Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.
Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi.
Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.
Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi).
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar.
Pulning funksiyalari va ularga tavsif.
Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo'ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o'rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bosib kelmoqda.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud:
Evropa maktabi.
Amerika maktabi.
Evropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan: