23
imkoniyatining qiymati
tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati –
haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi.
Tasvirning haqiqiy o`lchami
piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari
(millimeter,
santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida
belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi.
Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda
ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning
qanday qismini egallashini
aniqlash oson bo`ladi.
Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik
o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning
qanday
qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan
ranglar
miqdoridir. Ya’ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: oqqora
shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari)
indekslangan rangli, to`liq rangli.
Oq-qora shtrixli tasvir
. Tasvirning har bir
pikseliga bir bit axborot
ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:
oq
va
qora
rang. Tasvirning bunday turi
Bitmap
deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir
bit bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: