13
2. Kitob bosmasini ixtirosi (XVI a. oʻrtalari) sanoatlashgan jamiyatni
, madaniyatni va faoliyatni tashkil qilishni mutlaqo oʻzgartirib yuborgan.
3. Elektr-energetika ixtirosi (XIX a. oxiri), tufayli istalgan hajmdagi
ma’lumotni toʻplash, tezkor uzatish imkonini beruvchi telegraf, telefon, va
radio paydo boʻldi.
4. Mikroprotsessorli texnologiyalar ixtirosi va shaxsiy kompyuterlar
paydo boʻlishi (XX a.70-yy.). Mikroprotsessorlar va integral sxemalar
asosida
kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish
tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi.
Toʻrtinchi axborot inqilobi yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun
texnologiyalar, texnik vositalar va uslublarni
ishlab chiqish bilan
chambarchas bogʻliq boʻlgan hamda axborotlashgan jamiyat qurilishiga
olib keluvchi axborot sanoatini birinchi darajali tarmoqqa aylantirdi.
Axborotlashgan jamiyat – ishlovchilarning katta qismi axborotlarni,
ayniqsa axborotning eng yuqori shakli bilimlarni ishlab chiqish, saqlash,
qayta ishlash, sotish va almashish bilan band boʻladigan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyat – shunday jamiyatki, bunda ishlovchilarning
aksariyat katta qismi
axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash,
sotish va almashish bilan band boʻladilar.
Bunda axborot eng muhim vositaga aylanadi.
Axborotlashgan jamiyat me’zonlari:
1.Kompyuterlar mavjudligi.
2.Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish darajasi.
3.Axborot sohasida band boʻlgan aholi soni.
4.Kundalik hayotda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Texnik vositalar va axborot resurslarini rivojlanish bosqichlari:
1.Mexanikagacha boʻlgan davr (chigʻanoqlardan marjonlar, taxtadagi
oʻyilmalar, arqondagi tugunchalar bogʻlami,
barmoq va toshlardagi
hisoblar, abak, suan-pan, schetlar, logarifmik lineyka).
2. Mexanika davri
*1646y. qoʻshish va ayirishni amalga oshiruvchi «Paskalina»,
*1671y. Leybnis mashinasi koʻpaytirish va boʻlish amallarini bajara
olgan
*1847y. Odner arifmometridan elektron kalkulyatorlar paydo
boʻlguncha foydalanilgan.
14
*1802y. Jakkard ma’lumot kiritishni boshqarish mumkin boʻlgan
mashina yaratgan.
3. Elektron-hisoblar davri (Elektron hisoblash mashinalari va ularning
analoglari)
EHAlarida matematik kattaliklar qandaydir fizik kattaliklarning
uzluksiz mohiyati sifatida namoyon boʻladi.
EHAlar asosan chiziqli va
differensial tenglamalarni yechish uchun qoʻllanilgan.
EHMlarda esa sonlar raqamlar ketma-ketligi sifatida namoyon
boʻladi.
Dostları ilə paylaş: