O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. Bulutli texnologiyalarning modellari



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

3.12-rasm. Bulutli texnologiyalarning modellari
Ushbu texnologiyalarning har birini batafsil koʻrib chiqamiz. 
Xizmat sifatida integrasiya (IaaS) 


185 
IaaS – bulutli hisoblash tushunchasiga asoslangan xizmat sifatida 
kompyuter infratuzilmasini taqdim etish boʻlib, uchta asosiy tarkibiy 
qismdan iborat: 
1.
Uskuna (serverlar, saqlash tizimlari, mijoz tizimlari, tarmoq 
uskunalari) 
2.
Operatsion tizimlar va tizim dasturlari (virtualizatsiya, 
avtomatlashtirish, asosiy resurslarni boshqarish vositalari) 
3.
Oraliq dastur (masalan, tizimlarni boshqarish uchun)
IaaS virtualizatsiya texnologiyasiga asoslangan boʻlib, uskunadan 
foydalanuvchiga uni biznesning hozirgi ehtiyojlariga javob beradigan 
qismlarga ajratish va shu bilan mavjud hisoblash quvvatidan foydalanish 
samaradorligini oshirishga imkon beradi. Foydalanuvchi (kompaniya yoki 
dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi) faqat server vaqti, disk maydoni, 
tarmoqning oʻtkazish qobiliyati va ishlashi uchun zarur boʻlgan boshqa 
manbalar uchun haq toʻlashi kerak. Bundan tashqari, IaaS mijozga bitta 
integratsiyalashgan platformada boshqarish funktsiyalarini toʻliq taqdim 
etadi. IaaS kapital va operatsion xarajatlarni kamaytirgan holda, murakkab 
ma’lumotlar markazi, mijozlar va tarmoq infratuzilmalarini qoʻllab-
quvvatlash zaruriyatini yoʻq qiladi. Bundan tashqari, umumiy infratuzilma 
doirasida xizmat koʻrsatishda qoʻshimcha tejashga erishish mumkin. 
Integration-as-a-service “bulut” dan toʻliq integratsiya paketini olish 
imkoniyati, shu jumladan dasturlar orasidagi interfeyslar va ularning 
algoritmlarini boshqarishdir. Bunga taniqli Enterprise Application 
Centralization, Optimization and Integration (EAI) paket xizmatlari va 
funktsiyalari kiradi, ammo ular “bulut” xizmati sifatida taqdim etiladi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin