10
1-modul. Kirish
1.1. Kompyuter grafikasi tushunchasi
Kompyuter grafikasi
— grafik displey (
monitor
) ekranida tasviriy
informatsiyani vizuallash (ko`rinadigan qilish) jarayonidir. Tasvirni qog`ozda,
fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish
usulidan farqli ravishda
kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o`chirib tashlash,
unga tuzatish kiritish, istalgan yo`nalishda toraytirish yoki cho`zish, yaqinlashtirish
va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o`zgartirish va boshqa amallarni
bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni
loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda,
multfilmlarni
yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko`p sohalarda
qo`llaniladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar qatoriga bir qancha dasturlarni
sanab o`tish mumkin. Jumladan,
Microsoft Paint, Adobe Photoshop,
Adobe
Illustrator,
Corel Draw, Adobe Freehand, Adobe InDesign,
Adobe ImageReady,
Adobe Flash, Discreet, Cinema 4d, Alias, Autodesk Maya, LightWave, Adobe
Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga
oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo`lsa, ba’zilarida uylar
proyektlari, ba’zilarida esa uch o`lchamli modellashtirish va hattoki to`rt o`lchamli
modellashtirish mumkin bo`ladi. Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy
qismini ko`zlari yordamida qabul qiladi. Ko`rish tizimi turli obyektlarning tasvirini
qabul qilib oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida
tasavvur paydo bo`ladi. Obyektlarning tasvirini yaratish,
ularni saqlash, qayta
ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va
asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech
qanday topshiriq berilmaganda,
ya’ni bekor turganida ham ekranida ko`rinishi kerak bo`lgan tasvirni sekundiga
o`nlab marta qayta ishlab ko`rsatadi. Kompyuterning ekranida paydo bo`ladigan
tasvirlar uning
videokarta
deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga
chiqariladi. Videokartalar uchun maxsus
videoprotsessorlar
ishlab chiqariladi.
11
Videoprotsessorlar kompyuterning asosiy protsessorini
murakkabligi va hisoblash
ishlarini bajarish tezligi bo`yicha ortda qoldirib ketgan.
Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko`rinishda tasvirlash qurilmasi
monitor (
monitor
-
Dostları ilə paylaş: