikroelektronikasi
va
telekommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
•
dunyo boʻylab kompyuter viruslari va zararli dasturlarning
keng tarqalishi.
Ushbu oʻzgarishlar zamirida, Martin fikricha, “axborotlashgan
jamiyatni hayot sifati, shuningdek, ijtimoiy oʻzgarish va iqtisodiy
rivojlanish istiqbollari tobora koʻproq axborot va undan foydalanishga
bogʻliq boʻlgan jamiyat sifatida qaraladi”. Bunday jamiyatda turmush
darajasi, mehnat va dam olish shakllari, ta’lim tizimi va bozor axborot
hamda bilim sohasidagi yutuqlarning sezilarli ta’siri ostida boʻladi. Batafsil
shakldagi axborotlashgan jamiyat kontseptsiyasi (1960-yillarning oxiri va
70-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan postindustriya jamiyati nazariyasi
deyarli toʻliq qamrab olingan holda) D. Bell tomonidan taklif qilingan.
Bellning fikriga koʻra, “XXI asrda iqtisodiy va ijtimoiy hayot, bilimlarni
ishlab chiqarish usullari, shuningdek, insonning mehnat faoliyati tabiatini
hal qiluvchi vazifa telekommunikatsiyalarga asoslangan yangi turmush
tarzini shakllantirishdir. Kompyuter markaziy rol oʻynaydigan axborot va
bilimlarni tashkillashtirish hamda qayta ishlashdagi inqilob postindusrial
jamiyatining paydo boʻlishi bilan bir vaqtda roʻy bermoqda ”. Bundan
tashqari, Bell, inqilobni tushunish uchun postindustriya jamiyatining uchta
jihati, ayniqsa, muhimdir deb hisoblaydi. Bunda sanoat jamiyatidan xizmat
koʻrsatish jamiyatiga oʻtish nazarda tutilib, mazkur jarayon kodlangan
ilmiy bilimlarning texnologik yangiliklarni amalga oshirish va yangi
«intellektual texnologiyalar» ni tizimli tahlil hamda qarorlar nazariyasining
asosiy vositasiga aylantirish uchun muhimligini belgilab beradi.
Oʻzbekistonda 2020 yil – «Ilm- ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili»
deb
e’lon
qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.
Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida «Raqamli
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korrupsiyani
keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar oʻtkazgan
tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida
raqamli transformatsiyani amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini
12
rivojlantirish va bu yoʻnalishda investitsiyalar jalb etish zarur», deya
ta’kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: |